So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
Davronbek

Yuqoridagi fikr va xulosalarni inobatga olgan holda yer 
resurslaridan foydalanish tizimi bu
– jamiyat va tabiat rivojlanishi qonunlaridan 
ongli ravishda foydalanish asosida rivojlanadigan iqtisodiyot va jamiyat tomonidan 
yer resurslarini to‘xtovsiz, siklli, ko‘pmaqsadli tasarruf qilish, unga egalik qilish va 
undan
foydalanish 


17 
EEEEEE 
1.1– rasm. Yerdan foydalanish tizimi va uning elementlari
3
3
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган 
Yer siyosati va uni 
amalga oshirish
Yerning vazifalari 
Yerdan foydalanish 
tizimlari 
Yerlarning 
taqsimlanishi va qayta 
taqsimlanishi 
Yer munosabatlarini 
tartibga solish
 
Аxborot- 
tahliliy 
Тexno-
ekologik 
Тashkiliy -
hududiy 
Meyoriy-
huquqiy 
Meyoriy-
huquqiy 
Davlat yer 
kadastri 
Yerlarni huquqiy 
muhofaza qilish 
Yer 
huquqbuzarligi
ga jazoning 
muqarrarligi 
Yer tuzish 
ishlari 
Ishlab chiqarish 
kuchlarini 
joylashtirish 
Yerlar 
unumdorligin
i takror ishlab 
chiqarish 
Yerdan 
foydalanish va 
uni muhofaza 
qilish nazorati 
Yerlar 
eroziyasining 
oldini olish 
va uni 
rekultivatsiya 
qilish 
Yerlarni 
melioratsiya 
qilish 
Yer munosabatlarini tartibga solish vazifalari 
Yerlarning 
ekologik 
holatini 
yaxshilash 
Yerdan foydalanish 
jarayoni 
Qishloq va o’rmon 
xo’jaligida asosiy 
ishlab chiqarish 
vositasi 
Boshqa tarmoqlarda 
ishlab chiqarish 
vositasi
Tarmoqlararo 
Yerlar toifalari va 
turlariaro 
Ekologik 
Iqtisodiy
Joylashishning makon 
asosi 
Ijtimoiy 
Rekreatsion 
Yerdan foydalanish 
tizimi 
Hududlararo 
Yer 
monitoringini
ng yagona 
tizimi 
Davlat va 
jamoat 
ekspertizasi 
Mehnat predmeti 
Mehnat quroli 
Тabiiy resurs 
Iqtisodiy resurs-
kapital 
Кo’chmas mulk 
ob’ekti 
Хo;jalik yuritish 
ob’ekti 


18 
hamda mazkur jarayonni tartibga solishda sodir bo‘ladigan munosabatlar 
tizimidir.
Yerdan foydalanish iqtisodiyoti “yer resurslari” tushunchasi bilan 
chambarchas bog‘liq. “Resurs” bu - ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanadigan va 
sarf bo‘ladigan manbalarni anglatadi.
Ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etuvchi resurslar ishlab chiqarish 
omillari deyiladi.
Tabiiy resurslarga ishlab chiqarishda tabiiy, takror ishlab 
chiqarilmagan ko‘rinishda qo‘llanadigan manbalar, shuningdek ma’lum bir ishlab 
chiqarish jarayoni amalga oshiriladigan makon kiritiladi. Qishloq xo‘jaligida 
moddiy ne’matlarni yaratish uchun yerning unumdorligidan foydalaniladi; sanoat 
ishlab chiqarishi, transport, xizmat ko‘rsatish sohalarida esa, yer mehnat va ishlab 
chiqarishni tashkil etishning muhim moddiy omilidir. 
Ma’lumki, iqtisodiy nazariyaning maqsadi iqtisodiy qonunlarni o‘rganish va 
ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmi va amaliy qo‘llashning usullarini ishlab 
chiqishdan iborat bo‘lsa, uning vazifasi esa, tarmoqlar, hududlar, tashkilot va 
muassasalar, u yoki bu mamlakat, mamlakatlar guruhi yoxud jahon
iqtisodiyotining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy taraqqiyotning 
qonuniyatlarini aniqlash, shu asosda makro va mikro-sharoitlarda ijtimoiy-
iqtisodiy samarali boshqaruv uchun tavsiyalar ishlab chiqishdir. Shu nuqtai 
nazardan yer munosabatlari ham iqtisodiy munosabatlar singari, jamiyat va 
iqtisodiyot taraqqiyoti qonuniyatlariga muvofiq rivojlanadi, shu bilan birgalikda 
yerning jamiyat va iqtisodiyotdagi roli va uning o‘ziga xosligini belgilab beradi. 
Yerdan foydalanish jarayonining umuminsoniy ob’ektiv qonunlar talablari nuqtai 
nazardan o‘ziga xos xususiyatlaridan eng asosiylari sifatida quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin. 
Ishlab chiqarishning tashkiliy-huquqiy shakllari, ishlab chiqarish kuchlari 
darajasining ishlab chiqarish munosabatlari xarakteriga mos kelishi qonunining 
mazmun-mohiyatini iqtisodiyotning agrar sohasi misolida aniq ko‘rish mumkin. 
Masalan, mamlakatimizda XX-asrning 90-yillariga qadar yer va boshqa ishlab 


19 
chiqarish omil va vositalariga davlat mulkchiligiga asoslangan xo‘jalik 
yuritishning shakllari (davlat va jamoa)da yer va boshqa ishlab chiqarish omillari 
va vositalaridan foydalanish darajasi agrar sohani jadal rivojlantirish ehtiyojlarini 
qondirish xarakteridagi ishlab chiqarish munosabatlariga mos kelmay qolgan edi. 
Boshqacha aytganda ushbu xo‘jalik yuritish shakllarining tom ma’nodagi mazmun-
mohiyati jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishini ustun tarzda yanada rivojlantirish 
maqsad va vazifalarini ta’minlash talablarini bajarish imkoniyatlariga ega bo‘lmay 
qoldi. Natijada yer va boshqa ishlab chiqarish munosabatlarini isloh qilish 
jarayonida ular avval qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar), jamoa 
xo‘jaliklariga, keyinchalik esa, yerdan foydalanish va mehnatni oilaviy tashkil 
etishga asoslangan fermer xo‘jaliklariga aylantirildi. Bunda avvalgiday yerlarni 
ularga foydalanish uchun “berib” qo‘yilmasdan, balki yer ijarasi munosabatlariga 
asoslangan yerdan foydalanish va ishlab chiqarishni tashkil qilish shakli joriy 
qilindi. Endi mazkur fermer xo‘jaliklarining nafaqat yer maydonlari, ulardan 
foydalanish xarakteri, balki yerdan foydalanish va ishlab chiqarishni tashkil qilish 
natijalarini tasarruf qilish uslublari ham avvalgi xo‘jalik yuritish shakllaridan 
keskin farq qiladi. 
Yerlarni uzluksiz va proporsional taqsimlash qonuniga muvofiq, islohotlar 
iqtisodiyot tarmoqlari, sohalari, hududlari va alohida yerdan foydalanuvchilar 
o‘rtasida yerlarni qayta taqsimlashni talab etadi. Masalan, mamlakatimizda sanoat 
ishlab chiqarishi, transport, aloqa va boshqa ishlab chiqarish, bozor va ijtimoiy 
infrastruktura ob’ektlarining qurilishi, biznes va investitsiya jarayonlarining 
yanada rivojlantirilishi tufayli qishloq xo‘jaligi tarmoqlari yer maydonlari sezilarli 
o‘zgardi, yerlarni iqtisodiyot tarmoqlari ichida, tarmoqlararo, hududlararo, ijtimoiy 
sohalari uchun, shuningdek yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida qayta taqsimlash 
jarayonlari doimiy tarzda amalga oshirilmoqda. Natijada 2000-yildan so‘ngi 18 yil 
ichida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar maydoni 1,64, sanoat, transport, 
aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar maydoni 2,12 marta 
kamaygan bo‘lsa, aholi punktlarining yerlari 1,12, o‘rmon fondi yerlarining 


20 
maydoni 4,45, suv fondi yerlari 1,35, zaxira yerlar 1,49 martadan ortiqroq oshdi. 
Masalan, respublikamizda qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining soni 
fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda olganda, 2018-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 
166708 ta bo‘lib, ularga biriktirib berilgan yerlarning umumiy yer maydoni 
20261,6 ming gektarni, shu jumladan qishloq xo‘jalik yer turlari maydoni 15543,7 
ming gektarni, shundan 3702,4 ming gektari sug‘oriladigan yerlarni tashkil qiladi. 
Fermer xo‘jaliklari yer maydonlari 2016-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 5994,4 ming 
ga ni tashkil qilmoqda. 2000-yilda fermer xo‘jaliklari soni 43,8 mingtani tashkil 
qilib ularga biriktirib berilgan yer maydoni 889,7 ming gektarni tashkil qilgan 
bo‘lsa o‘z navbatida 2005-yilda 125700 ta, 3775,3 ming gektar, 2008-yilda 218600 
ta 5896,8 tani tashkil qilgan. 2000-yilga nisbatan fermer xo‘jaliklari yer 
maydonlari 6,7 martaga ko‘paygan.
Yer munosabatlarining rivojlanishiga yer va boshqa ishlab chiqarish 
vositalarining konsentratsiyalashuvi to‘g‘risidagi qonuni bir birlik yer maydonida 
ishlab chiqarish vositalarini to‘plash samaradorligining iqtisodiy chegarasi 
mavjudligini taqozo qiladi. Bu qonunning talablari yer maydonlarini 
optimallashtirish masalalarining iqtisodiy maqbul sxema va mexanizmini ishlab 
chiqishda qo‘llash lozimligini uqtiradi. Masalan, mamlakatimizda paxtachilik-
g‘allachilik fermer xo‘jaliklari yer maydoni hajmining faqat eng kam miqdori 30 
ga qilib belgilangan, lekin uning eng yuqori chegarasi ham belgilanishini ushbu 
qonun talab qiladi, chunki yer maydonining eng kam hajmigacha va eng yuqori 
hajmidan keyin yer va boshqa ishlab chiqarish vositalarining konsentratsiyalashuvi 
samarali bo‘lmay qoladi. 
Yer resurslarini (iste’mol qiymatini) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
to‘g‘risidagi qonunning amaliyotga tatbiq etilishi, ayniqsa, agrar munosabatlarda 
yorqin namoyon bo‘lmoqda. Mahsulot ishlab chiqarish yerlarning unumdorligini 
“iste’mol qilish” bilan bog‘liq. Jamiyat va iqtisodiyotning yer resurslari miqdori va 
sifatiga bo‘lgan ehtiyojlarining tobora ortib borishi yerlarning iste’mol qiymatini 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, yerlar unumdorligini oshirish borasida 


21 
maxsus tadbirlar amalga oshirilishi, yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘orish, 
qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqa noqishloq xo‘jaligi tarmoqlari maqsadlarida 
foydalanish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, texnoekologik va boshqa jihatlardan 
asoslanmasdan o‘tkazilishiga chek qo‘yilishini taqozo etadi. Chunki bunday 
yondashuv nafaqat qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari, ayniqsa 
intensiv (sug‘oriladigan) foydalaniladigan yerlar miqdori cheklanganligi, balki 
boshqa noqishloq xo‘jaligi yerlarining iste’mol qiymatini kengaytirilgan takror 
ishlab chiqarish imkoniyatlari ham cheklanganligi, yangi qurilish ob’ektlari uchun
tejamkorlik asosida yer maydonlarini ajratish lozimligi, eski ob’ektlarni ular 
egallagan maydonlarni qisqartirgan holda qayta rekonstruksiya qilish zarurligi 
bilan ifodalanadi. 
Jamiyat va iqtisodiyotda yer munosabatlari taraqqiyoti dialektikasining 
asosiy qonuniyatlari ana shunday xususiyatlarga ega. Ushbu qonuniyatlarning 
namoyon bo‘lish shakli yerning har qanday ishlab chiqarish uchun eng muhim 
asos, bozor munosabatlarining ob’ekti sifatidagi mohiyatidan kelib chiqadi. 
Mazkur qonuniyatlarning namoyon bo‘lish shakllariga: 
yerga mulkchilik va egalik shakli,
ijara munosabatlari,
xo‘jalikning tashkiliy-huquqiy shakllari,
huquq va servitut turlari,
makonda yerning cheklanganligi va uning ko‘chmas ob’ektligi,
yerdan foydalanishning ko‘p maqsadliligi va tarkibiy har xilliligi,
yerlar unumdorligining xilma-xilligi va uni takror ishlab chiqarish,
yerdan foydalanishning to‘lov asosida amalga oshirilishi,
yerning narx ko‘rinishidagi baholanishi kabi holatlar kiradi. 
Yer munosabatlarida asosiy masala yerga mulkchilik va egalik shaklidir.
Yerga mulkchilik va egalik shakli yer munosabatlarining butun tizimiga ta’sir etib, 
uning xususiyatlarini belgilab beradi, zero, yer ishlab chiqarishning umumiy sharti, 
qishloq va o‘rmon xo‘jaligida esa, ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida 


22 
namoyon bo‘ladi. Renta munosabatlari yer munosabatlarining asosiy ichki 
mazmuni sifatida qaraladi, chunki yer doimo kimningdir mulki sifatida mavjud 
bo‘ladi, renta munosabatlari esa, yer munosabatlariga aniq iqtisodiy mazmun 
beradi. Hozirgi sharoitda renta munosabatlarining shakli bo‘lib yer rentasi xizmat 
qiladi. 
Ijara yer munosabatlari mohiyatan mulkchilik munosabatlari bilan dialektik 
birlikni ifoda etadi: yer egaligisiz ijara munosabatlari mavjud bo‘lolmaydi. 
Mulkdor yerdan o‘zi foydalanishi mumkin yoki kelishilgan to‘lov asosida ma’lum 
bir muddatga boshqalarga ijaraga berishi mumkin. SHuning uchun ijarachisining 
yerdan foydalanish shartlari va ijara haqi yer ijarasi munosabatlarining 
amaliyotdagi aniq ko‘rinishidir. 
Xo‘jaliklarning tashkiliy-huquqiy shakli real hayotda yer munosabatlarining 
muhim shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligini 
tashkillashtirishning asosiy shakli fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar, 
xo‘jaliklararo birlashmalar, o‘quv-tajriba xo‘jaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalari, 
o‘rmon xo‘jaliklari sanaladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yerdan 
foydalanuvchilar qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan korxona, tashkilot, 
muasassalardir. Yerdan foydalanuvchilarning ko‘psonli guruhini dehqonchilik, 
tomorqa-bog‘dorchilik, individual turar joy qurilishi, xizmat ko‘rsatish 
maydonlariga ega bo‘lgan fuqarolar tashkil etadi. 
Yer munosabatlarining keyingi shakli yer maydonlariga huquqlar va 
servitutlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikada yer maydonlari mulk, egalik 
qilish, ijara va foydalanish huquqlari asosida beriladi. Bunday huquq turlariga 
servitut ham kiradi. Ishlab chiqarish, kommersiya maqsadidagi ob’ektlar, 
shuningdek individual turar joy qurilishlari uchun ajratilgan yer maydonlariga
mulkdorlik vujudga kelishi mumkin. O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan
xorijiy diplomatik vakolatxonalarga yer maydonlari mulk sifatida beriladi. 
Ko‘psonli jismoniy shaxslar – tomorqa, bog‘dorchilik, individual turar joy yer 
maydonlari egalari avloddan-avlodga umrbod meros bo‘lib o‘tuvchi yerga 


23 
mulkdorlik huquqiga egadirlar. Davlat ob’ektlari (ma’muriy binolar, ijtimoiy 
ob’ektlar va boshqalar) uchun ajratilgan yer maydonlari foydalanish huquqi 
asosida beriladi. Qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan yuridik shaxslar – korxona, 
tashkilot va muassasalar, qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar yerni ijaraga olish huquqiga egadirlar. 
Fermerlarga va boshqa yerdan foydalanuvchilarga qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab 
chiqarish faoliyatini yuritishlari uchun yerdan ijara asosida foydalanish huquqi 
beriladi. 
Yer munosabatlarining navbatdagi shakli yerning makonda cheklanganligi 
bilan bog‘liq. Mazkur holat yerni taqsimlash, qayta taqsimlash va undan 
foydalanish ilmiy asoslangan va qayd etilgan miqdorda amalga oshirilishini talab 
etadi, yer maydonlarini o‘lchash va maydon chegaralarini belgilash zarurati 
vujudga keladi. Yerdan foydalanish yer maydonlarining ko‘chmasligi bilan 
bog‘liq, uni makonda joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi, bu esa yer maydonlarini aniq 
maqsadda foydalanish va ma’muriy-hududiy joylashuviga qarab taqsimlashni talab 
etadi. Yerdan foydalanuvchilar, iqtisodiyot tarmoqlari, viloyatlar va tumanlar 
o‘rtasida yerni taqsimlash va qayta taqsimlash vaqt va makon nuqtai nazaridan bir 
marotaba bo‘lishi mumkin emas. Yerlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarilishi 
qonuni va uning asosida iqtisodiy munosabatlar islohotlari to‘g‘risidagi me’yor va 
mexanizmlarning tatbiq etilishi yerni uzluksiz qayta taqsimlanishini taqozo etadi, 
bu holat ham yer munosabatlari shakllarini doimiy tarzda takomillashtirishni 
ifodalaydi. 
Yer munosabatlarining yana bir shakli yerdan foydalanishning ko‘p 
maqsadliligi va uning tarkibiy har xilliligi bilan bog‘liq. Jamiyatning moddiy va 
boshqa ne’matlarga, iqtisodiyotda esa, yerdan foydalanishning ko‘p maqsadliligi
kengayib borishi bu borada tobora o‘sib borayotgan ehtiyojlarni ta’minlash 
mamlakatning yerdan foydalanish tarkibi, yer toifalari, iqtisodiyot tarmoqlari va 
ijtimoiy sohalari, ob’ektlarni to‘g‘ri va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan samarali 


24 
shakllantirishga bog‘liq. Shu sababli, yerdan foydalanish tarkibini barcha sohalarda 
takomillashtirish yer munosabatlari shakllaridan biridir.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida yerlardan foydalanish tuproqning 
unumdorligi, uning xilma-xilligi bilan bog‘liq, yer unumdorligidan foydalanish uni 
qayta tiklashni ham talab etadi. Unumdorlikni keng miqyosda tiklash tashkiliy-
texnikaviy, meliorativ, agrotexnik, o‘rmon-meliorativ, yerlar eroziyasiga qarshi 
kabi eng muhim tadbirlarni amalga oshirish orqali erishiladi, bunday tadbirlar 
amaliyoti ham yer munosabatlarining ifoda shaklidir. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishida mahsulot turi, mahsulot hajmi, tannarxi, ishlab chiqarish 
rentabelligi, daromad va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar chorva va ekin maydonlari
tarkibiga bog‘liq bo‘lib, ular ham yerdan samarali foydalanish bo‘yicha yer 
munosabatlarining shaklini ifodalaydi. 
Yerdan foydalanish uchun haq to‘lash tamoyili yer solig‘i, ijara haqi, yer 
maydonlarini qaytarib olishda ko‘rilgan zararlar uchun tovon puli, mulk, ijara va 
egalik huquqini garovga qo‘yib kredit olish, umrbod avloddan-avlodga merosga 
o‘tuvchi yer egaligi huquqining narxi, yerning kadastr qiymati, bozor narxi va 
me’yoriy qiymati, yer uchastkasini xususiylashtirish kabilar ham yer 
munosabatlarini ifodalovchi o‘ziga xos shakl hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligida yer maydoniga mulk, umrbod meros qilib 
qoldiriladigan egalik, fermerlar tomonidan yer ijarasi huquqlarini kredit uchun 
garovga qo‘yish, auksionlarda tanlov asosida individual turar joy qurish uchun yer 
maydonlarini sotib olish, kompensatsion to‘lovlarni amalga oshirish, yer 
uchastkalarini xususiylashtirish, ularning kadastr, bozor narxlarini shakllantirishga 
qaratilgan huquqiy me’yorlar berilgan. Ushbu huquqiy me’yorlar xalqaro va milliy 
tajribalar, tarixiy o‘ziga xosliklar va an’analarni hisobga olgan holda ishlab 
chiqilganligi uchun ham mamlakatimizda yer munosabatlarini bozor iqtisodiyoti 
talablari va shartlariga mos tarzda rivojlantirish imkoniyatlarini yaratadi. 
Yer munosabatlarining ratsional shakllari bilan bir qatorda irratsional 
shakllari ham mavjud. Yer tabiiy, tarixiy jism (Materiya) bo‘lib, inson mehnati 


25 
mahsuli emas, u qiymatga ega emas, balki faqat iste’mol qiymatiga ega, natijada 
yerning “qiymati” yer munosabatlarining irratsional shaklidir. Demak, yer 
munosabatlarining ratsional va irratsional shakllari mavjud. 
Yer munosabatlarining qator o‘ziga xos ko‘rinishlari ham mavjud bo‘lib, 
ularga yer munosabatlarini tartibga solish shakllarini kiritish mumkin. Yer 
munosabatlarini tartibga solish shakllari ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy-huquqiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, tabiiy-hududiy, texnologik, moliyaviy, investitsiyaviy-
infrastrukturaviy, bozor, biznes va ishlab chiqarish kabi jihatlarni qamrab oladi. 
Jamiyat va iqtisodiyotda muayyan islohotlarni amalga oshirish tufayli yer 
munosabatlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini 
tartibga solishning yuqoridagi shakllarini ham doimiy tarzda isloh qilib borish
zarur. Bir qarashda, yer munosabatlarini tartibga solishda ijtimoiy-siyosiy jihat 
asosiy bo‘lib ko‘rinadi, zero, mulkdorlik va yer huquqiy munosabatlarining 
o‘zgarishi siyosiy irodaning natijasidir. Biroq, yerdan foydalanish, yerning jamiyat 
va iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos holatini saqlashning barqaror 
tizimini shakllantirish siyosiy qarorlar qabul qilinishidan avvalroq amalga 
oshiriladi. Yerga egalik munosabatlari, yaratilayotgan mahsulotlar taqsimoti
iqtisodiy kategoriyalardir, shu sababli yer munosabatlarini tartibga solishning
iqtisodiy tomoni asosiy jihat sanaladi. Huquqiy munosabatlarning mazmun-
mohiyati jamiyat va iqtisodiyot manfaatlari yo‘lida yer resurslaridan 
foydalanishning iqtisodiy vazifalarini amalga oshirilishiga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. 
Mamlakatda 
amalga 
oshirilayotgan 
ijtimoiy 
yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini barpo etish maqsadidagi iqtisodiy islohotlar doirasida yer 
resurslaridan 
foydalanish 
jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
ehtiyojlari 
va 
manfaatlarini ta’minlash bilan uzviy bog‘liqdir. Yer resurslaridan foydalanish 
ekologik talablar va me’yorlar doirasida tashkil qilinishi, tabiiy-hududiy 
xususiyatlarga mos kelishi va ulardan oqilona va samarali foydalanishga 
qaratilishi, yerlarning xo‘jalik-texnologik afzalliklarini aniqlash masalalariga 
e’tibor va ahamiyat berish orqali amalga oshirilishi zarur. Bulardan tashqari yer 


26 
resuslaridan 
foydalanish 
tizimini 
ularning 
moliyaviy, 
investitsiyaviy-
infrastrukturaviy, bozor, biznes va ishlab chiqarish funksiyalarini har tomonlama 
hisobga olgan holda tashkil etilishi va boshqarilishi pirovard natijada yer 
islohotining samaradorligini va yerdan foydalanishning barqarorligini ta’minlashda 
muhim rol o‘ynaydi. 
Tomorqa yerlarining kengaytirilishi, fuqarolarga bog‘dorchilik uchun dala-
hovlilarining berilishi yer islohotining muhim jihatlaridan biridir. Bu holat esa “
... mehnat bilan band bo‘lmagan aholini jalb etish, ishsizlikning oshib ketish 
xavfining oldini olish, aholining daromadlarini ko‘paytirish, hayotiy zarur oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, individual 
turar joy qurilishi miqyosini sezilarli darajada kengaytirish, respublikada ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikni ta’minlash”
4
imkonini berdi.
Yer bozorining tashkil etilishi bozor iqtisodiyotining rivojlanishi uchun 
kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi va ko‘chmas mulk bozori faoliyati; mamlakat 
iqtisodiyotida yerni xususiylashtirish, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish uchun 
to‘lov yig‘imlarining davlat byudjetiga tushishi; mamlakat iqtisodiyotida xususiy 
mulkchilikning ulushi ortishi, biznesning keyingi rivoji; kreditlar olish, ipoteka 
institutining rivojlanishi va ishlab chiqarish va uy-joy qurilishi sektoriga 
investitsiyalarning ortishi, uy-joy bozorining rivojlanishi; yer oldi-sotdi qora 
bozoriga barham berish imkonini ta’minlaydi. Yer bozorining tashkil etilishi 
yerdan foydalanish samaradorligini oshiradi, uning butun tizimi, boshqaruv 
uslublariga o‘zgartirishlar kiritadi, qator iqtisodiy muammolar (yerni narxlash, yer 
solig‘i, ijara va subijara munosabatlari, yer va ko‘chmas mulk bozorini yo‘lga 
qo‘yish, ipotekani rivojlantirish va yer unumdorligini yaxshilashga qaratilgan 
tadbirlar uchun investitsiyalar kiritish mexanizmlarini takomillashtirish)ning hal 
etilishini talab etadi.
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, yerdan 
foydalanish iqtisodi fan bo‘lib, uning o‘rganish predmeti va ob’ekti jamiyatda 
4
Каримов И.А. Родина священна для каждого. – Т.: “Узбекистан”, 1997. Т.3. с.17. 


27 
yerning faoliyat shakllari, yer resurslaridan barqaror foydalanish, yer 
munosabatlarining qonun va qonuniyatlari, yerdan foydalanishning barqaror 
boshqaruvidir. 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish