Son. Sonning ma'no va grammatik belgilari



Download 23,75 Kb.
bet1/4
Sana10.08.2021
Hajmi23,75 Kb.
#143788
  1   2   3   4
Bog'liq
Son


Son. Sonning ma'no va grammatik belgilari

REJA:


1.Son haqida ma’lumot sonning leksik grammatik xususiyatlari

2.Bir sonining o’ziga xos xususiyatlari

3.Miqdorni butun va qismlarga ajratib ko’rsatish turlari

Predmetning son-sanog'i, miqdori va joylashish tartibini bildiradigan so'zlar son deyiladi. Sonlar qancha? necha? nechanchi? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi. Sonlar otga bog'lanadi va ot ifodalagan predmetning miqdorini. tartibini bildiradi: ikki o'rtoq, uch dugona, beshinchi sinf kabi.

Sonlar otga bog'lanmagan holda qo'llanilsa son ifodalaydigan miqdor mavhum bo'ladi. Masalan, ikki karra ikki to'rt. Sonlarning bu xildagi mavhum holda qo'llanilishi arifmetik hisob-kitoblar uchun xosdir.

Sonlar tildagi eng kam tub so'zlari mavjud so'z turkumlaridan hisoblanadi. Binobarin boshqa so'z turkumlaridan son yasalmaydi. Hozirgi o'zbek tilida faol ishlatiladigan 22 ta tub son mavjud: bir, ikki, uch, to'rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to'qqiz, o'n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to'qson, yuz, ming, million, milliard.

Qolgan sonlar shu sonlarning o'zaro qo'shilishidan hosil bo'ladi. Masalan. o'n besh, bir yuz qirq, ikki ming birinchi yil kabi.

Sonlar harf bilan ham: o'n, ming, raqam bilan ham: 10,1000 yoziladi. Raqam asosan arifmetik hisob-kitoblarda ishlatiladi. O'zbek tilida sonlanii qo'llashda ikki hil raqamdan foydalaniladi.




  1. Arab raqamlaridan. Bu raqam yillarni, chislolarniifodalashda ishlatiladi: 1999 yil—ayollar yili. 9 may—xotira vaqadrlash kuni.


  2. Rim raqamidan. Bu raqamdan asrlarni, oylarni. s'yezd,konferensiya, sessiya, chaqiriq sanalarini ko'rsatishdafoydalaniladi. VI asr, 10.111.2001 yil, XXI chaqiriq, X sessiyakabi.


Sonlar so'z turkumlari orasida o'zining nisbatan mavhumligi bilan ajralib turadi. Chunki sonlar ifodalaydigan miqdor tushunchasi mavhum bo'ladi. Masalan,uch, besh, o'n besh kabi sonlarda faqat miqdor tushunchasi bor. Biroq bu miqdor nimaning miqdori ekanligi noaniq, mavhum. Sonlar ot bilan bog'langandagina bu miqdor nimaning miqdori ekanligi oydinlashadi: besh battar, o'n kishi kabi.Sonlar so'z turkumi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:




  1. Sonlar boshqa so'z turkumlaridan yasalmaydi, biroq sondanboshqa turkumdagi so'zlar yasaladi: bir+ lik (fe'l,) uch+ lik, (sifat)


  2. Sonning muhim morfologik belgilaridan biri turlanmasligidir.Ular ot oldidan kelib, otning miqdorini sanog'ini ifodalab, aniqlabkeladi: besh kishi, o'n otliq, yuz uy.


3. Sonlar otlashganda ot bilan bog'lanmaydi. Bu hollardasonlar ot kabi kelishik qo'shimchalarini olib gapda ot bajaradigan vazifalarda keladi. Masalan, oltovlon ola bo'lsa og'zidagini oldirar. (Maqol.)




  1. Sonning modal shakllari songa maxsus son shaklini yasovchiqo'shimchalar qo'shish bilan hosil bo'ladi: to'rt + ta, uch+ ala,besh+ov, olt+ovlon, yuz+larcha kabi.


  2. Ko'pincha son bilan ot orasida maxsus sanoq bildiruvchiso'zlar (numerativlar) ishlatiladi: uch kilogramm yog', o'ngektar yen


Sonlarning qo'llanilishi birlik, yuzlik va minglik tizimi bo'yichadir. O'ndan yuzgacha bo'lgan sonlarni ishlatishda katta sonlardan boshlab aytiladi: o'n besh, ellik uch, to'qson olti. Yuzdan yuqori sonlarni aytishda kichik sonlardan boshlab aytiladi: bir yuz ellik, bir ming to'qqiz yuz ellik.

Sonlar quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi:

1. Ot oldidan kelib aniqlovchi vazifasini bajaradi: O'rta bo'yliyo'g'on gavdali ko'k movut avrali po'stin kiygan, qirq beshyoshlardagi bir kishi kirdi. (A. Q.)

l.Fe'l oldidan kelib hol vazifasini bajaradi. Fikrlar tuyg'ular, o'ylar sonsiz bir -biriga ulashib boradi, chuvalashadi. (O.)

3. Ot yoki fe'lga bog'lanmagan holda ega, to'ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasida keladi: besh karra besh -yigirma besh, o'ndan beshni olsa, besh qoladi.

Sonlar orasida ma'no va grammatik xususiyatlari jihatidan bir soni alohida ajralib turadi. Bir soni bir tomondan sonlarga xos: bir uy, birinchi uy xususiyatlariga ega bo'lganidek, sonlarga xos bo'lmagan xususiyatlarga ham ega. Shunga ko'ra bir soni quyidagi ma'nolarda ifodalanadi. 1. Noaniqlik ma'nosini ifodalaydi: Uyimiz-ga bir kishi keldi.


  1. Miqdor ifodalovchi so'zlarga va so'roq olmoshlarigaqo'shilib ko'plikni, ortiqlikni ifodalaydi: birtalay, bir necha, birqanchaba'zan kamlikni ham ifodalaydi: birmuncha. Bulartag'in birmuncha yurgandan so'ng katta darvoza oldidatoxtadilar. (O.)


  2. Ot, sifat, fe'l. ravish oldidan kelib ma'noni kuchaytiradi.Birzum hayratda qolgan chol kalovlanib o'rnidan turdi, ikki qo'llabko'rishgach, mehmonni taqir po'stakka taklif qildi.(0.)


  3. Ayiruv bog'lovchisi vazifasida keladi: bir yig'laydi, birkuladi.




Download 23,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish