Mustaqil o‘rganish uchun savollar
1. Yerdan foydalanganlik uchun haqning mazmun-mohiyati, uning shakllari haqida
tushunchalaringizni ayting.
2. Yerdan foydalanganlik uchun haqni belgilashning qanday qonunchilik asoslari
mavjud, ularning mohiyati nimadan iborat?
3. Yer solig‘ining iqtisodiy asoslari, tizimi va mexanizmi haqida nimalarni bilasiz?
4. Yer solig‘i yuzasidan qanday metodologik yondashuvlar mavjud, ularning
xususiyatlari nimadan iborat?
5. Yer ijarasi haqining iqtisodiy asoslari, tizimi va mexanizmi haqida nimalarni
bilasiz?
6. Yer ijarasi haqini belgilashning metodologik jihatlari, ularni qo‘llashning amaliy
xususiyatlari nimadan iborat?
7. Yerdan foydalanganlik uchun haqning yer rentasi bilan bog‘liqligini qanday
tushuntirasiz?
8. YAgona yer solig‘ining mohiyati, tizimi va mexanizmi haqida nimalarni bilasiz?
9. Yerdan foydalanganlik uchun haq yuzasidan qanday ilmiy-uslubiy va amaliy
muammolar mavjud, ularning sabablari va oqibatlari nimalardan ibrat?
299
10. Yerdan foydalangan uchun haqning yer resurslaridan foydalanish
samaradorligini rag‘batlantirish funksiyasining mazmuni nimadan iborat?
300
16. YERDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI VA UNI
RAG‘BATLANTIRISH MEXANIZMLARI
Sug‘oriladigan yerlar samaradorligini baholashning mavjud uslubiyatlari
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi barcha resurslarining imkoniyatini ifodalovchi
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishini nazarda tutadi. Ulardan asosiysi bir yer
birligiga to‘g‘ri keladigan sof daromad ulushidir. Biroq, sug‘oriladigan yerlardan
foydalanish tizimiga bozor munosabatlarining kiritilishi baholashning realligini
ta’minlay olmaydi, chunki yerdan foydalanish tizimi tarkibi, ishlab chiqarish sarf-
xarajatlari miqdori tubdan o‘zgarib ketadi. Yerdan foydalanishning samaradorligini
baholashning mavjud uslubiyati faqat xo‘jalikning ichki faoliyatiga taalluqli bo‘lib,
umumiy tarmoq miqyosida tatbiq etilmaydi. Birinchidan, 1995 yildan boshlab yer
solig‘i, ijara to‘lovi ko‘rinishida yerdan pulli foydalanish kiritilgan bo‘lib,
sug‘orish suvini tashib keltirish uchun, sug‘orish suvining ko‘proq sarflanishi
(belgilangan me’yordan ortiq hajmi) uchun bozor narxlarida haq olinishi joriy
etilgan. Ikkinchidan, xo‘jalikning ichki sug‘orish tarmog‘ini ishchi holatda saqlash
uchun ketadigan mablag‘lar tovar ishlab chiqaruvchilar hisobidan bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning bevosita sarf-xarajatlariga mexanizatsiyalashgan ishlar,
urug‘, yoqilg‘i va moylovchi matyeriallar, mineral va organik o‘g‘itlar sotib olish,
hosilni yig‘ib olish va tashish xizmatlariga, mehnatga haq to‘lash kiradi. Sug‘orish
suvini tashib keltirish narxi irrigatsion tarmoqlarning masofasi, xizmat ko‘rsatilish
maydonining hajmi va boshqalarga qarab o‘zgarib turadi. Iste’mol qilingan tuproq
unumdorligi narxini iqtisodiy imkoniyati sifatida qaralishi tavsiya etiladi, chunki u
kerakli sharoitlar yaratilganida moddiy mahsulot – hosil yarata oladi. Iqtisodiy
unumdorlik o‘z tarkibiga ko‘ra tabiiy unumdorlik va sun’iy unumdorlikni o‘z
ichiga oladi, ya’ni:
E
iu
= E
tu
+ E
su
(16.1)
va
E
su
= f (X
tich
),
(16.2)
bu yerda:
E
iu
– iqtisodiy unumdorlik darajasi;
301
E
tu
– tabiiy unumdorlik darajasi;
E
su
– sun’iy unumdorlik darajasi;
X
tich
– sug‘oriladigan yerlarni takror ishlab chiqarish sarf-xarajatlari.
Tuproq unumdorligi kapital ko‘rinishiga ega (KE
iu
), sug‘oriladigan yerlardan
foydalanilganida, moddiy-buyum shakli (hosil)ga aylanadi va keyin iste’mol
qiymatini keltirib chiqaradi (Q
iu
)
KE
iu
= Q
iu
(16.3)
Yerdan to‘g‘ri foydalanilganida, kapital (KE
iu
) hosilning ma’lum miqdorini
ta’minlaydi, uning qiymati iste’mol qilingan unumdorlikka nisbatan ortiq bo‘lishi
kerak (Q
iu
)
Q
hos
≥ Q
iu
(16.4)
Ishlab chiqarish vositasi sifatida yerdan olinadigan soliq O‘zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq olinmaydi. Biroq, qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarish faoliyatida yer bevosita ishtirok etadi va shu sababli ham asoslangan
soliqqa tortilishi kerak.
SHu tariqa, sug‘oriladigan yerlardan foydalanish tizimiga bozor
munosabatlarining joriy etilishi fermer xo‘jaliklari tarkibi va sarf-xarajatlar
miqdorini o‘zgartirib yuboradi, bu esa sug‘oriladigan yerlar samaradorligini
baholash uslubiyatida o‘z aksini topadi. Ishlab chiqarishning to‘liq sarf-xarajatlari
(X
ich
) quyidagicha bo‘ladi:
X
to‘lich
= Q
ich
+ Q
skx
+ Q
loss
+ Q
itu
+ Q
soliq
+ Q
skd
(16.5)
bu yerda:
Q
ich
– ishlab chiqarish xarajatlari qiymati;
Q
skx
– yer maydoniga suv keltirish xarajatlari qiymati;
Q
loss
– limitdan ortiq qo‘shimcha sug‘orish suvi qiymati;
Q
itu
–
iste’mol qilingan tuproq unumdorligi qiymati;
Q
soliq
– sug‘oriladigan yerdan olinadigan soliq miqdori;
Q
skd
– xo‘jalik ichki sug‘orish, kollektor, yo‘l tarmoqlari ostidagi yer uchun
soliq miqdori.
Xo‘jalik daromadi miqdori quyidagiga teng:
302
D = Q
yam
– X
to‘lich
(16.6)
Shudgor yerlardan foydalanish solishtirma nisbati (E
shf
) quyidagi ko‘rinishga ega
bo‘ladi:
E
shf
= D : R,
(16.7)
bu yerda:
Q
yam
– yalpi mahsulotining qiymati;
R – xo‘jalikdagi sug‘oriladigan yer maydonlari.
(16.5) ifodasi bevosita ishlab chiqarish (yerni to‘liq takror ishlab chiqarish
davrining ikkinchi davri) sarf-xarajatlarini hisoblashning bozor munosabatlari
modeli bo‘lib, xo‘jalik daromadining nisbat ko‘rsatkichi (16.7) – bozor iqtisodiyoti
sharoitida sug‘oriladigan yerlardan olinadigan iqtisodiy samaradir.
Ishlab chiqarishning real sharoitlarida iste’mol qilingan tuproq unumdorligi
qiymati yaratilgan hosil qiymatidan past bo‘lishi mumkin (Q
hos
≥ Q
iu
) yoki teng
(Q
iu
=
Q
hos
), ba’zi hollarda esa ortiqroq bo‘lishi mumkin (Q
iu
≥Q
hos
). Birinchi
holatda hosilning ortiqligi ishlab chiqarishning boshqa omillari ta’sirida vujudga
kelsa, ikkinchi holatda – hosilning etishmasligi tuproq unumdorligidan samarasiz
foydalanish oqibatidir.
Sug‘oriladigan yerlardan bevosita foydalanish samaradorligi ulardan xo‘jalik
maqsadlarida foydalanish bosqichidayoq amalga oshiriladi (yerni takror ishlab
chiqarishning ikkinchi davri). U ishlab chiqarish sarf-xarajatlarining imkon qadar
qisqartirilishi hisobiga amalga oshiriladi.
Ekinlarning hosildorligi agroxo‘jalik, agroo‘rmonmeliorativ, eroziyaga
qarshi, gidrotexnik chora-tadbirlar hisobiga ko‘tariladi. Asosiy chora-tadbirlarni
maxsus ko‘rib chiqamiz:
1. Ikki yil davomida beda ekilishi tuproqda 600 kg/ga azot to‘planishiga
imkon yaratadi va g‘o‘zaning hosildorligini gektariga 6-7 sentnyerga
ko‘paytiradi
22
. Beda almashlab ekishning ijobiy ta’siri 3-4 yil davom etadi, yerga
chuqur kirib ketgan ildizpoyalari esa beda yig‘ishtirib tashlangandan keyin ham 4-
303
5 yilgacha g‘o‘zani oziqlantirib turadi
23
. Beda yig‘ishtirib tashlangandan keyingi
birinchi yilda paxta hosildorligi gektariga 4 sentnyerni tashkil etadi, bu omil
almashlab ekish jadvaliga qarab 3-4 yil davom etishi mumkin.
2. Dala yuzasini rejalashtirish va tuproqni chuqur shudgorlash sho‘rlangan
yerlarni yuvishda ijobiy ta’sir qiladi va paxta hosildorligining 10-15 % ga ortishiga
imkon beradi. Ushbu tadbir amalga oshirilganda paxta hosildorligi o‘rtacha
gektariga 2-3 sentnyerga oshadi.
3. Sug‘orish shoxobchalari, kollektor-zovur tarmoqlarini tozalab turish
yerlarning meliorativ holatini yaxshilaydi, yer osti suvlarining darajasini va uning
natijasida yerning sho‘rlanishini pasaytiradi, yer sifatining yaxshilanishiga imkon
yaratadi. Mazkur omilning ijobiy ta’siri natijasida o‘rtacha gektariga 2 sentnyer
ortiqroq hosildorlikka erishish mumkin.
4. Gektariga 20-30 tonna miqdorida yerlarni organik o‘g‘itlar bilan
oziqlantirilganida, bedapoya yig‘ishtirib tashlanganidan keyingi uchinchi yilidan
boshlab, shuningdek dalalarni mutanosib rejalashtirilganida sho‘rlangan yerlar
yuvilmasidan avval paxtadan olinadigan hosildorlik 5-6 sentnyerga ko‘payadi.
22
5. Yerlarni tilimlab shudgorlashning optimal muddatlarda (dekabrgacha)
o‘tkazilishi paxta hosildorligini 10-12% ga ko‘taradi. Hozirgi vaqtda fermer
xo‘jaliklarining deyarli yarmi ko‘rsatilgan muddatlarda shudgorlashga
ulgurolmaydi.
6. Paxta va boshqa qishki boshoqli ekinlar hosildorligini ko‘tarishning eng
muhim omili, ma’lumki, mineral o‘g‘itlarning qo‘llanishidir, u ekin o‘sishining
turli bosqichlarida kerakli miqdorlarda beriladi. Paxta va qishki boshoqli ekinlar
hosildorligi gektariga 3-15% ga ortadi.
Quyida, paxtachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari misolida ishlab
chiqarish sarf-xarajatlari, hosildorlikning o‘sishi, mahsulot va ishlab chiqarish
qiymatlari, asosiy ekin turlari bo‘yicha 1 ga yer hisobida daromad ko‘rsatkichlari
beriladi.
304
Bunda hisob-kitoblar to‘rt xil echim (ssenariy)da amalga oshirilib, tavsiya
etilayotgan paxta-bedaboshoqli ekinlar almashlab ekishning turli sxemalari
berilgan. Mazkur almashlab ekishda ishlab chiqarish sarf-xarajatlari va barcha
qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha daromad hisob-kitoblari 16.1-jadvalda berilgan.
Dastlabki echimning (paxtachilikda yerdan foydalanishning mavjud tizimi)
ekinzorlar tarkibi va ko‘rib chiqilgan barcha ssenariylarni qiyoslash ko‘rsatadiki,
bu echimlarning hammasi asosiy ekinlar bo‘yicha hosildorlikning o‘sishiga olib
keladi (qishki boshoqli ekinlar bo‘yicha “S” echim bundan istisno). Fermer
xo‘jaliklarining daromadi respublika bo‘yicha ham, 1 gektar yer hisobiga ham
dastavvalgi variant ko‘rsatkichlaridan ancha baland.
Shunga qaramay, “A” va “D” variantlari boshqalariga nisbatan ancha
samaraliroq. “A” ssenariysi dastavvalgi paxta xom ashyosidan ko‘proq hosil
olishni ta’minlaydi – dasavvalgi variantdan 813.6 ming tonna ortiqroq hosil
olinadi. Almashlab ekishning to‘liq rotatsiyasida ishlab chiqarish 4529,3 ming
tonnani tashkil etadi. “D” ssenariysi – faqat 4025,9 ming tonna (taxminan yarim
ming tonnaga kamroq) hosil beradi. Qishki boshoqli ekinlar bo‘yicha “A”
ssenariysida qo‘shimcha hosildorlik 163,6 ming tonnani tashkil etadi va umumiy
ishlab chiqarish 5146,7 ming tonnaga etadi, “D” ssenariysida esa – 5718,2 ming
tonnani (taxminan 600 ming tonna ortiqroq) tashkil etadi. Lekin “D” ssenariysi 445
ming t. ortiqroq beda xashagi, sabzavotlar bo‘yicha esa – 555 ming t. ortiq hosil
beradi, uning 1 ga ekinzor hisobiga 323,4 ming
305
Do'stlaringiz bilan baham: |