So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga


Mustaqil o‘rganish uchun savollar



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76
Bog'liq
Davronbek

Mustaqil o‘rganish uchun savollar 
1.
Yerdan foydalanish tuzilishini optimallashtirish deganda nimani tushunasiz? 
2.
Optimallashtirishda yerdan foydalanish tuzilishi qanday o‘ziga xos rolni 
o‘ynaydi? 
3.
Tuzilish (struktura) deganda nimani tushunasiz? 
4.
Yerdan foydalanish tuzilishi nima? 


104 
5.
Yerdan foydalanishni tuzilishining umumiy belgilari nimalardan iborat? 
6.
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni optimallashtirishning umumiy 
belgilariga nimalar kiradi? 
7.
 
Yerlarni optimal taqsimlash vazifasining maqsadi nimalardan iborat?
 
8.
 
Yerdan foydalanish tuzilishining samaradorligi bilan yerdan foydalanish 
samradorligining bir-biridan farqi nimada?
 
9.
 
Yerdan foydalanish tuzilishining tuproq unumdorligini takror ishlab 
chiqarish jarayoni va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga 
qanday ta’sir qiladi?
 


105 
6. YER RESURSLARI VA TUPROQ UNUMDORLIGINI TAKROR 
ISHLAB CHIQARISH SIKLI, UNING IQTISODIY ASOSLARI VA 
MEXANIZMI
Jamiyatning oziq-ovqat, iqtisodiyotning xomashyo mahsulotlariga tobora 
o‘sib borayotgan ehtiyojlari (jamiyat ehtiyojlarining uzluksiz ortib borishi va 
resurslarning cheklanganligi sharoitida ulardan ratsional foydalanish qonuni) 
haydaladigan yerlardan samarali foydalanish, kamroq unumdorlikka ega 
maydonlar hisobiga kengaytirish vazifasini ko‘ndalang qo‘yadi. Qishloq xo‘jaligini 
intensiv rivojlantirishda cheklangan yer resurslaridan foydalaniladi va tuproqning 
unumdorligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishini taqozo etadi. Yer 
miqdorining cheklanganligi uning ishlab chiqarish salohiyati ham cheklangan 
deyishga, yer va boshqa ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishiga qaraganda aholi 
soni o‘sish sur’atining tezlashishi “nazariyasi” va u bilan bog‘liq “tuproq 
unumdorligining pasayib borish qonuni” va buning oqibatida oziq-ovqat 
mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelishi to‘g‘risidagi asoslanmagan gipotezalarni 
haqiqat o‘rnida qabul qilishga asos bo‘laolmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda 
qishloq xo‘jaligini yuritish amaliyoti ushbu nazariyani butkul rad etdi. 
Iqtisodiy mahsulotni takror ishlab chiqarish jarayonida yer ishlab 
chiqarishning muhim moddiy omili sanaladi. Biroq, yerdan foydalanishning 
mavjud shakllari ushbu jarayonga tizimli yondashuvning yo‘qligi, takror ishlab 
chiqarishning to‘liq siklidagi yerning roli – yer resurslarining taqsimlanishi va 
takror ishlab chiqarilishiga yetarlicha baho berilmaganidan dalolat beradi. Shu 
sababli, iqtisodiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdagi yerning roli, shuningdek 
yerning takror ishlab chiqarish siklidagi mohiyati va xususiyatlarini yerdan 
foydalanish iqtisodiyoti nuqtai nazaridan tadqiq etish hal etuvchi ahamiyatga ega. 
O‘zining takror ishlab chiqarish siklida yer uch davrni o‘taydi:
1)
yer resurslarini taqsimlash (yoki qayta taqsimlash);
2)
jamiyat va iqtisodiyot faoliyatining barcha sohalarida yerdan bevosita 
(xo‘jalik) foydalanish;


106 
3)
yer resurslarining takror ishlab chiqarilishi
14

Siklning barcha davrlari aniq ichki mazmun va ahamiyatga ega bo‘lib, 
nisbatan mustaqil bo‘lsa-da, o‘zaro uzviy bog‘liq. Birinchi davrning amalga 
oshirilishi jamiyat faoliyat sohalari va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida (yer 
resurslaridan foydalanish maqsadlari va xususiyatlari belgilangan tarzda) 
taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi davrning uzluksiz rivojlanib borayotgan 
iqtisodiyot sharoitida amalga oshirilishi yerlarning taqsimlanishi va qayta 
taqsimlanishiga, ya’ni birinchi davrga zamin hozirlaydi. Boshqa tarafdan, ikkinchi 
davrning amalga oshirilishi yer resurslarining ishlab chiqarish iste’moli bilan 
bog‘liq bo‘lib, har bir yangi ishlab chiqarish davri uchun ularni takror ishlab 
chiqarish talab etiladi, ya’ni ikkinchi davrning amalga oshirilishi uchinchi davr 
faoliyatining so‘zsiz sharti hisoblanadi. Shu bilan birga, yer resurslarining takror
ishlab chiqarilishi (uchinchi davr) siklning ikkinchi davrida yerdan samarali 
foydalanishning ob’ektiv zarurati sanaladi. Va, nihoyat, uchinchi davrning amalga 
oshirilishi keyingi takror ishlab chiqarish uchun yerlarni taqsimlash va qayta 
taqsimlash zaruratini taqozo etadi. O‘z navbatida, yangidan taqsimlash vositasida 
va keyingi sikllarda foydalanishning davom ettirilishi asnosida birinchi davrining 
amalga oshirilishi ularning avvaldan takror ishlab chiqarilishini talab etadi. Bunday 
uzviy bog‘liqlik takror ishlab chiqarish siklining yaxlitligi va birligini tashkil etadi. 
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishdan to‘g‘ri foydalanilganida, o‘zviy 
bog‘liqlik bevosita amalga oshiriladi. 
Qishloq xo‘jaligida yerning takror ishlab chiqarish sikli (tuproq 
unumdorligi) kalendar yoki qishloq xo‘jaligi yiliga teng, so‘ngra takror ishlab 
chiqarish yangi siklining birinchi davri amalga oshiriladi. Yerni takror ishlab 
chiqarish siklining o‘ziga xosligi shundaki, u aniq vaqt chegaralariga ega emas, 
o‘tgan takror ishlab chiqarish siklida yerning unumdorligini tiklash bo‘yicha 
o‘tkazilgan tadbirlarning samarasi ikkinchi, uchinchi va keyingi sikllarda amalga 
oshirilishi mumkin. 
14
Чертовицкий А.С., Базаров А.К. Система землепользования Узбекистана. – Т.: “Фан” .2007, с.66. 


107 
Sanoat ishlab chiqarishi va noishlab chiqarish (ijtimoiy, rekreatsion, tabiatni 
muhofaza qilish sohalari)da yer maydonlarining takror ishlab chiqarish sikllari 
vaqt nuqtai nazaridan qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan yerlar sikliga nisbatan 
uzoqroq davom etib, bir necha yildan o‘n yilliklargacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga 
oladi.
Iqtisodiy mahsulot (qishloq xo‘jaligi mahsuloti)ni takror ishlab chiqarish 
siklida yerning ishlab chiqarish omili sifatidagi ishtirokini ko‘rib chiqamiz. Ishlab 
chiqarish omillariga yer, kapital, mehnat, suv, tadbirkorlik, informatsion 
ta’minlanganlik va texnologiyalar kiritilgan. 
Takror ishlab chiqarish siklida foydalanilayotgan resurslar uchta davrni o‘z 
ichiga oladi: resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash; bevosita ularni qo‘llash; 
takror ishlab chiqarish va ushbu sikl 6.1-rasmda ellips shaklida ko‘rsatilgan.
 
6.1-rasm. Yerni takror ishlab chiqarish sikli va uning davrlari 
Mahsulot (tovar, ish va xizmatlar)ni takror ishlab chiqarish sikli to‘rt davrni 
o‘z ichiga oladi: ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol (rasmda 
kvadrat bilan ko‘rsatilgan). Bunda quyidagi belgilar qabul qilingan:

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish