Chama sonlar predmetning taxminiy miqdorini bildiradi va quyidagicha hosil bo'ladi.
1. Sanoq songa -tacha qo'shimchasini qo'shish bilan: o'ntacha,yuztacha.
Sanoq songa -larcha qo'shimchasini qo'shish bilan:o'nlarcha, yuzlarcha.
Sanoq songa -lab qo'shimchasini qo'shish bilan: o'nlab,yuzlab, minglab.
Sanoq songa -lar (da) qo'shimchasini qo'shish bilan:uchlarda, beshlarda,
-lab, -larcha qo'shimchalari o'n yuz, ming sonlariga, -tacha qo'shimchalari esa barcha sonlarga qo'shiladi.
Sonlardan keyin chog'li so'zini keltirish bilan. Mashinakuzivida uch chog'li xotin, yosh bolalar va uchta sigir bor edi.(S.A.)
Ikki sanoq sonni jihatlash bilan: ikki -uch, o'n -o'n besh.Ular mirzo darvozasiga yaqinlashganlarida besh-olti kishi otchoptirib chiqdi. (P.Q.)
Jamlovchi son predmetning jamlangan miqdorini anglatadi. Jamlovchi sonlar quyidagicha hosil bo'ladi.
Sanoq sonlarga -ov- qo'shimchasini qo'shish bilan: ikkov,uchov, oltov.
Sanoq sonlarga -ala qo'shimchasini qo'shish bilan: uchala,to'rtala, beshala.
Sanoq sonlarga -ovlon qo'shimchasini qo'shish bilan:to'rtovlon, beshovlon.
- ov , ovlon qo'shimchalari ikkidan yettigacha va o'n soniga -ala qo'shimchasi ikkidan beshgacha bo'lgan sonlarga qo'shiladi. Ikki, olti, yetti sonlariga -ov qo'shimchasi qo'shilganda o'zakdagi bitta i tushib qoladi: ikki- ikkov, olti- oltov. Shuningdek, ikki soniga -ala qo'shimchasi qo'shilganda ham bitta i tushib qoladi:. ikki-ikkala.
Taqsim son predmetning taqsimlanish miqdorini bildiradi. Sanoq songa - tadan qo'shimchasini qo'shish bilan hosil bo'ladi: yuztadan, mingtadan.
Bundan tashqari taqsim sonlar: a) sanoq sonning takrorlanib kelishidan ham hosil bo'ladi: ikkita -ikkitadan, beshta-beshtadan; b) jamlovchi sonning takrorlanib kelishidan hosil bo'ladi: beshov- beshov, oltov-oltov.Oshni uchala -uchala bo'Iib olinglar.
Tartib son. Predmetning joylashish tartibini bildiradigan sonlar tartib son deyiladi. Tartib son sanoq sonlarga -nchi (inchi) qo'shimchalarini qo'shish bilan yasaladi: uchinchi sinf, beshinchi daha, o'ninchi uy.
Tartib sonlar so'z bilan yozilganda -nchi -(inchi) qo'shimchalari so'zga qo'shib yoziladi: birinchi, ikkinchi kabi. Tartib sonlar arab raqami bilan ifodalanganda -nchi, -(inchi) qo'shimchalari o'rnida chiziqcha qo'yiladi: 2- sinf, 15-xonadan kabi. Yil, oy chislolarda esa chiziqcha qo'yilmaydi: 1999 yil, 10 sentabr. Tartib son rim raqami bilan ifodalanganda hech qanday belgi qo'yilmaydi: XXI asr, XV sessiya kabi.
Tartib sonlar otlashganda gapda ega vazifasida keladi. Tavakkal qilib saharda bir chovut solamiz, ulfatlar o'likday qotadi, shunda ishni boshlaymiz, - shivirladi, ikkinchisi.(0.)
Tartib sonlar gapda asosan aniqlovchi: Kelganidan beri bu taraflarda birinchi marta mashina ovozi eshitilishi edi. (S.A.) Chiqish kelishigida tartib- sonlar gapda kirish so'z vazifasida kelib, fikrni ifodalanish tartibini bildiradi: birinchidan, ikkinchidan.
Sonlar qo'llanilishiga ko'ra ikki xil: butun va kasr sonlarga bo'linadi. Butun sonlar predmetning butunligicha, qismlarga ajratmagan holda ifodalaydi: besh, o'n, bir yuz ellik.
Kasr sonlar butunning qismini ifodalaydi: yarim, bir yarim, beshdan bir. Kasr sonlar quyidagicha hosil bo'ladi:
Butun son bilan kasr sonning qo'shilishidan : uch yarim,besh taqsim bir.
Chiqish kelishigidagi son bilan asosiy shakldagi sonningbirikuvidan: uchdan bir, o'ndan ikki.
Mazmunan butun emaslikni bildiruvchi so'zlar bilan:chorak, yarim. Butun son bilan kasr son birgalikda qo'llanilishikasrli son deyiladi: uch yarim kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |