Jigar qurtining rivojlanishi:
1 - voyaga yetgan davri; 2 - suvdagi tuxum-lari; 3 - kiprikli lichinka;
4 - chuchuk suv shillig‘i; 5 - 6 - dumli lichinka; 7 - о‘simlikka yopishgan sista; 8 - qoramol.
Jigar qurtining tuxumlari qalin pо‘st bilan о‘ralgan bо‘lib. 0.13-0.15 mm uzunlikda bо‘ladi. U boshlang‘ich rivojlanish davrini bachadonda о‘tkazadi. Tuxumlar jigar qurtining tanasidan chqqandan keyin xо‘jayinning jigar yо‘llaridan о‘t yо‘llariga о‘tib, undan ichakka о‘tadi va najas bilan tashqi muxitga chiqadi. Bu vaqt davomida undan lichinka rivojlanadi. Bunday tuxumlar suvga tushganda va qulay sharoitda ulardan lichinka – (mirasidiylar) chiqadi. Uning usti kiprikchalar bilan qoplangan. Anna shu kiprikchalar yordamida mirasidiy suvda yerkin suzib yuradi. Mirasidiyning bosh tomonida (X) shaklida ikkita (kо‘zchasi) bor, ular yorug‘likni sezish uchun xizmat qiladi. Mirasidiy tanasining keyingi qismida yembirion hujayralar deb ataluvchi yoki urug‘lanmasdan rivojlanish xususiyatiga yega bо‘lgan partenogenitik tuxumlar yetishadi. Mirasidiy oziqlanmaydi, u yembirion taraqqiyoti vaqtida yig‘ilgan glshikogin hisobiga yashaydi. Suvda 30-40 soat davomida suzib yurgandan keyin u tanasining oldingi uchida joylashgan muskilli xartumchasi yordamida mollyuska tanasini teshib, unga kirib oladi. Bunda uning xartumchasi asosida joylashgan maxsus bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik muxim ahamiyatga yega, chunki u mirasidiy kirayotgan joyda molluyuska tana tо‘qimasining parchalanishini ta’minlaydi.
Mirasidiy fizialogiyasi va yekalogiyasiga kо‘ra xо‘jayinni axtarib topish va uning ichiga kirishga muofiqlashgan. Ular jigar qurtining tarqalishiga asosiy manba hisoblanadi.
Mirasidiy mollyuska tanasiga kirib olgandan sо‘ng, kiprikchalarni tashlab, noaniq shakildagi harakatsiz sporosistaga aylanadi. Sporasistada bezlar, nerv organlari va kо‘zlar redulsiyalanib faqat ayirish organlari va yembirion hujayralari о‘zgarishsiz saqlanib qoladi. Sporasista tobora rivojlanib, о‘sadi va partenogenitik yо‘l bilan kо‘payadi. Undagi yembirion hujayralar soni bir necha martaga oshadi va yembirion sharlari hosil bо‘ladi. Bularning xar bittasidan (rediyalar) yetishadi. Shakillangan rediyalar sporasista pо‘stini teshib undan chiqadi va mollyuska jigariga о‘tib riaojlanishni davom yettiradi. Rediyalar harakatchan, chо‘ziq haltasimon shakilda. Ciporistaga nisbatan yuqori tuzilishga yega. Ularda teri- muskil xaltasi, og‘iz, tomoq, kо‘r о‘simtali ichak, neriv sistemasi va ayirish organlari ancha rivojlangan. Gavda bо‘shlig‘ida yembirion hujayralari joylashgan. Rediyalar mollyuska ichida 2-2,5 oy yashab, aktiv hayot kechiradi. Ularning partenogenitik kо‘payishidan keyingi avlod – (serkariyalar) xosil bо‘ladi.
Serkariyalar mollyuska tanasidan tashqariga chiqadi. Ularda og‘iz va qorin sо‘rg‘ichlari, halqum, qizilо‘ngach, ichak shakillangan: ayirish va neriv sestemasi yaxshi rivojlangan.Gavdasining orqa uchida harakat organi – muskulli dum joylashgan. Bu dum yordamida serkariyalar suvda suzib yuradi. Keyin ular suv havzasi qirg‘oqlaridagi о‘tlarga о‘tirib oladi., dum uzilib tushadi va qalin pо‘st bilan о‘raladi. Vunday lichinkalar (adoleskariya) deb ataladi.
Adoliskariyalar ham og‘iz va qorin sо‘rg‘ichlari, ikki shoxchali ichak rivojlangan bо‘ladi. Adoliskariya invazion- yuqumli sitadiya hisoblanadi. О‘txо‘r hayvonlar ulani о‘t yoki suv bilan yutmaguncha tabiatda saqlanadi. Odamlar ham adoleskariya mavjud bо‘lgan suv havzalaridan suv ichish paytida uni о‘zlariga yuqtiradilar. Oxirgi xо‘jayinning ichagida adoleskariyalardan kichik jigar qurti chiqadi va qon oqimi bilan jigarga borib rivojlanadi.
1. Jigar qurtining lichinkalarini miratsidiy, sporatsista, rediya, serkariyalarning bо‘yalgan mikroreparatlarini mikroskopning kichik va katta obyektivlari orqali kuzatib, ularning tuzilishini о‘rganing va rasmini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |