5. Qonuniy vakil quyidagi huquqlarga ega: tarbiyalanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarinihximoya qilish;
DMTTning ustavi bilan tanishish;
DMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, mashg‘ulotlar va h.k.), mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;
DMTT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
DMTT Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash va uning a’zosi bo‘lib saylanish;
DMTTda tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya berish uchun zarur sharoitlar yaratilishini va uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;
o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchini DMTTdan olib ketish;
DMTT rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish;
Qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
6. Qonuniy vakilning majburiyatlari: mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
ota-ona to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish;
xodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT rahbariyati va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish;
DMTTga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog‘ligi haqidagi tibbiy hulosa va qonuniy vakili haqidagi ma’lumotlarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;
tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda, zudlik bilan DMTT ma’muriyati va tibbiyot xodimiga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy ma’lumotnomani taqdim etish;
tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatni DMTTga taqdim etish;
tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha kelmagan kunlari uchun DMTT rahbariyatiga ariza taqdim etish;
DMTTning barcha xodimlariga, boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini kuzatib borish, uni DMTTga toza va ozoda kiyingan holda olib kelish;
tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarini nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirmaslik;
DMTTga tarbiyalanuvchini har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshka texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu hollarda DMTT ma’muriyati ularning saqlanishiga javobgar bulmaydi;
yashash joyi yoki telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda DMTTning tegishli guruh tarbiyachisiga va rahbariyatiga bu haqida xabar berish;
bolani DMTTdan olib ketishni voyaga etmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;
ertalab bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish.
Qonuniy vakilnning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
IV. TO‘LOV TARTIBI 7. Tarbiyalanuvchining DMTTda bo‘lgan davri uchun bir oylik to‘lovi ________________ so‘m.
Agarda qonuniy vakilning bir nafardan ortiq bolalari DMTTga qatnagan taqdirda to‘lovlar _________________ so‘mni tashkil etadi.
Bunda: bir oilada bir nafardan ortiq bolalar turli DMTTlarga qatnasa, qonuniy vakil tegishli ravishda bir DMTTdan boshqasiga farzandlarining boshqa DMTTga qatnashi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda oila a’zolari haqidagi fukarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasini taqdim etishlari lozim.
8. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq o‘zgargan taqdirda bu haqida DMTT ma’muriyati tomonidan qonuniy vakilga ma’lum qilinadi hamda shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tuziladi.
9. DMTTdagi tarbiyalanuvchi uchun ota-ona to‘lovi har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalarni saqlash uchun to‘lovlar esa bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda DMTTga qatnaydigan kunlarga mutanosib ravishda to‘lanadi.
10. Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek, qonuniy vakil ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola DMTTga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘upaytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi.
Bolaning yoki uning oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli bolaning DMTTga kelmaganligi tegishli davolanish profilaktika muassasasi yoki uchastka shifokori tomonidan beriladigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi shart.
Tarbiyalanuvchi DMTTga kelmasligiga qonuniy vakilning uzrli sababi ko‘rsatilgan holda DMTT rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi tarbiyalanuvchining joyi to‘lovsiz saqlanib turishiga asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha DMTTga kelmasligiga ruxsat beriladi.
Bolaning uyda qolgan boshqa barcha holatlarda qonuniy vakil tomonidan to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi.
11. Ota-ona to‘lovi ikki hafta davomida o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun oyning 15 kunidan boshlab qonuniy vakil DMTTga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya tulaydi.
Tarbiyalanuvchi uchun ikki oy mobaynida uzrli sabablarsiz ota-ona to‘lovi to‘lanmagan taqdirda, shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi DMTTdan chetlashtiriladi.
12. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendar kuni mobaynida tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga tiklanadi. Ko‘rsatilgan muddat o‘tib ketgan hollarda, DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilishi to‘g‘risida qonuniy vakilning yozma arizasi bo‘lmagan hollarda ota-ona to‘lovi to‘liq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
O‘tgan oy uchun ota-ona to‘lovining qolgan qismi to‘langandan so‘ng tarbiyalanuvchini DMTTga qatnashiga yo‘l qo‘yiladi.
Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni tarbiyalanuvchi amalda DMTTga qatnagan kunlar uchun to‘lanadi.