Yerning bozor qiymatini baholash
tovarning “tannarxi”, “qiymati”, “narxi”,
shuningdek “foiz”, “renta”, “talab va taklif” kabi fundamental iqtisodiy
tushunchalar bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish tannarxi mahsulot ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan barcha resurslar xarajatlarini ifodalaydi. Tovarning qiymati
deganda tovarda gavdalangan moddiylashgan mehnat (jonli va jonsiz) tushuniladi.
Narx bu – muayyan pul summasi bo‘lib, sotuvchi o‘z tovarini shu summaga
sotishga rozi va sotib oluvchi esa shu summaga sotib olishga tayyorligini
ko‘rsatadigan tushuncha. Narx ishlab chiqarish va tadbirkorlikning
samaradorligini (xarajatlarni qoplash va daromad olish) belgilashda yoki ularning
zarar ko‘rib ishlashini (narx ishlab chiqarish xarajatlarini qoplamaydi) aniqlashda
muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari tovarning narxi resurslarni qancha va qaysi
faoliyat sohasiga va iqtisodiyot tarmog‘iga yo‘naltirishni tartibga soladi.
Narx shakllanishi amaliyotida keng tarqalgan uslublarga:
- o‘rtacha xarajatlar plyus foyda;
- zarar ko‘rmaslikni va maqsadli foydani ta’minlash;
- tovarning nafliligini “his qilish”;
- joriy narxlardan foydalanish kabilar kiradi.
Narx shakllanishining birinchi uslubi soddalashganroq hisoblanadi, bunda
tovarning narxi tovar tannarxi va miqdori tovarning turiga bog‘liq holda
hisoblanadigan standart ustama narxga qarab aniqlanadi.
Ikkinchi uslubda tovar ishlab chiqaruvchi tovarning narxini muayyan
miqdorda foyda olish zaruratidan kelib chiqib belgilaydi.
Tovarning nafliligini “his qilish” uslubida asosiy harakatlanuvchi shaxs
xaridor hisoblanadi, ya’ni tovarning nafliligiga (foydaligiga) bahoni o‘z
xarajatlarini qoplashga intiladigan sotuvchi emas, balki xaridor beradi.
Oxirgi holatda esa, ya’ni joriy narxlardan foydalanish deganda tovarning
narxi yaqin vaqtlarda sotilgan narxdan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Ingliz iqtisodchisi A.Marshall qiymat nazariyasiga kiritgan yangi yo‘nalishi
“muvozanatlashgan” narxni belgilash hisoblanadi, bunda bozor kuchlarining
172
muvozanati narx belgilashi nazarda tutiladi. Unga ko‘ra, talab va taklifning
muvozanati talab va taklif miqdorlarining tengligiga yerishilganda amalga oshadi,
bunda sotuvchining narxi va xaridorning narxi bir-biriga mos kelishi savdolashish
va o‘zaro yaqinlashish, izchil yon bosish natijasida yuz beradi.
Yer tabiiy resurs hisoblanadi va narxga ega emas, uning narxi irratsional
tushuncha hisoblanadi. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida yer tabiiy resurs sifatida
bozor munosabatlariga jalb qilinadi va tovar shakliga kiradi, bu esa yerni
baholashni taqozo qiladi. Yer bozori mavjud bo‘lsa, yer narxi bozor uslublari,
mavjud bo‘lmaganda esa, me’yoriy uslublar asosida o‘rnatiladi. O‘zbekistonda
hozirgi vaqtda yer bozori to‘liq shakllanmaganligi yerning kadastr me’yoriy
narxini o‘rnatishni dolzarb qilib qo‘ymoqda.
Nazariy nuqtai nazardan yerning narxiga (N
e
) uchta komponentning
yig‘indisi sifatida qarash mumkin: yerning resurs sifatidagi narxi (N
r
), shahar
tashkil qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadigan qo‘shimcha qiymat (narx) (N
sh
), va
bozor kon’yunkturasi natijasidagi qo‘shimcha qiymat (narx) (N
k
):
N
e
= N
r
+ N
sh
+ N
k
, (10.2)
yer bozori mavjud bo‘lmaganda:
N
e
=
N
r
+
N
sh
,
(10.2)
bu yerda: N
e
– yer uchastkasining narxi;
N
r
– yer-resursning narxi;
N
sh
– shahar tashkil qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadigan qo‘shimcha
qiymat (narx);
N
k
– bozor kon’yunkturasi natijasidagi qo‘shimcha qiymat (narx).
173
Formulaning dastlabki ikkita narxni shakllantiruvchi komponentlari yerning
bozor va me’yoriy qiymati uchun umumiy hisoblanadi. SHuning uchun ularni
o‘rganish yerga xususiy mulk sharoitida ham davlat mulki sharoitida ham dolzarb
hisoblanadi. Yer resurslarining cheklanganligi, aholi sonining ko‘payishi,
iqtisodiy o‘sish, tadbirkorlik faoliyatining kengayishi sharoitida yerning narxi
oshib borsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida esa, aksincha jarayon kechishi mumkin.
Demak, yer narxini tashkil etuvchi komponentlar dinamik xarakterga ega. Bunda
esa, ikkinchi komponent yer uchastkasining birinchi komponentga nisbatan
qo‘shimcha qiymatini ifodalaydi, uchinchisi esa, birinchi va ikkinchisiga nisbatan
ifodalaydi, demak ularning miqdori ma’lum darajada korrelyasiya bog‘liqligiga
ega, ya’ni,
N
sh
=
f
1
(N
r
)
(10.3)
va
(10.4)
N
k
=
f
2
(N
r
, N
sh
)
Ushbu bog‘liqliklarni yer bozori mavjud bo‘lmagan holatda tahlil qilish
(10.2 va 10.3 formulalar) ikki variantdagi xulosaga olib keladi: birinchisi – yerning
resurs sifatidagi narxi o‘zgarmas bo‘lib qoladi (N
r
= const), shahar tashkil qiluvchi
omillar ta’sirida shakllanadigan qo‘shimcha qiymat esa o‘zgarib boradi (N
sh
≠
const ) (10.1 – rasm); ikkinchi variant - (10.2) formulaning birinchi va ikkinchi
komponentlarining ikkalasi ham dinamiklikka ega (10.2 - rasm).
(10.3) formuladan ma’lumki, shahar tashkil qiluvchi omillar ta’sirida
shakllanadigan yer uchastkasining qo‘shimcha qiymati (N
sh
), (tashqi va ichki
omillar, shuningdek yer uchastkasining joylashgan joyi
174
Do'stlaringiz bilan baham: |