So‘ngi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga solishga



Download 5,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/76
Sana01.06.2022
Hajmi5,06 Mb.
#624677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
Bog'liq
Davronbek

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.1-sxema. Yer resurslaridan foydalanish tizimi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmida yerning 
ko‘p funksionallik xarakterini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
6
6
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган. 
Differensi
al renta 
-I 
Differensi
al renta 
-II
Absolyut 
renta
Monopol 
renta
1 ga yer 
maydoninig 
hosildorligi 
1 ga 
olinadigan 
daromad 
1 ga 
olinadigan 
foyda 
2. iqtisodiy resurs-kapital 
4. Хo’jalik yuritish 
ob’ekti 
Bevosita
Bilvosita
Differensial renta 
Yerning tabiiy 
unumdorligio 
sifati 
Yerning 
joylashishi 
Qo’shimcha 
investitsiya va 
kapital 
Qat’iy o’ta 
yomon 
yerlardan 
daromad 
O’ta noyob mahsulotlar 
yetishtiriladigan yerlar 
Yerdan foydalanish iqtisodiy mexanizmining shakllari 
Ko’chmas mulk 
tarkibida yerning 
ulushi 
Natural miqdori 
kapitallashuvi
Yalpi mahsulotda 
yerning ulushi 
Gumuslilik 
darajasi
Tuproqning 
mexanik 
tarkibi 
Sho’rlanish 
darajasi 
Eroziyaga 
uchraganlik 
darajasi
Yer 
uchastkasininh 
suv bilan 
ta’minlanishi 
1. Tabiiy resurs 
Yalpi 
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
uchun yer 
miqdori 
Bir yillik 
daromad olish 
uchun yer 
miqdori 
Bir yillik hosil 
miqdori uchun yer 
miqdori
Mahsulot yer 
sig’imi 
Yer qiymati 
Yerning
 
3. ko’chmas mulk ob’ekti 
YR 
Yer 
uchastkasining 
relefi 


45 
ko‘pchilik hollarda uning natijasini belgilaydi. Boshqa tarmoq va sohalarda yer va 
uning unumdorligi bunday tavsifga ega bo‘lmasada, u xo‘jalik yuritishda muhim 
ishlab chiqarish vositasi bo‘libgina qolmasdan, balki ishonchli aktiv va kapital ham 
hisoblanadi. Shuning uchun ham yer jahon amaliyotida “asosiy kapital” 
tushunchasiga kiritiladi va uning moddiy va ma’naviy jihatdan eskirish 
xususiyatiga ega bo‘lmasligi uni “tabiiy resurs”, “ko‘chmas mulk ob’ekti” va 
“xo‘jalik yuritish ob’ekti” sifatidan ham ko‘ra ko‘proq “iqtisodiy resurs-kapital” 
sifatida tadqiq etishga e’tibor beriladi. Bunday yondashuv esa, birinchidan, yer 
resurslaridan foydalanish tizimi va uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlariga oid 
ilmiy qarashlarning shakllanishiga, ikkinchidan, yer resurslaridan foydalanish 
jarayoniga ta’sirchan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm usullarini qo‘llash orqali yer 
resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantiruvchi uslublarni
 
joriy qilishga va, 
uchinchidan, yer egasi va yerdan foydalanuvchilarning manfaatlari doirasini ilmiy 
asoslangan holda aniqlash imkonini beradi.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, nazariy jihatdan, avvalo yerni ko‘p
funksional ob’ekt sifatida ifodalovchi “tabiiy resurs”, “iqtisodiy resurs-kapital”, 
“ko‘chmas mulk ob’ekti” va “xo‘jalik yuritish ob’ekti” tushunchalarining o‘ziga 
xos xususiyatlarini to‘g‘ri talqin qilish va ular orasidagi farq va chegarani aniq 
belgilab olgandan so‘nggina yerlarni soliqqa tortish, ularni kredit uchun garov 
ta’minoti sifatida baholash, yer uchastkalarini xususiylashtirish va boshqa iqtisodiy 
jarayonlarni tartibga solish haqida gapirish mumkin. 
Ma’lumotlarni tahlil qilish yer kurrasining umumiy maydoni, ya’ni sathi 
510 mln km
2
yoki 51 mlrd gektarni tashkil etishini ko‘rsatadi. SHundan 134 mln 
km
2
yoki 13,4 mlrd gektari yer fondidir. U qit’alar bo‘yicha quyidagicha 
taqsimlangan: jumladan Osiyo qit’asida 33,1 foiz, Yevropada – 8,0 foiz, Afrikada 
– 22,5 foiz, Amerikada (shimoliy va janubiy) – 30,1 foiz va nihoyat Avstraliya 
hamda Okeaniyada – 6,3 foiz. O‘zbekistonning yer fondi 2019 yilning 1 yanvariga 
ko‘ra 44896,8 ming gektarni tashkil etadi. Jahonning hamda O‘zbekiston 
Respublikasining yer fondini amaliy jihatdan bir gektarga ham ko‘paytirish imkoni 


46 
yo‘q. Shuning uchun ham yer fondi iqtisodiyotda miqdor va sifat jihatidan 
cheklangan resurslar tarkibiga kiritilgan. Lekin ushbu resurslarga jahondagi kabi 
O‘zbekistonda ham ehtiyoj va talab yil sayin oshib bormoqda. Bunga eng asosiy 
sabab, birinchidan, aholi sonining tobora o‘sib borishi bo‘lsa, ikkinchidan, 
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning yer resurslariga bo‘lgan 
ehtiyojlarining to‘xtovsiz oshib borishidir. Eng muhimi, urbanizatsiya va ekologik 
jarayonlarning yer fondi holatiga salbiy ta’siri natijasida yer resurslarining 
degradatsiyalashuvi oqibatida foydalanish uchun iqtisodiy jihatdan qulay 
yerlarning kamayib borishi yer fondining cheklanganligini yanada keskinlashtirib 
yubormoqda. Ayniqsa, aholi sonining ko‘payishi natijasida uning barcha turdagi 
(uy-joy, korxonalar) qurilishlari uchun ma’lum miqdordagi yer ajratilishi oqibatida 
foydalaniladigan yer maydoni kamayib boradi. Bunday holat, qolgan yerlardan 
samarali va to‘liq foydalanishni taqozo etadi. Jahonning ayrim qit’a va 
mintaqalarida ushbu holat nihoyatda dolzarb muammoga aylanmoqda. Mazkur 
muammoning yanada dolzarb bo‘lishiga ko‘plab omillar singari aholining 
joylashishi katta ta’sir qilmoqda. Masalan, jahon aholisining 60,55 % Osiyo 
qit’asida, 11,15 % Yevropada, 13,73 % Afrikada, 13,76 % Amerika qit’asida va 
0,81 % Avstraliya va Okeaniyada joylashgan. Bugungi kunga kelib esa jahon 
aholisi 8,0 milliardga yaqinlashib qoldi
7

Yer yuzida hayot paydo bo‘lgandan beri yer insoniyatning yashash va 
faoliyat yuritish makoni bo‘lib kelmoqda, hech bir jamiyat yerdan foydalanmasdan 
mavjud bo‘lolmaydi. Ibtidoiy jamoa tuzumining ilk davrida odam yerda o‘suvchi 
o‘simliklarning mevalarini iste’mol qildi, g‘orlarni uy-joy qurilishi uchun 
moslashtirdi va h.k. Jamiyatning o‘sha davridagi rivojlanishida yer inson hayoti va 
faoliyatida passiv rol o‘ynadi. Dehqonchilikning chorvadorlikdan ajralishi va 
dehqonchilik madaniyatining rivojlanishi oqibatida, yer inson xo‘jalik faoliyati
jarayoniga kiritildi. Yer har qanday ishlab chiqarishning asosiy sharti bo‘lib qoldi, 
yer qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bularning barchasi 
7
Darakchi. 19.08.2010. 8-bet 


47 
jamiyatda yerga egalik qilish, foydalanish borasida vujudga kelayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalar va munosabatlarda yerning rolini oshirdi.
Ekologik vaziyatning keskinlashuvi sharoitida yerning ekologik holatini 
muhofaza qilish, jamiyat va tabiatning uyg‘un rivojlantirish zarurati yerdan 
foydalanishning muhim jihatlaridan bo‘lib qoldi. Bozor munosabatlarining 
rivojlanishi natijasida yerdan foydalanish bozor xususiyatlarini kasb etmoqda, yer 
tovar-pul munosabatlariga kiritilmoqda, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar va 
munosabatlarda yerning roli ortib bormoqda. Bu esa yerdan foydalanishning har 
qanday jamiyat taraqqiy etishi uchun ob’ektiv, zaruriy sharti sifatida namoyon 
etadi. 
Jamiyat va iqtisodiyotning taraqqiy etishi bilan yerdan foydalanishning 
xilma-xil shakllari vujudga keladi, yerdan foydalanishning maqsad va vazifalari 
yanada kengayadi. Yerdan foydalanish takomillashtirilmoqda, bu holat yerdan 
foydalanish jarayonining muntazam rivojlanib boruvchi dialektik mohiyatini 
belgilab beradi. Yerdan ko‘p yo‘nalishli maqsadlarda foydalanish O‘zbekistonning 
yagona davlat yer fondi tarkibida o‘z aksini topdi, unda mazkur belgilariga qarab 
yer 8 ta toifaga ajratilgan. Yerdan foydalanish maqsadlari toifalarining mayda 
detallarini bayon etish bilan birgalikda, yerning o‘zi ham maqsadlar tarkibiga ko‘ra 
ma’lum bir kategoriyalarga tasniflangan. 
Jamiyat va iqtisodiyot taraqqiyotida yerning roli va undan foydalanish 
xususiyatlari iqtisodiy nazariya klassiklari tomonidan to‘liq o‘rganilib, asarlarda 
yoritib berilgan. Yerdan foydalanish xususiyatlari tashqi jihatdan uning 
jamiyatdagi ishlab chiqarish, fiskal, bozor, ijtimoiy, rekreatsion-sog‘lomlashtirish, 
tabiatni muhofaza qilish kabi ko‘p qirrali roli vositasida namoyon bo‘ladi. Yer 
aholining joylashadigan va insonning hayotiy faoliyati amalga oshiriladigan joy, 
ishlab chiqarish vositasi, yer osti boyliklari, hayvonot va o‘simliklar dunyosi 
rivojlanishi uchun tabiiy asos sifatida namoyon bo‘ladi. SHuning uchun yerdan 
foydalanish, avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatga ega. Yerdan rekreatsion va 
sog‘lomlashtirish maqsadida foydalanish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonga rekreatsion-


48 
sog‘lomlashtirish mazmunini berdi, yerdan foydalanish jarayonida tabiat 
muhofazasi talablarini ham inobatga olish ehtiyoji vujudga keldi.
Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida yerdan foydalanish bozor 
xususiyatlarini kasb etdi, bu esa, yerning jamiyat va iqtisodiyotda ijtimoiy-
iqtisodiy aloqalar va munosabatlarning muhim ob’ekti sifatidagi rolini yanada 
kuchaytirdi. O‘z navbatida, jamiyat va iqtisodiyotning taraqqiy etib borishi bilan 
yerdan ko‘p yo‘nalishli maqsadlarda foydalanish talablari murakkablashib 
bormoqda, yerdan foydalanish shakllari va xususiyatlari o‘zgarib bormoqda, bu 
holatlar yerning dialektik, muntazam o‘zgaruvchan xususiyatini belgilab beradi. 
Jamiyatda yerning faoliyat shakllariga quyidagilar kiradi: qishloq va o‘rmon 
xo‘jaligida – asosiy ishlab chiqarish vositasi; qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan 
moddiy ishlab chiqarish, transport, savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida – 
ishlab chiqarish vositasi; ijtimoiy va rekreatsion sohalarda – jarayonlar uchun 
amaliyot bajarish makoni; yer bozori yoki yerga ijara huquqi mavjud bo‘lgan 
bozor iqtisodiyoti sharoitida – tovar. 
Yerdan foydalanish moddiy ishlab chiqarish omili sifatida, iqtisodiyotning 
turli tarmoqlarida ishlab chiqarish iste’moli muammosiga bag‘ishlangan ko‘plab 
tadqiqotlar bo‘lishiga qaramay, qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ishlab 
chiqarishda yerdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmi yetarli darajada 
o‘rganilmagan. Mazkur yerlarning qiymat ko‘rinishida baholash uslublari ishlab 
chiqilmagan va amalga oshirilmagan, ishlab chiqarishning eng muhim omillaridan 
biri sifatida yerning ishlab chiqarish daromadidagi ulushi miqdori, yer maydonini 
ijaraga olish huquqi qiymati belgilanmagan, yer solig‘ining ilmiy asoslangan 
miqdori va boshqalar mavjud emas. Jamiyat tomonidan yerning ijtimoiy va 
rekreatsion maqsadlarda foydalanish jihatlari esa, umuman o‘rganilmagan. 
Ma’lum bir ilmiy adabiyotlarda yer amaliyot bajariladigan makon sifatida 
foydalanish fakti qayd etilsa-da, yerning ijtimoiy va rekreatsion samaradorligini 
aniqlash va baholash, jamiyat tomonidan yerdan foydalanish samaradorligini 


49 
baholash borasida izchil o‘rganilgan chuqur tadqiqotlar mavjud emas. Yerdan 
foydalanishning ekologik jihatlari ham yetarli darajada o‘rganilgan emas. 
Mamlakat iqtisodiyotining, jumladan yerdan foydalanishning bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishi bilan mazkur muammolar naqadar dolzarb ekanligi ma’lum 
bo‘ldi. 
Jamiyat va iqtisodiyotda yerdan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
(ijtimoiy, rekreatsion, tabiatni muhofaza qilish)da resurs sifatida foydalaniladi. Shu 
sababli, yerdan foydalanish usullarini o‘rganishda uning ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarishda iste’moli nazarda tutilishi kerak, bu esa yerdan 
foydalanishning ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi ahamiyatini belgilash 
imkonini 
beradi. 
Birinchisi, 
odatda, 
yerdan 
foydalanishning 
iqtisodiy 
samaradorligiga erishish bilan bog‘liq, ikkinchisi – asosan, ijtimoiy va rekreatsion 
sohalarga taalluqli. Birinchisiga agroxo‘jalik va ishlab chiqarish usullarini kiritish 
kerak. Agroxo‘jalik uslubi yerning ustki qismi (tuproq)ni haydash va qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun kerakli texnologik amaliyotlarning 
bajarilishini ko‘zda tutadi. Bu o‘rinda yer – asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligida yerdan foydalanish qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlaridan hosil va yog‘och olish, ya’ni iqtisodiy samara olish, 
demakki, yerdan foydalanish daromad olish bilan bog‘liq. Shu bilan bir qatorda, 
yerdan har yili foydalanish uning hosildorligining kamayishiga, unga ishlov berish 
esa tuproqning mexanik tarkibi, suv va havo almashinuvi tartibining o‘zgarishiga, 
ya’ni ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladi. Qishloq va o‘rmon 
xo‘jaligida yerdan foydalanish iqtisodiy samara bilan birga, ekologik samara ham 
beradi, bunda samaraning ikkala ko‘rinishi ham ijobiy, ham salbiy bo‘lishi 
mumkin. Bundan tashqari, agroxo‘jalik uslubini ikki xil turga ajaratish mumkin: 1) 
yerga ishlov berishning ma’lum bir texnologiyalari bilan bog‘liq (qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini ekish, ko‘p yillik daraxtlarni o‘tqazish); 2) yerga ishlov bermasdan 
(yaylovlarni oborotga kiritish) yaylovlardan foydalanish. 


50 
Sanoat ishlab chiqarishi uslubi yer maydonlaridan o‘z faoliyatlari davomida 
sanoat, transport, xizmat ko‘rsatish, savdo sohasi ob’ektlarini joylashtirish makoni 
sifatida foydalanishlari bilan bog‘liq. Ob’ektlarning yerdan foydalanmasdan 
faoliyat jarayonlarini amalga oshirishi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishi mumkin 
emas. Bu o‘rinda yer ishlab chiqarishning zarur sharti, ishlab chiqarish omili 
sifatida namoyon bo‘ladi. Yerdan ikkala usulda foydalanish natijasi – mahsulot 
ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish (iqtisodiy samara, shu jumladan 
pulli xizmatlar)dir. Zavod va fabrikalar, energetika va boshqa sanoat ob’ektlari 
qurilishi yer maydonlarini ishlab chiqarish korpuslari, maxsus uskunalar, injenerlik 
tarmoqlari, o‘tish yo‘llari va hokazolarni joylashtirilishi uchun loyiha asosida 
moslashtirish bilan bog‘liq. Qurilish yerning ustki qismining buzilishiga olib 
keladi, qurilish paytida tuproq qatlamini boshqa bir joyda yig‘ish yoki qishloq 
xo‘jaligida ishlatish maqsadida boshqa joyga ko‘chirish, mahalliy qurilish 
matyeriallaridan foydalanish uchun karerlar qazish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Transport ob’ektlarida yer maydonlarini qurilishga tayyorlash avtomobil yo‘llari, 
temir yo‘l polotnolarini, metropoliten qurilishi va ekspluatatsiyasi esa, tuproqni 
qazib chiqarish orqali tunnellarni vujudga keltirishdan iborat. 
Kon qazib chiqarish sanoatida foydali qazilmalar “omborxonasi” bo‘lgan yer 
ishlab chiqarish vositasi rolida namoyon bo‘ladi. Mazkur sanoatda yerdan 
foydalanishning iqtisodiy samarasi qazib olingan qazilma boyliklarning (ichki yoki 
tashqi) bozordagi narxi, ularni ishlab chiqishdagi sarf-xarajatlari va rekultivatsiya 
kabi omillar bilan bog‘liq. O‘z navbatida, foydali qazilmalarni ishlab chiqarish 
sarf-xarajatlari ularning joylashuv (chuqurlik) darajasi, shuningdek ulush hajmiga 
(yer maydoni birligida) ham bog‘liq bo‘ladi. Agar foydali qazilmalarning narxi 
yerdan foydalanish samarasining aktiv tarkibiga kiritilsa, ularni ishlab chiqarish 
sarf-xarajatlari passiv tarkibiga kiritiladi. Shu o‘rinda ishlab chiqarish vositasi 
sifatida yerning ham daromad ulushini aniqlash talab etiladi, bu esa mazkur sohada 
yerdan maqsadli foydalanishning daromadini baholash usulidan foydalanish 
imkonini beradi.


51 
Sanoat va transport ob’ektlari, ko‘pincha, ularni me’yorida ekspluatatsiya 
qilish uchun taqiqlangan, qo‘riqlanadigan, sanitar-himoya, qirg‘oq-qo‘riqlash kabi 
zonalarning yaratilishini talab etadi.
Yerdan foydalanishning noishlab chiqarish usullari yerdan faqat joylashish 
makoni sifatida foydalanishda qo‘llanadi va iqtisodiy mahsulot olish bilan bog‘liq 
bo‘lmaydi. Yerdan bunday foydalanish ijtimoiy sohalarda uchraydi va, asosan, 
ijtimoiy samara olishdan iborat bo‘ladi. Rekreatsion sohada yerdan foydalanish 
xususiyati ommaviy dam olish zonalari (plyajlar, sun’iy ko‘llar, sayilgohlar, qayiq 
stansiyalari va h.k.)ni tashkil etishga moslashtirilishida aks etadi. Yer bunday 
usulda rekreatsion va tabiatni muhofaza qilish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy sohada yer maydonlaridan uy-joy qurilishi va ijtimoiy maqsaddagi 
ob’ektlarni joylashtirish uchun foydalaniladi. Bunda yer amaliyotlarni bajarish 
uchun makon vositasida namoyon bo‘ladi, undan foydalanish ob’ektlar (binolar)ni 
qurish va ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq. Sog‘lomlashtirish maqsadida 
yerlardan foydalanishga kelsak, mazkur holatda yerning tabiiy xususiyatlari 
(shifobaxsh loylar, mineral suvlar, iqlim sharoitlari)dan foydalaniladi. Yerdan 
bunday usulda foydalanish rekreatsion (sog‘lomlashtirish) samara beradi. 
Tabiatni muhofaza qilish sohasi (qo‘riqxonalar, zakazniklar) uchun yerga 
texnogen ta’sirlardan holi, o‘simlik va hayvonat olamining “tabiiy” foydalanishiga 
xosdir. Yerdan bunday usulda foydalanishning ekologik natijasi o‘laroq, o‘simlik 
va hayvonot dunyosining saqlanib qolinishidir. Yerdan foydalanishning sanoat 
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish usullari hozirgi vaqtda yetarli darajada 
o‘rganilgan emas. Ko‘rib chiqilgan usullarning barchasi uchun yerdan 
foydalanishning ekstensiv va intensiv shakllari xosdir.
Iqtisodiy foyda olish (iqtisodiy samara) nuqtai nazaridan yerning erkin bozor 
sharoitida yerdan foydaldanishning usullaridan biri sifatida – kommersiya (tijorat) 
uslubi ajralib turadi. Yer maydonlarining oldi-sotdisi kelishuvda ishtirok etayotgan 
taraflarning ma’lum bir iqtisodiy foyda olishi, shunigdek yer maydonlari 
(ko‘chmas mulk ob’ektlari)ga egalik huquqini ro‘yxatga olish uchun to‘lovlarni 


52 
amalga oshirish bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birga, mazkur usul yerga texnik-
texnologik ta’sir ko‘rsatishdan holi, yerdan foydalanishning “vaqtinchalik, o‘tib 
ketuvchi” turi sifatida qarash to‘g‘riroq bo‘ladi, zero u qisqa muddatli xususiyatga, 
ya’ni yer maydoni oldi-sotdisi davridagina mavjud bo‘ladi. Yerning yangi 
egasining yerdan keyingi foydalanishi (yangi oldi-sotdi amalga oshgunga qadar) 
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan usullardan biri bo‘ladi. 
Yerdan tabiiy resurs sifatida foydalanish uning asosiy xususiyatlari bilan 
bog‘liq. Jamiyat faoliyatining turli sohalarida foydalanadigan yer boshqa ishlab 
chiqarish vositalariga o‘xshamaydigan, faqat o‘ziga xos xususiyatlarga ega. 
Maxsus adabiyotlarda, ko‘pincha, yerning quyidagi xususiyatlari keltiriladi
8

1.
Ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanadigan yer tabiiy tarixiy jism 
bo‘lib, ishlab chiqarishning boshqa vositalari inson mehnati natijasi bo‘lgani holda, 
yer – tabiat mahsulidir. 
2.
Ishlab chiqarish jarayonida yer boshqa joyga ko‘chmaydi, uning joylashgan 
o‘rni o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Undan farqli ravishda, ishlab chiqarishning ko‘pgina 
vositalarini transportirovka qilinadi va zarurat tug‘ilganida, makonda o‘z o‘rnini 
o‘zgartira oladi. Shu sababli, yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida imkon qadar 
to‘liq va oqilona foydalanish maqsadida korxona hududini shakllantirishda ishlab 
chiqarishning barcha elementlarining to‘g‘ri joylashuvini nazarda tutish kerak 
bo‘ladi. 
3.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalarining barchasining 
moddiy va ma’naviy eskirishi yuz beradi. Buning natijasida, ulardan foydalanish 
samarasi pasayadi yoki butkul yo‘qoladi va ishlab chiqarish sohasidan soqit 
bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy 
vositasi sifatida yer undan to‘g‘ri foydalanilganida, nafaqat emiriladi, aksincha, 
yaxshilanib boradi – uning unumdorligi ortadi. 
4.
Yerning ustki qatlami tabiiy tarixiy jism bo‘lib, yer sharining quruqlik qismi 
cheklangan va miqdori o‘zgarmasdir. Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida 
8
Удачин С.А. Научные основы землеустройства. – М.: Колос, 1965; Ушаков Д.Н. Большой толковый 
словарь современного русского языка. – М.: “Альта-Принт”, ООО Издательство “Дом XXI век” , 2008.- YIII. 


53 
boshqa turdagi ishlab chiqarish vositasi bilan umuman almashtirib bo‘lmaydi. Shu 
bilan bir paytda, ishlab chiqarishning boshqa vositalari ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanish jarayonida uzluksiz miqdoriy o‘zgarishi va zarurat 
tug‘ilganida, biri boshqasi bilan almashtirilishi mumkin. 
5.
Yer – planetadagi barcha mavjudot, jumladan insonning ishlab chiqarish 
vositasi sifatidagi faoliyatni ta’minlovchi barcha tabiiy resurslar va iqtisodiy muhit 
elementlarining saqlanib qolish asosidir. 
6.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonida yer va ishlab chiqarishning 
boshqa vositalari bo‘lgan irrigatsion kanallar, yo‘llar, kollektor-drenaj tarmoqlari, 
gidrotexnik va dala inshootlari chambarchas bog‘liqdir. 
7.
Qishloq xo‘jaligida yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalanish 
boshqa tabiiy omillar (elektr nuri, suv, havo, issiqlik) bilan kompleks ravishda 
amalga oshiriladi. Yerning bunday xususiyati texnologiyalarning hududlarga 
moslashtirilishi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini to‘g‘ri joylashtirilishi, alohida 
region, rayon, korxonalarning ixtisoslashtirilishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
8.
Ishlab chiqarishning barcha vositalari mehnat taqsimoti jarayoniga zamin 
hozirlaydi, yerdan ratsional foydalanish esa, qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab 
ekish, tarmoqlarning uyg‘unlashtirishni talab etadi. Yerning ushbu xususiyati tor 
sohalarga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligini shakllantirishda muhim ahamiyatga 
ega. 
9.
Ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida yerdan faqat vegetatsion davrda 
foydalaniladi, ishlab chiqarishning boshqa vositalaridan esa yil bo‘yi, uzilishlarsiz 
foydalaniladi. 
10.
Yerni tabiiy resurs sifatida bozor munosabatlariga jalb etilishi unga tovarlik 
xususiyatini beradi, yerning ushbu xususiyatini bozor narxini belgilashda va yer 
bilan bog‘liq amaliyotlarni bajarishda inobatga olish kerak. 
YUqorida sanab o‘tilgan yer xususiyatlari undan ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarishda foydalanishning umumiy shartlari sifatida yer resurslaridan barqaror 
foydalanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. 


54 

Download 5,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish