Mustaqil o‘rganish uchun savollar
1.
Sug‘oriladigan yerlar takror ishlab chiqarish siklining davrlari nimalardan
iborat?
2.
Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish siklining 1 davri qanday
aniqlanadi?
3.
Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish siklining 3 davri qanday
aniqlanadi?
4.
Sug‘oriladigan yerlardan foydalanishda tuproq unumdorligini takror ishlab
chiqarish sikli xarajatlari qanday tartibda aniqlanadi?
5.
Tuproq unumdorligini takror ishlab chiqarish umumiy sikli nimalar asosida
aniqlanadi?
6.
Yerni takror ishlab chiqarish sikli deganda nima tushuniladi?
7.
Qishloq xo‘jalik yerlarini takror ishlab chiqarish sikli nima?
8.
Takror ishlab chiqarish siklida resurslar necha davrni bosib o‘tadi?
9.
Sanoat ob’ektlarini qurish uchun ajratilgan yerni takror ishlab chiqarish
sikli nimadan iborat?
10.
Kon sanoatida foydalaniladigan yerni takror ishlab chiqarish sikli nima?
11.
Yer resurslaridan foydalanish sikli deganda nimani tushunasiz?
122
7. YER RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING BARQAROR
RIVOJLANISHI, UNI TA’MINLASH VA BOSHQARISH
Yer resurslaridan barqaror foydalanish, yerdan foydalanishning barqaror
boshqaruvi tushunchasi “ekologiya”, “taraqqiyot”, “barqaror rivojlanish” kabi
umumiy tushunchalar bilan chambarchas bog‘liq.
Ekologiya deyilganida, odatda, o‘simlik va hayvonot dunyosining atrof-
muhit bilan bog‘liqligiga doir biologik bilimlar sohasi tushunilar edi. Biroq, XX
asr o‘rtalariga kelib, “ekologiya” atamasining dastlabki biologik mazmuniga inson
va jamiyat tushunchalari ham kiritildi, zero, inson ham o‘simlik va hayvon kabi
tabiiy organizmdir. Shu tariqa ekologiyaning asl mohiyati iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy, madaniy va boshqa xususiyatlar bilan boyitildi. Keyinchalik, XX asrning
70-80-yillarida “barqaror rivojlanish” atamasi paydo bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda umuman olganda, butun ijtimoiy tizim
yoki iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy tizimning bir xil parametrlari haqida gap ketsa-da,
“barqaror rivojlanish” atamasining 60 dan ortiq talqini mavjud. 1992 yilda Rio-de-
Janeyro shahrida BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish va rivojlantirishga
bag‘ishlangan konferensiyada barqaror rivojlanish jamiyatning strategik tamoyili
deb e’lon qilindi. 1996 yilda O‘zbekistonda barqaror rivojlanish Konsepsiyasi
ishlab chiqildi. Rivojlanish deyilganda, butun tizim, uning tarkibiy qismlari
mazmunining yangilanishini nazarda tutuvchi o‘zgarishlar nazarda tutiladi, buning
natijasida ob’ekt va uning tarkibiy qismlarining funksional mohiyatining tubdan
yangilangan shakli vujudga keladi. Zamonaviy falsafa rivojlanishni sun’iy-tabiiy
jarayonlarning rivojlanishi deb talqin etadi, tabiiy-sun’iy evolutsiyadan farqli
ravishda, rivojlanish – boshqariladigan, maqsad sari yo‘naltirilgan evolutsiyadir.
“Rivojlanish” kategoriyasi so‘nggi o‘n yilliklarda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy,
madaniy, barqaror va h.k. tushunchalar bilan bog‘lanmoqda, bu esa, uning hajmi
va ko‘lamining kengligi va ko‘p qirrraliligidan guvohlik beradi.
O‘z navbatida, “barqaror” tushunchasi turli ma’nolarda, masalan, barqaror
rivojlanish, barqaror iqtisodiyot, barqaror foydalanish kabi tushunchalar bilan
123
qo‘llanadi. “Rivojlanish” va “barqaror” tushunchalarining uzviyligini ko‘rib
chiqaylik. Barqaror rivojlanish deyilganda, hozirgi kun ehtiyojlari qondirilib,
kelgusi avlodlar ham o‘z ehtiyojlarini qondirish imkoniga raxna solmaydigan
rivojlanish tushuniladi. “Barqaror rivojlanish – davlatlar, jamiyatning muhim
sektorlari o‘rtasida yangi darajadagi hamkorlik asosida global hamkorlik
mexanizmi konsepsiyasidir”
15
. Mazkur atama ekologik muvozanatni buzmagan
holda inson turmush tarzining yaxshilanishi sifatida talqin etilishi mumkin.
Olimlarning ko‘pchiligining fikricha, ushbu tushuncha ikkita asosiy holatni o‘z
ichiga oladi:
-
jamiyat faoliyati, va avvalo, kambag‘al aholining kun kechirishi uchun zarur
ehtiyojlar;
-
hozirgi va keyingi avlod ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan
cheklashlar, ushbu cheklashlar jamiyat tuzilishi va texnologiyalar darajasiga
bog‘liq.
Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning vazifalari har bir
jamiyatdagi barqarorligiga bog‘liq. Barqaror rivojlanishning natijasi “barqaror
iqtisodiyot” bo‘lib, eng zamonaviy texnologiyalar, resurslarni har taraflama
tejalishi, zamonaviy ilm-fan va tajribalarga asoslangan holda ishlab chiqarishni
tashkillashtirish tufayli vujudga keladi. Va, nihoyat, “barqaror foydalanish imkon
qadar takror tiklanayotgan resurslardan foydalanish” tushunchasi bilan bog‘liq.
“Barqaror rivojlanish“ strategiyasi tabiat, nabotot va hayvonot dunyosining
xilma-xilligini, shuningdek yashay olish imkoniyatini saqlagan holda inson
turmush
tarzining
yaxshilanishidir.
Ko‘pgina olimlarning hisoblashicha,
rivojlanishning bugungi shakli samarasiz yoki kam samarador bo‘lib, insonning
manfaatlariga
yetarli
darajada
javob
bermaydi
va
resurs
manbalari
degradatsiyasiga olib keladi. Rivojlanishning shunday shakli zarurki, insonning
tobora ortib borayotgan ehtiyojlarini tabiatning mahsuldorligini oshirish hisobiga
qondirish va tabiatning saqlanishi ta’minlanishi kerak. Bunda insonning ehtiyojlari
15
Румянцева Е.Е. Новая экономическая энциклопедия. 3-е изд. – М.: ИНФРА-М, 2008.- YI, c. 662.
124
tabiat bera oladigan darajadan ortib ketmasligi kerak. Demak, barqaror rivojlanish
ishlab chiqarish jarayonida tabiatga ta’sir etish cheklangan doirada amalga
oshirilishi, inson ehtiyojlarini asoslangan ravishda ratsionallashgtirish orqali tabiat
bilan uyg‘unlashtirishning yangi yo‘llari va yo‘nalishlarini izlashni nazarda tutadi.
Jamiyatning bunday tarzdagi barqaror rivojlanishi o‘ziga xos tamoyillariga
tayanadi.
Yerdan foydalanishning barqaror boshqaruvi resurslardan foydalanishning
shunday tizimini yaratishni maqsad qilib qo‘yadiki, unda nafaqat bugungi kun,
balki kelajak avlodning ehtiyojlarining moddiy ne’matlar bilan qondirilish
imkoniyatlari ta’minalanadi. Bunda yerni takror ishlab chiqarish davrini to‘liq
amalga oshirish va bu jarayonni samarali boshqarishga asoslangan optimal tizim
yaratilishi nazarda tutiladi. Yer resurslaridan foydalanishning optimal tizimining
asosiy tamoyili bo‘lib yerdan foydalanishning ekologik jihatlariga urg‘u berish,
ya’ni yerdan foydalanishning iqtisodiy va ekologik jihatlarini uyg‘unlashtirishdan
iborat.
O‘tgan yillar ichida yer resurslaridan foydalanishning asosiy prinsiplarining
buzilishi, yerdan foydalanishning iqtisodiy jihatlari ekologik jihatlardan ustun
bo‘lishi, yer resurslariga haddan tashqari kuchli ta’sir etilishi, avvalambor, yerlar,
birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi yerlarining degradatsiyasiga olib keldi.
Yerlardan bunday tarzda foydalanishdan maqsad, foydalanilayotgan yerdan
maksimal iqtisodiy foyda olish bo‘lib, yerning samaradorligi faqat ishlab chiqarish
daromadining o‘zidan hisoblanib, yer resurslarini takror ishlab chiqarishga ketgan
sarf-xarajatlar inobatga olinmagan, natijada yerni takror ishlab chiqarilishining
davri tugallanmay qolavergan.
Markaziy Osiyoda yerdan barqaror foydalanish bo‘yicha ko‘plab
mamlakatlar qatnashgan loyiha doirasida amalga oshirilgan tahlillarga ko‘ra, yerlar
sifatining buzilishi muammosining vujudga kelishi sabablari quyidagilar:
1.
Yerlarga, jumladan, sug‘orilishi qiyin bo‘lgan yerlarda ham, keng
miqyosdagi irrigatsiyaning rivojlantirilishi va paxta yakka hokimligi tabiiy
125
ekotizim imkoniyatlariga sezilarli darajada talofot etkazdi, bugungi kunda mavjud
texnologiyalar yer degradatsiyasi oqibatlarini bartaraf etishga qodir emas. Natijada
yer va suv resurslarining mahsuldorligi qisqardi.
2.
Shu kunga qadar regional suv resurslarini boshqarish va umumiy suv
havzalariga ega mamlakatlarning teng foyda ko‘rishini ta’minlashning samarador
mexanizmlari amalda qo‘llanmay kelinyapti.
3.
O‘tish davridagi byudjet muammolarining ulkan suv xo‘jaligi
infrastrukturasiga texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiyalashga salbiy ta’siri
yerlarning unumdorligini sezilarli darajada qisqartirdi va deyarli tugab borayotgan
suv resurslariga talabni orttirdi.
4.
Kam ta’minlanganlik resurslar degradatsiyasiga sababchi bo‘lmoqda. Suv
etishmasligi va moliyaviy qiyinchiliklar fermerlarni o‘z iqtisodiy manfaatlarini
qondirish uchun o‘z strategiyalarini qo‘llashlariga majbur qilmoqda (oqova
suvlardan foydalanish, yaylovlarni quritish va h.k.).
Yerlar degradatsiyasi tuproq tarkibini buzadi va suv, shamol eroziyasi,
botqoqlashish, sho‘rlanish, shuningdek yerlarning zaranglashuvi tuproqning oziq
xususiyatlarining barham topishiga olib keladi. Yerlarning degradatsiyasiga olib
keluvi (ko‘pchilik tan olgan) bevosita sabab yer resurslaridan muqobil
foydalanmaslik, qishloq xo‘jaligining beqaror faoliyati, yaylovlar va o‘rmonlarga
qiron keltirishdir.
Yerlar degradatsiyasining tub muammolari quyidagi oqibatlarga olib keldi:
1)
beqaror qishloq xo‘jaligi;
2)
yaylovlardan foydalanishning beqaror boshqaruvi;
3)
o‘rmon resurslaridan beqaror foydalanish;
4)
Orol dengizi tanazzuli.
Yer resurslaridan foydalanishni boshqarish bo‘yicha Markaziy Osiyo
mamlakatlari tashabbusi bilan yer resurslaridan foydalanishni barqaror
boshqarishni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan yerlar degradatsiyasiga qarshi
mamlakatlararo kurash dasturi ishlab chiqilgan. O‘zbekiston yerlar degradatsiyasi
126
va mamlakatning XXI asrda rivojlanishining jiddiy muammolaridan biri sifatida
tan oladi. Respublikada bu borada milliy dastur yaratilgan bo‘lib, uning asosiy
maqsadi yerdan foydalanish boshqaruviga jalb etilgan barcha manfaatdor
tomonlarning yer resurslaridan barqaror foydalanish (YERBF) bo‘yicha
jipslashtirish va bu hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. Mazkur maqsad amalga
oshsa, ekotizimlarning barqaror va yaxlitligiga erishiladi, respublikada turmush
farovonligi o‘sadi. Milliy dasturda qayd etilgan yerlar degradatsiyasi muammolari
quyidagilarni taqozo etadi:
-
mahalliy, regional va milliy miqyosda potensialni kuchaytirish;
-
jamaotchilikning bu boradaga bilim va ma’lumotlarini oshirish;
-
infratuzilma va bozor mexanizmlarini yaxshilash;
-
mahalliy va milliy strategiyalar, rejalashtirish tizimi hamda barqaror yerdan
foydalanish siyosatini integratsiyalash;
-
yerlarni inventarizatsiyalash, monitoringi va baholash tizimini yaxshilash;
-
agrotizimlarni tiklash va haydaladigan yerlardan foydalanish amaliyotini
yaxshilash;
-
o‘rmonlarni saqlash;
-
yaylovlarni saqlash va ulardan foydalanishni boshqarish;
-
tabiiy resurslardan foydalanishning integratsion boshqaruvi va suv sifatini
yaxshilash;
-
Orol dengizi qurishi salbiy oqibatlarini yumshatish.
Milliy dastur doirasida ustuvor tadbirlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin:
1)
yer resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlash uchun siyosiy,
qonunchilik yo‘li bilan shart-sharoitlar yaratish;
2)
mas’ul tashkilotlar potensialini oshirish;
3)
yer resurslaridan foydalanishni boshqaruv tizimini investitsiya loyihalarini
yo‘naltirish orqali yaxshilash.
127
Shuning barobarida, amaliyot ko‘rsatishicha, yerdan va boshqa tabiat
resurslaridan foydalanish borasidagi amaldagi qonunchilik yetarli darajada
samarali bo‘lmay, qonunlarning bajarilishi yuqori samaradorlikka ega emas. Yerlar
degradatsiyasi muammolari u bilan kurash dasturlarida aks etgan bo‘lsa-da,
rivojlanishning milliy strategiyasi bilan integratsiyalashmagan. Shu sababli,
qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, huquqiy javobgarlikni amalga oshirish
mexanizmlari aks etgan siyosiy hujjatlar kutilgan natija bermayapti, yer
resurslaridan foydalanishda qatnashuvchi manfaatdor tomonlarning mazkur
dasturlarga jalb etish vazifasi sust bajarilmoqda. Shuning uchun qator qonun va
qarorlar bajarilishi kutilganidek emas, mazkur qaror va qonunlarni amalga oshirish
yetarli darajada moliyaviy ta’minlanmasligi sabab bo‘lmoqda.
Mavjud
yerdan
foydalanishning
mavjud
institutsion
muammolari
sektorlararo va umumiy yo‘nalishlar boshqaruvi koordinatsiyasining yetarli
darajada rivojlanmaganligi, tarmoqlararo, shuningdek davlat institutlari va
jamoatchilik o‘rtasida hamkorlik va sherikchilik mexanizmlarining yo‘qligini
ko‘rsatadi. Davlat tomonidan yerdan foydalanish resurs ta’minoti amalga
oshirilishiga qaramay, yerlar degradatsiyasi bilan kurash dasturlarni amalga
oshirish, yer resurslaridan foydalanish boshqaruvi va monitoringi cheklovlarini
olib tashlash zarurati yuzaga keldi. Qishloq rivoji potensialini qo‘llab-quvvatlash
va mustahkamlash, yer resurslariga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish
muammolari o‘z echimini kutmoqda.
Chuqur iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lgan “yerdan barqaror foydalanish”
tushunchasi bilan yerlardan oqilona va samarali foydalanish tushunchalari
chambarchas bog‘liq. Yerlardan oqilona va samarali foydalanish tushunchalari
barqaror yerdan foydalanishning tarkibiy qismlaridan sanaladi va jamiyatning
barcha sohalari o‘rtasida yer resurslarini optimal taqsimlanishiga imkon beradi.
Yerdan oqilona va samarali foydalanishning mohiyati turlicha bo‘lsa-da,
bitta maqsadni ko‘zlaydi. Yerlardan oqilona foydalanish deyilganda, insonning
yerga nisbatan oqilona, maqsadli xatti-harakati tushuniladi, ya’ni betartib jarayon
128
bo‘lmay, u oldindan o‘rganilgan, rejalashtirilgan, shakllantirilgan bo‘ladi. SHuning
uchun uni amalga oshirish yerning jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar va
munosabatlar ob’ekti sifatidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Yerlardan
foydalanish, odatda, qabul qilingan kriteriylar, sharoitlar nuqtai nazaridan
jarayonning samaradorligini belgilovchi u yoki bu cheklashlarni nazarda tutadi.
Masalan, yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligiga ziyon bo‘lsa-da, ayrim
ijtimoiy samaradorlikka erishish avvaldan rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Yerdan oqilona foydalanish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yer
resurslaridan ilmiy asoslangan, maqsadli foydalanishni ko‘zda tutadi. U mamlakat
yer fondining imkon qadar samaraliroq, va maqsadga yo‘naltirilgan taqsimoti
(tarkibini belgilash)ni o‘z ichiga oladi. Bunda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan
ehtiyojlar uchun yerlarni tejamkor ajratilishi, yerning unumdorligini oshirgan
holda ishlab chiqarish xususiyatlarini tejamli sarflash, yerlardan ratsional
foydalanishning huquqiy va ekologik tartibiga rioya etilishi amalga oshirilishi
kerak.
“Ratsional” tushunchasi yerlardan foydalanish tarkibini optimallashtirish
bo‘yicha harakatlarni bildiradi, unga ko‘ra avvaldan belgilangan shartlar asosida
yerdan foydalanish jarayoni amalga oshadi, mazkur jarayonning natijasi –
“samaradorlik” tushunchasidir. Vaqtinchalik belgilarga ko‘ra, “ratsional”
tushunchasi ”samarador” tushunchasidan oldingi holat, ya’ni birlamchi tushuncha
taassurotini qoldiradi. Biroq, yerdan “ratsional” foydalanish jamiyatning ko‘p
yo‘nalishli manfaatlariga mos keluvchi mazkur jarayon samaradorligining
avvaldan belgilangan parametrlari nuqtai nazaridan amalga oshirish mumkin. SHu
sababli, yerdan foydalanish “samaradorligi” pirovard nuqta bo‘lib, jamiyatning
ko‘p yo‘nalishli manfaatlarini amalga oshirish zaruratidan vujudga keladi, ularni
amalga oshirish esa, kerakli sharoitlar, imkoniyatlar, kriteriylarni o‘rnatish yo‘li
bilan “ratsionallik” hisobiga amalga oshiriladi.
Ko‘rilayotgan tushunchalar mohiyatan bir muammoning ikki tarafini
ifodalaydi, ular bir-biridan ajratilgan holda mavjud bo‘lolmaydi, yerdan
129
foydalanishda bir yaxlit tushuncha sifatida qo‘llanadi. Yerdan ko‘p yo‘nalishli
maqsadlarda foydalanish nuqtai nazaridan “ratsionallik”siz foydalanishning
“samardorligi” mavjud bo‘lolmaydi, avvaldan belgilangan samardorlik yig‘indisi
esa yerlardan samarali foydalanish ham bo‘lmaydi. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat
uchun yerdan foydalanish natijalari, ya’ni samaradorlik ham farqsiz emas. Birinchi
omilsiz umumiy samaradorlikka erishish dastlabki shart-sharoitlari mavjud
bo‘lmaydi, ikkinchi omilsiz yerdan foydalanishdan ma’no qolmaydi. Birinchi
tushuncha yerdan foydalanish qanday shartlar, parametrlar, cheklashlar, talablar
orqali amalga oshirilishini belgilaydi, ikkinchi tushuncha – mazkur sharoitlarda
amalga oshirilgan yerdan foydalanish qanday umumiy samara berishini ifodalaydi.
Boshqacha aytganda, yerdan foydalanishning “samaradorligi”ga mazkur jarayonni
amalga oshirishning avvaldan belgilab qo‘yilgan aniq sharoitlarni belgilash orqali
erishiladi, ”ratsionallik” yerdan foydalanishda amalga oshirilib, samaradorlik
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Yerdan foydalanish samaradorligi iqtisodiy kategoriyadir, lekin ushbu
tushuncha faqatgina iqtisodiy va xo‘jalik ma’nolari bilan cheklanib qolmaydi. U
ijtimoiy, rekreatsion va tabiatni muhofaza qilish tushunchalarini ham qamrab oladi.
Yerdan foydalanishning har bir jihatiga ma’lum bir turdagi: ijtimoiy, iqtisodiy,
ekologogik samaradorlik xosdir. Agar yerdan foydalanish faqat bitta jihat nuqtai
nazaridan qaraladigan bo‘lsa, unda faqat ma’lum bir turdagi samaradorlikka
erishiladi. Bunda ma’lum bir turdagi samaradorlik yerdan foydalanishning boshqa
jihatlariga zarar keltirish hisobiga amalga oshadi, boshqa jihatlarning talablari
sifatida yerdan foydalanishning asosiy sharti qo‘llanilmaydi.
“Yerdan barqaror foydalanish” iqtisodiy kategoriya sifatida o‘z mazmun
mohiyatiga yer resurslaridan foydalanishning bozor tamoyillarini va mazkur
murakkab jarayonning boshqaruvini ham o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan
bozor
iqtisodiyotini
vujudga
keltirish
tabiiy
resurslardan
foydalanish
samaradorligiga nisbatan yuqori talablarni qo‘yadi. Avvalo, bu yerdan
foydalanishga bozor tamoyillari, shuningdek resursning narx ko‘rinishidagi
130
baholanishini amalga oshirish, yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lanishini tatbiq
etilishini talab etadi. SHu bilan birga, yerlarni reabilitatsiya qilishda bozor
munosabatlarining rolini oshirib yubormaslik kerak. Bozor iqtisodiyotining
kiritilishi atrof muhit, shuningdek yer-suv resurslarini muhofaza qilish, qishloq
xo‘jaligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sarf-xarajatlarni ta’minlash
muammosini to‘liq hal etolmaydi. Qishloq xo‘jaligi yerlarining mahsuldorligini
tiklash, hech bo‘lmaganda, avvalgi holiga takrorrish uchun juda ko‘p mablag‘ talab
etiladi va bu o‘rinda davlatning ko‘magi zarur. Bu yo‘nalishda ham hukumat
tomonidan hozirgi vaqtda kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Har yili qishloq
xo‘jaligida suvdan foydalanish tizimini, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
uchun, turli agroxo‘jalik tadbirlarini amalga oshirish uchun katta mablag‘lar
ajratilmoqda va shu maqsadda maxsus fondlar tashkil etilmoqda.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, “yerdan barqaror foydalanish”
iqtisodiy kategoriya bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik mazmunga ega bo‘lib,
ular uzviy bog‘liqdir. Jamiyatning o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida yer
resurslaridan foydalanishining ob’ektiv zarurati bir vaqtning o‘zida tabiatga salbiy
ta’sir ko‘rsatilishiga olib keladi. Bu holat bir tarafdan, yerdan xo‘jalik
maqsadlarida foydalanish, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishni oqilona miqdorda
cheklash, ikkinchi tarafdan, iste’mol qilingan resurslarni takror ishlab chiqarilishini
taqozo etadi. “Yerdan barqaror foydalanish” mazmunan ko‘p tarkibli, murakkab
bo‘lib, yerlardan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek yerdan
foydalanishning bozor tamoyilarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |