5.3-jadval.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi fermer xo‘jaliklari
Tadqiqot o‘tkazilgan yil va fermer xo‘jaliklar soni
2012y. 110 ta.
2018y. 98ta.
№
Savollar
Javob
variantlari
Respondent-
larning
Respondent-
larning
86
rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari
13
Chunki yer resurslaridan foydalanish tizimi agrotexnologik, tashkiliy-
iqtisodiy va huquqiy omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro mutanosibligiga
erishish hozirgi davrda ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Tanlangan fermer
xo‘jaliklari, asosan paxta-g‘allachilikka ixtisoslashgan bo‘lib, so‘rovnomada
13
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган.
javoblari
javoblari
soni
%
soni
%
1.
Fermer xo‘jaligingiz yeri bonitet bali
haqida qanday ma’lumotga egasiz?
ha
78
71
75
77
ega emas
32
29
23
23
2.
Yer uchastkangiz unumdorligini
oshirishda qanday tadbirlarni amalga
oshiryapsiz?
agrotexnik
tadbirlar
102
93
65
67
boshqa tadbirlar
8
7
33
33
3.
Tuproq unumdorligini oshirishda sizga
mablag‘lar yetarlimi yoki bu masalada
qanday ko‘mak bo‘lishini maqsadga
muvofiq deb o‘ylaysiz?
mablag‘ yetarli
24
22
34
35
ko‘mak berilishi
kerak
86
78
64
65
4.
Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarish
faoliyatini qanday moliyaviy
ko‘rsatkichlarga asoslanib
rejalashtirasiz?
daromadga qarab
37
34
65
67
boshqa
ko‘rsatkichlar
asosida
73
66
33
33
5.
Fermer xo‘jaligingizni yuritishda
dehqonchilik tizimining ilg‘or
texnologiyalarini qo‘llayapsizmi?
ha
66
60
34
35
yo‘q
44
40
64
65
6.
Fermer xo‘jaligining qishloq xo‘jaligi
tehnikalari bilan ta’minlanganligi
ahvoli qanday?
qoniqarli
46
42
65
67
qoniqarsiz
64
58
33
33
7.
Siz fermer xo‘jaligini yuritishda
tegishli agronomik bilimlarga
egamisiz?
ha
65
59
55
56
yo‘q
45
41
43
44
8.
Yer maydoni o‘lchamining ishlab
chiqarish natijalariga ta’siri haqida
fikringiz?
ta’siri bor
58
53
53
54
ta’siri yo‘q
52
47
45
46
9.
Yer ijarasi shartnomasidagi shartlar
sizni qoniqtiradimi?
qoniqarli
69
63
57
58
qoniqarsiz
41
37
41
42
10.
Yer uchastkasini garovga qo‘yish
haqida qanday fikrdasiz?
zarur
51
46
75
77
zarur emas
59
54
23
23
11.
Fermer xo‘jaligida yer unumdorligini
oshirish qay tarzda rag‘batlantirilishi
lozim?
fermer hisobidan
43
39
39
40
davlat yo‘li bilan
67
61
59
60
12.
Yerning qiymati (bahosi) xaqida
tushunchaga egamisiz?
ega
41
37
43
44
ega emas
69
63
55
56
13.
Yerlar meliorativ holatini yaxshilash
borasida amalga oshirilayotgan
islohotlardan xabardormisiz?
ha
83
75
77
79
yo‘q
27
25
21
21
87
ishtirok etganlarning fikrlari umumiy ko‘rinishda bo‘lsada, respublika bo‘yicha
ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyatini beradi, desak bo‘ladi.
So‘rovnoma o‘tkazish jarayonida diqqatga sazovor xulosa shundan iborat
bo‘ldiki, fermer xo‘jaliklarining yerdan foydalanish to‘g‘risidagi tushunchalari
oshgan, ularning o‘z oldida turgan muammolarni ko‘ra bilish va ularni hal etishda
to‘g‘ri yondashuvlari shakllanmoqda, lekin hali yerdan foydalanish tizimining
iqtisodiy mexanizmini erkinlashtirish taqozo etilmoqda. Masalan, so‘ralganlarning
2012 yilda 37%, 2018 yilda 42% ijara shartlaridan qoniqmaslik, 46% va 77% yer
uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini bank krediti uchun garovga qo‘yish zarurligi
to‘g‘risida fikr bildirishdi.
Yer resurslarining taqsimlanishida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, asosan
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar
bilan bog‘liq bo‘lib, bir tomondan, yer resurslaridan samarali foydalanish uchun
iqtisodiy usullarni keng qo‘llash imkoniyatini kengaytirayotgani holda,
ikkinchidan, yer resurslari tabiiy holatining yomonlashuvi jarayonlarining saqlanib
qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham, yer resurslaridan foydalanish
tizimini
rivojlantirishning
tashkiliy-iqtisodiy,
huquqiy-institutsional
mexanizmlarini
takomillashtirishning
istiqbolda
iqtisodiyotni
barqaror
rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadigan yo‘nalish va omillarini tadqiq etish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Davlat yagona yer fondining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi yer
resurslaridan foydalanish borasidagi uzoq muddatlarga mo‘ljallangan davlat
siyosatini belgilash bilan birgalikda jamiyat faoliyatining turli sohalari, iqtisodiyot
tarmoqlari, fuqarolarning yer resurslariga bo‘lgan ehtiyojini ham belgilaydi. SHu
maqsadda
so‘ngi
yillarda
mamlakatimizda
yer
fondining
tarkibini
optimallashtirish, yer resurslaridan foydalanish va ularni takror ishlab chiqarish
borasida qabul qilingan qarorlarning iqtisodiy asoslanishi, yer uchastkalarini
xususiylashtirish, yer bozorini shakllantirish, kreditlash, yerlarning investitsiya
jarayonlaridagi ishtirokini ta’minlash, yer solig‘i, yer ijarasi haqi hajmining ilmiy
88
asoslangan ko‘rsatkichlarini aniqlash yuzasidan muayyan chora va tadbirlar
belgilandi va amalga oshirildi. Qolaversa, avval ishlab chiqilgan va qabul qilingan
yerdan foydalanishning uzoq muddatli, o‘rta muddatli va qisqa muddatli
prognozlash hujjatlari hududlarni tabiiy-iqtisodiy rayonlashtirish va zonalarga
ajratishni, amalga oshirilayotgan iqtisodiy va yer islohotlarining amaliy
natijalarini, bozor talablariga mos keladigan xo‘jalik yuritishning turli tashkiliy-
huquqiy shakllarining vujudga kelishini, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmalarining rivojlanishini ta’minlashi kerak.
Yer resurslarini (fondini) taqsimlash va qayta taqsimlashni mamlakat
makroiqtisodiyoti, iqtisodiyot tarmoqlari, uning ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish va, eng muhimi, yer
resurslaridan (fondidan) yuqori darajadagi samaradorlikka erishish ehtiyojlari va
talablariga mos tarzda amalga oshirishni taqozo etmoqda. Chunki ushbu jarayonlar
odatda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun katta sarf-xarajatlar bilan amalga
oshiriladigan unumsiz yerlarni o‘zlashtirish, unumdor, ayniqsa sug‘oriladigan
yerlarni esa noqishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun ajratilishi natijasida
o‘zlashtirilgan sug‘oriladigan yerlar juda kam unumdorlik bonitetiga ega bo‘lib
qolmoqda. Yangi o‘zlashtirilgan yerlar sifatini oshirish uchun esa juda ulkan sarf-
xarajatlar kerak bo‘ladi. Shu sababli, yer resurslarini (fondini) iqtisodiyot
tarmoqlariaro, hududlariaro, ijtimoiy sohalararo taqsimlash va qayta taqsimlashda
ularni eng muhim ishlab chiqarish resursi va vositasi, ishlab chiqarish jarayonlari
amalga oshiriladigan makon sifatidagi vazifalarini inobatga olinishi muhimdir.
Pirovardida, yer resurslarini (fondini) iqtisodiyot tarmoqlariaro, hududlariaro,
ijtimoiy sohalararo oqilona taqsimlash va qayta taqsimlash mamlakat yagona yer
fondining tuzilishida o‘z aksini topadi.
Mamlakat yagona yer fondining, umuman yerdan foydalanishning tuzilishi,
uning xarakteri, tarkibi juda muhim ahamiyatga ega. Ayni shuning uchun ham
mazkur muammoga har doim yetarli va lozim darajada e’tibor qaratish, uning
ilmiy va metodologik asoslarini tadqiq qilib borish talab qilinadi. Shunga
89
qaramasdan jamiyat va iqtisodiyotning yerdan foydalanish tuzilishining mohiyati
va roli qoniqarli darajada tadqiq etilmagan, uning tarkibiga kiruvchi turlar va
guruhlarni belgilash tartibi o‘rganilmagan, tarkibni optimallashtirish masalalari
ishlab chiqilmagan, yerdan foydalanish tarkibiga kiruvchi turlar va guruhlardan
foydalanish samaradorligini baholash usullari mavjud emas. Natijada, yerlardan
nooqilona foydalanishga yo‘l qo‘yilyapti, tuproqning sifati, yerdan foydalanish
samaradorligi pasayib ketyapti, yer resurslarini takror ishlab chiqarish davri
buzilishining salbiy oqibatlari kuzatilmoqda.
Tuzilish deyilganda, umuman olganda, ob’ekt yoki tizimning ichki tarkibi
tushuniladi. “Struktura” so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda, ob’ekt qismlarining
tuzilishi, joylashuvi, tartibi degan ma’nolarni bildiradi. Shuningdek struktura
deyilganda, ob’ektning yaxlitligini, ya’ni turli tashqi va ichki o‘zgarishlarda ham
o‘zining asosiy xususiyatlarini saqlab qolishini ta’minlovchi qismlarining barqaror
aloqalari majmuasi tushuniladi. Yerdan foydalanish tizimi tuzilishi murakkab
hodisa bo‘lib, jamiyat va iqtisodiyotning moddiy va boshqa ne’matlarga
ehtiyojining ortib borishi natijasida yer resurslaridan ko‘p yo‘nalishli maqsadlarda
foydalanishi bilan bog‘liq. U jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotining tabiiy, siyosiy-
iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlariga ko‘ra yerdan foydalanish tizimining tarkibiy
qismlari, ularning o‘rni, amalga oshirilish tartibini ifodalaydi. Yerdan ko‘p
yo‘nalishli maqsadlarda foydalanish mazkur tizimning yerdan foydalanishning
xususiyatlari va usullariga ko‘ra tarkibiy qismlarga, ya’ni turlar va guruhlarga
ajratilishining asosiy sababidir. Boshqacha aytganda, yerdan foydalanish
tizimining tarkibiy qismlarga ajratilishi jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotining
qonuniyatlari bilan bog‘liq ob’ektiv zaruratdir. Shu sababli, yerdan foydalanish
tizimini tarkibiy qismlarga ajratish muammosi siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy
mazmunga ega.
Yerdan foydalanish tizimi tuzilishining siyosiy-iqtisodiy ahamiyati jamiyat
va iqtisodiyot rivojlanishi uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan (strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan) aholining moddiy ne’matlarga qtisodiyotning esa, eng
90
zarur xom ashyo resurslariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash orqali namoyon bo‘ladi.
Masalan, yerdan foydalanish tizimining jamiyat uchun birinchi galdagi va eng
zarur vazifasi – aholini oziq-ovqat va boshqa moddiy ne’matlar bilan uzluksiz va
barqaror ta’minlanishdir. Misol uchun, Mustaqil O‘zbekistonning eng birinchi
strategik vazifasi bo‘lgan mamlakatning don va don mahsulotlari mustaqilligini
ta’minlash, mamlakat yerdan foydalanish tizimi oldiga qo‘yilgan maqsadi qishloq
xo‘jaligida yerdan foydalanish tizimining tarkibiga ta’sir ko‘rsatib, uning siyosiy-
iqtisodiy mazmunini yanada kuchaytirdi. Hozirgi vaqtda mamlakat ehtiyojlarini
don va don mahsulotlari bilan ta’minlash muammosi hal etilgan: respublikada don
ishlab chiqarish yiliga 7,0 mln. tonnadan ortiqni tashkil etadi. Shu bilan bir vaqtda,
O‘zbekiston Respublikasi paxta xom ashyosini ishlab chiqarishning yirik bazasi
bo‘lib qolishi bilan birga “paxta monopoliyasi” tugatilib, yer resurslaridan
foydalanishni diversifikatsiya qilish orqali yerlarning eng muhim resurs sifatidagi
funksiyalarini yanada kuchaytirish strategiyasi ishlab chiqildi va amalga
oshirilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, mamlakat yerdan foydalanish tizimining
umumiy tarkibi, jumladan, qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanish tizimi tarkibining
o‘zgarishlariga olib keldi. Natijada avvalgiday respublika valyuta tushumlarining
deyarli yarmini paxta tolasini eksport qilish hisobidan emas, balki tashqi
bozorlarda real talabga ega eksportbop va raqobatdosh qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarish asosida yerlardan foydalanish yo‘nalishlarini
diversifikatsiya qilish hisobidan valyuta tushumlarining ko‘payishi kuzatilmoqda,
bu esa, muhim ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni samarali hal etilishiga imkon
beradi. Masalan, 1989 yilda mamlakat Prezidentining “Tomorqa yerlari hajmining
ko‘paytirilishi to‘g‘risida”gi Farmonining amalga oshirilishi respublika aholisi
uchun ulkan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi, va yerdan
foydalanish tizimi tarkibida ham tegishli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yuqorida
aytilganlar yerdan foydalanish tizimi tarkibining siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy
mohiyatini ochib beruvchi barcha dalillarni qamrab ololmaydi, biroq uni yetarli
darajada tasdiqlay oladi.
91
Yerdan foydalanish tizimining tuzilishi mahsulotni takror ishlab chiqarish,
yer resurslarini takror ishlab chiqarish davrlari, yerlardan oqilona va samarali
foydalanish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq, ya’ni iqtisodiyot, mahsulot
ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishning raqamlardagi o‘lchovi
va xilma-xilligi yerdan foydalanish tizimining tarkibini, undagi tur va guruhlarning
ishtiroki darajasini ifodalaydi va aksincha. Boshqacha aytganda yerdan foydalanish
tizimi tuzilishi muayyan davr va sharoitning maqsad va vazifalari, yuzaga kelgan
vaziyatning xususiyatlariga qarab o‘zgarib turishi nafaqat u yoki bu turdagi
mahsulotning miqdoriy o‘lchovini, balki iqtisodiyot, yaratilayotgan mahsulotning
nisbatini ham o‘zgartiradi, bu holat iqtisodiyot, jamiyat taraqqiyotida muhim
ahamiyatga egadir. Yerdan foydalanish tizimining tuzilishi yer resurslarini takror
ishlab chiqarish davrida muhim rol o‘ynaydi, chunki yerdan foydalanish
xususiyatlari va usullari, yerdan ishlab chiqarish va noishlab chiqarishda
foydalanilishi, yerdan foydalanish intensivlik darajasi, tuproq unumdorligini takror
ishlab chiqarish va boshqalar yerdan foydalanish tizimining tuzilishi bilan o‘zaro
bog‘liqlikda bo‘ladi. Va, nihoyat, yerdan foydalanish tizimining tuzilishi bilan
yerdan oqilona va samarali foydalanishning o‘zaro bog‘liqligi mazmun-mohiyati
shundan iboratki, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish borasidagi
barcha ishlanmalar, loyihalar, dasturlar yerdan foydalanish tuzilishi xususiyatlariga
va xarakteriga bog‘liq holda amalga oshiriladi, ya’ni yerdan foydalanish tizimining
tuzilishi yerdan oqilona va samarali foydalanish shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Mamlakat yerdan foydalanish tizimi tuzilishi jihatidan davlat yagona yer
fondi kategoriyalariga muvofiq ravishda turlarga bo‘linadi (5.1-rasm).
“Kategoriya” atamasi ma’lum bir xususiyatlariga ko‘ra predmetlar, hodisalar
guruhining umumlashmasini anglatadi. Yerlar kategoriyasi deyilganida, yer
maydonlarining o‘ziga xos umumiy belgilariga va xususiyatlariga ko‘ra
birlashtirilgan yig‘indisidir. Davlat yagona yer fondi kategoriyalari yer
maydonlarining (yoki ayrim qismlarining) jamlanmasidir, unga mazkur
kategoriyalarni ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa eng muhim ahamiyatlilik
92
darajasidan kelib chiqqan holda muayyan maqsadga yo‘naltirilib, ularning amalga
qilishlari uchun zarur va o‘ziga xos shart-sharoitlarning yaratilishi birlashtiradi.
Yerdan foydalanish tizimining (davlat yagona yer fondining) 8 ta
kategoriyasi (turi) farqlanadi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;
aholi punktlarining yerlari;
sanoat, transport,aloqa, mudofaa va oshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
93
Mamlakatning yerdan
foydalanish turlari
O’rmon xo’jaligida
yerdan foydalanish
Suv xo’jaligida
yerdan foydalanish
Tabiat
yodgorliklarini
saqlashda
yerdan
foydalanish
Tabiatni muhofaza
qilishda
yerdan
foydalanish
Sanoatda yerdan
foydalanish
Aholi punktlarida
yerdan foydalanish
Qishloq xo’jaligida
yerdan foydalanish
Su
g’
or
ilad
ig
an
Qo
’r
iq
xo
nalar
lalm
ik
o
r
S
h
a
h
a
r
p
o
s
y
o
lk
a
lar
i
s
h
ah
ar
lar
Qis
h
lo
q
p
o
sy
o
lk
alar
i
san
o
at
tr
an
sp
o
rt
alo
q
a
Bosh
qa
m
aq
sad
lar
ga
x
av
fs
izlik
za
k
az
n
ik
lar
Mil
liy
b
og
’lar
tab
iat
rek
rea
ts
io
n
tar
ix
iy
m
aish
iy
O’
rm
on
x
o’
jalig
i
O’
rm
on
k
o’
ch
atlar
in
i
y
etis
h
tirish
y
ay
lo
v
lar
san
o
at
Qio
sh
lo
q
xo
’jalig
i
Do'stlaringiz bilan baham: |