235-yilda navbatdagi imperator Aleksandr Sever o‘ldirilishi bilan hokimiyat uchun turli da’vogarlar o'rtasida kurash boshlanib, bu siyosiy tushkunlik yarim asr davom etdi. Oddiy jangchilar ichida ham imperatorlikka da’vogarlar chiqdi. Jangchi imperatorlar bir- birlarini tez-tez almashtirdilar. Odatda, ularning barchasi o‘ldirilar edi. 284-yil kuzida tarixda Diokletian nomi bilan kirgan illiiiyalik 39-yoshli Diokl (284—305-yillar) imperator deb e’lon qilindi. Diokletianning hukmronligi boshlanishi bilan so'ngi Rim imperiyasining davri yoki Dominât (284—476-yillar) davri boshlandi. Ozod qo'yilgan qulning o‘g‘li tegishli ma’lumot olmagan, lekin aqlli va shafqatsiz bo'lgan imperator Gay Avreliy Valeriy Diokletian hukmronligi vaqtida «Dominât» (latincha Dominus «janob», «xo'jayin») nomini oigan siyosiy tizimning asoslari yaratildi. Diokletian davrida imperator hokimiyati mutlaq, cheklanmagan xususiyatga ega bo‘ldi; imperator-»xo‘jayin va xudo»-beso‘naqay harbiy byurokratik boshqaruv mashinasini boshqardi. Imperator o‘z fuqarolari hayoti va mulkiga egalik qildi. Prinsipat davridan qolgan respublika muassasalari endilikda tugatildi. Senat bor yo‘g‘i Rim shahar kengashiga aylandi. Saroyda sharq an’analari kiritildi.