Sonli dasturda boshqariladigan dastgohlar Reja


-rasm. RDB dastgohlarida koordinatalraning standart sistemasi



Download 55,35 Kb.
bet9/9
Sana20.01.2022
Hajmi55,35 Kb.
#393677
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MARUZA 4 MCHT

4.2.-rasm. RDB dastgohlarida koordinatalraning standart sistemasi









X o‘qi doimo gorizontal joylashgan, Z o‘qi asbobning (tokarlik dastgohlarida shpindel) aylanish o‘qi bilan ustma-ust tushadi. Asbob va xomaki detal o‘zaro uzoqlashadigan harakatlar musbat deb olinadi. Asbobning aylanali siljishi (masalan, frezalash dastgoh shpindel o‘qining burilishi) A harfi bilan (Xo‘qi atrofida), 'B harfi bilan (7o‘qi atrofida) va С harfi bilan (Z o‘qi atrofida) belgilanadi

Xomaki detaining aylanali siljishlari (masalan, yo‘nish dastgohida, dastur asosida boshqaruvchi stolning burilishi) mos ravishda A', F, С harflari bilan belgilanadi.
Ishlov berishni dasturlash uchun dastgoh har bir ijro organining siljish yo‘nalishi ma’lum bir harf bilan belgilanishi kerak. U BD ga ulanishi kerak bo‘lgan ijro organini ko‘rsatadi. Perforator klaviaturasi shtrixli harflarga ega emas; shuning uchun informatsiyani perfotasmaga yozishda, bitta to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ikki ijro organining siljish yo‘nalishini belgilashda, ikkilamchi o‘q deb nomlanuvchi o‘qlar qo‘llaniladi: U (X ning o‘rniga), V (K ning o‘rniga), W (Z ning o‘rniga). Bitta yo‘nalish bo‘ylab, 3 ta ijro organining siljishida uchlamchi o‘qlar: P, Q va R qo‘llaniladi. 3.1- rasmda turli RDB dastgohlarida koordinata o‘qlarini joylashishi va harfli belgilanishiga misol keltirilgan.

Koordinata sanoq boshi va uni hisoblash usullari



RDB dastgohlarini sozlashda har bir ijro organi ayrim berilgan vaziyatda o‘rnatiladi. Ijro organi, xomaki detalga ishlov berishda, ma’lum bir aniq masofaga bu vaziyatdan, siljiydi. Shu tufayli, asbob trayerktoriyaning berilgan tayanch nuqtalari orqali o‘tadi. Ijro organining bir vaziyatdan ikkinchi bir vaziyatga siljishining yo‘nalishi va kattaligi BD da beriladi va dastgohda , RDB tizimi hamda dastgoh konstruksiyasiga bog'liq ravishda, turlicha bajariladi. RDB zamonaviy dastgohlarida siljishlarni hisoblashning ikki absolut va nisbiy usuli qo‘llaniladi.

Birinchi holda, koordinata boshining vaziyati, xomaki detalga ishlov berishning butun dasturi uchun (qo‘zg‘almas) qayd etilgan. Dasturni tuzishda, koordinata boshidan berilgan, ketma-ket joylashgan nuqtalarning absolut qiymati yoziladi. Dasturni qayta ishlashda koordinatalar har safar boshidan hisoblanadi. Bu esa dasturni qayta ishlash jarayonida xatoliklar to‘planib qolishining oldini oladi.

RDB dastgohlarini dasturlash va sozlashning qulay bo‘lishi uchun koordinatalar boshi ixtiyoriy joydan olinishi mumkin. Faqat bu ixtiyoriy joy ijro organining yurish doirasida bo‘lishi shart. Bunday koordinata boshi «suzuvchi nol» deb ataladi va asosan, RDB tizimlari bilan jihozlangan, teshish dastgohlarida qo‘llaniladi.

Koordinatalarni hisoblashning nisbiy usulida nol vaziyat sifatida ijro organining keyingi tayanch nuqtaga siljishidan oldingi vaziyati olinadi. Bu holda dasturga, asbobning nuqtadan nuqtaga ketma-ket siljishi uchun koordinatalar orttirmasi yoziladi. Bu usul RDB ning konturli tizimlarida qo‘llaniladi. Berilgan tayanch nuqtada ijro organining pozitsiyalashning aniqligi, dasturga ishlov berish jarayonidagi siljishlaming xatoliklarini to‘planishiga olib keluvchi, dastlabki berilgan nuqtadan boshlab, barcha awalgi tayanch nuqtalar koordinatalarini qayta ishlash aniqligi bilan topiladi.
Dasturlanayotgan koordinatalar soni
Dasturlanayotgan koordinatalarining soni bo‘yicha RDB dastgohlari: ikki koordinatali (teshish, tokarlik); uch koordinatali (teshish, frezalash, yo‘nish); to‘rt koordinatali (ikki supportli tokarli, asbob yoki xomaki detaining yordamchi harakatli frezali); besh koordinatali (asosan frezali); va ko‘p koordinatali (maxsus dastgohlar) bo‘lishi mumkin. RDB ning pozitsion tizimlari uchun boshqariladigan koordinatalar soni, uning to‘liq tavsifnomasi hisoblanadi. RDB ning konturli tizimlari, faqat boshqariladigan koordinatalaming umumiy soni bilangina emas, chiziqli va aylanali interpolatsiyada bir vaqtda boshqariladigan koordinatalar soni bilan ham tavsiflanadi. N55-1 modifikatsiyali RDB ning besh koordinatali tizimi chiziqli interpolatsiyada beshta, aylanali interpolatsiyada faqat uchta koordinatani bir vaqtda boshqaradi.
Nazorat savollari

  1. RDB dastgohlarini dasturlash va sozlash qulay bo ‘lishi uchun koordinatalar boshi qanday olinadi?

  2. Koordinatalarni hisoblashning nisbiy usuli nima ?

  3. Dasturlanayotgan koordinatalarining soni bo ‘yicha RDB dastgohlari qanday turlarga bo‘linadi?

Download 55,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish