346
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda yerlarni xususiylashtirishga
ustuvorlik berilishiga qaramasdan, ko‘plab fermerlar yerlarni sotib olishdan ko‘ra
uni ijaraga olishni samarali deb hisoblashmoqda. Yerlarni oldi-sotdi qilish yoki
ijaraga berish jarayonlari ma’lum bir cheklovlar va tartiblar asosida amalga
oshirilganligi bois, fermerlarning foyda olishi yoki xo‘jalik
faoliyatlari
samaradorligini oshirish imko-niyatlari cheklangandir, shuning bilan birga
yerlarni eng samarali foydala-nuvchilarga berish mexanizmlari ham ishlab
chiqilmagandir.
Bu borada Polshada ikkinchi jahon urushidan
keyin amalga oshirilgan
ishlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, yerga bo‘lgan mulkchilik shakllaridan
qat’iy nazar, yerlarni berish huquqlarini cheklash – bu samaradorlikni oshirishga
jiddiy to‘sqinlik qiluvchi omillardan biri bo‘lmoqda. Yerlarning xususiy mulk
bo‘lishi ularni foydalanuvchilarga berish huquqi-dan to‘liq foydalanish imkonini
bermaydi: ayrim o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida
yer egalarining xususiy
yerlarini oldi-sotdi qilishlari borasida bir qator cheklovlar o‘rnatilgan. Boshqa bir
mamlakatlarda esa davlatga tegishli yerlardan foydalanish huquqlarini to‘lig‘icha
berish imkoniyatlari kafolatlanadi.
MSHE mamlakatlari bilan ayrim MDH davlatlarida (Armaniston, Gruziya,
Moldova va Ozarbayjon) yerlarni xususiy mulk sifatida tan olinadi va ularning
oldi-sotdisi bo‘yicha hech qanday yuridik cheklovlar o‘rna-tilmagan. MDH
davlatlarining orasida eng yirik qishloq xo‘jaligi yer resurslariga ega bo‘lgan
Rossiya va Ukrainada yuridik jihatdan yerlar xususiy hisoblanadi, lekin
amaliyotda yerlarni oldi-sotdi qilish cheklangan bo‘lib, asosiy e’tibor
ijara
munosabatlariga qaratilgandir.
MDHning qolgan davlatlarida (Markaziy Osiyo va Belorussiya) esa yerlar
umuman xususiylashtirilmagan, lekin yer munosabatlaridagi o‘ziga xos
yondashuvlari bilan bir-biridan farq qiladi: Kozog‘iston, Qirg‘iziston va
Tojikistonda yerdan foydalanish huquqi kafolatlanadi va avloddan-avlodga
347
qoldirilishi mumkin.
Turkmaniston, O‘zbekiston va Belorussiyada esa, yer oldi-
sotdisi amalga oshirilmayapti.
Ko‘rib chiqilayotgan mamlakatlarning barchasida yerlarni taqsimlash tartibi
turlichadir. So‘nggi 10 yilliklar davomida amalga oshirilayotgan yer
munosabatlarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdki, yer
munosabatlari jarayonlarida
bo‘ladigan har qanday ishlarni amalga oshirishning aniq va ilmiy asoslangan
mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masa-lalaridan biri
bo‘lmoqda.
2-ilovada MSHE va Markaziy Osiyo mamlakatlari yer munosabatlari bilan
bog‘liq bo‘lgan mezonlar keltirilgan. Ushbu mezonlar – yerlarni xususiylashtirish
borasidagi huquqiy munosabatlar (yerlarni xususiylashtirishga
ruxsat berilganmi
yoki yo‘q), yerlarni xususiylashtirish mumkin bo‘lgan mamlakatlarda
xususiylashtirish strategiyasi (yerlarni avvalgi egasiga takrorrilishi yoki xo‘jalik
a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi); jismoniy shaxslarga yerlarni berishning qabul
qilingan strategiyasi (yer maydonlarining fizik shakli yoki yer ulushlaridan
foydalanish huquqini beruvchi syertifikatlar);
shuningdek yerlarni sotish, sotib
olish va ijara shartnomasi orqali berish imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: