Son. Sonning ma'no va grammatik belgilari



Download 21,86 Kb.
bet3/3
Sana20.04.2022
Hajmi21,86 Kb.
#566575
1   2   3
Bog'liq
Son

Chama sonlar predmetning taxminiy miqdorini bildiradi va quyidagicha hosil bo'ladi.

1. Sanoq songa -tacha qo'shimchasini qo'shish bilan: o'ntacha,yuztacha.



  1. Sanoq songa -larcha qo'shimchasini qo'shish bilan:o'nlarcha, yuzlarcha.

  2. Sanoq songa -lab qo'shimchasini qo'shish bilan: o'nlab,yuzlab, minglab.

  3. Sanoq songa -lar (da) qo'shimchasini qo'shish bilan:uchlarda, beshlarda,

-lab, -larcha qo'shimchalari o'n yuz, ming sonlariga, -tacha qo'shimchalari esa barcha sonlarga qo'shiladi.



  1. Sonlardan keyin chog'li so'zini keltirish bilan. Mashinakuzivida uch chog'li xotin, yosh bolalar va uchta sigir bor edi.(S.A.)

  2. Ikki sanoq sonni jihatlash bilan: ikki -uch, o'n -o'n besh.Ular mirzo darvozasiga yaqinlashganlarida besh-olti kishi otchoptirib chiqdi. (P.Q.)


Jamlovchi son predmetning jamlangan miqdorini anglatadi. Jamlovchi sonlar quyidagicha hosil bo'ladi.

  1. Sanoq sonlarga -ov- qo'shimchasini qo'shish bilan: ikkov,uchov, oltov.

  2. Sanoq sonlarga -ala qo'shimchasini qo'shish bilan: uchala,to'rtala, beshala.

  3. Sanoq sonlarga -ovlon qo'shimchasini qo'shish bilan:to'rtovlon, beshovlon.

    - ov , ovlon qo'shimchalari ikkidan yettigacha va o'n soniga -ala qo'shimchasi ikkidan beshgacha bo'lgan sonlarga qo'shiladi. Ikki, olti, yetti sonlariga -ov qo'shimchasi qo'shilganda o'zakdagi bitta i tushib qoladi: ikki- ikkov, olti- oltov. Shuningdek, ikki soniga -ala qo'shimchasi qo'shilganda ham bitta i tushib qoladi:. ikki-ikkala.

    Taqsim son predmetning taqsimlanish miqdorini bildiradi. Sanoq songa - tadan qo'shimchasini qo'shish bilan hosil bo'ladi: yuztadan, mingtadan.


  4. Bundan tashqari taqsim sonlar: a) sanoq sonning takrorlanib kelishidan ham hosil bo'ladi: ikkita -ikkitadan, beshta-beshtadan; b) jamlovchi sonning takrorlanib kelishidan hosil bo'ladi: beshov- beshov, oltov-oltov.Oshni uchala -uchala bo'Iib olinglar.

    Tartib son. Predmetning joylashish tartibini bildiradigan sonlar tartib son deyiladi. Tartib son sanoq sonlarga -nchi (inchi) qo'shimchalarini qo'shish bilan yasaladi: uchinchi sinf, beshinchi daha, o'ninchi uy.

    Tartib sonlar so'z bilan yozilganda -nchi -(inchi) qo'shimchalari so'zga qo'shib yoziladi: birinchi, ikkinchi kabi. Tartib sonlar arab raqami bilan ifodalanganda -nchi, -(inchi) qo'shimchalari o'rnida chiziqcha qo'yiladi: 2- sinf, 15-xonadan kabi. Yil, oy chislolarda esa chiziqcha qo'yilmaydi: 1999 yil, 10 sentabr. Tartib son rim raqami bilan ifodalanganda hech qanday belgi qo'yilmaydi: XXI asr, XV sessiya kabi.

    Tartib sonlar otlashganda gapda ega vazifasida keladi. Tavakkal qilib saharda bir chovut solamiz, ulfatlar o'likday qotadi, shunda ishni boshlaymiz, - shivirladi, ikkinchisi.(0.)

    Tartib sonlar gapda asosan aniqlovchi: Kelganidan beri bu taraflarda birinchi marta mashina ovozi eshitilishi edi. (S.A.) Chiqish kelishigida tartib- sonlar gapda kirish so'z vazifasida kelib, fikrni ifodalanish tartibini bildiradi: birinchidan, ikkinchidan.

    Sonlar qo'llanilishiga ko'ra ikki xil: butun va kasr sonlarga bo'linadi. Butun sonlar predmetning butunligicha, qismlarga ajratmagan holda ifodalaydi: besh, o'n, bir yuz ellik.



    Kasr sonlar butunning qismini ifodalaydi: yarim, bir yarim, beshdan bir. Kasr sonlar quyidagicha hosil bo'ladi:

  1. Butun son bilan kasr sonning qo'shilishidan : uch yarim,besh taqsim bir.

  2. Chiqish kelishigidagi son bilan asosiy shakldagi sonningbirikuvidan: uchdan bir, o'ndan ikki.

  3. Mazmunan butun emaslikni bildiruvchi so'zlar bilan:chorak, yarim. Butun son bilan kasr son birgalikda qo'llanilishikasrli son deyiladi: uch yarim kabi.

Download 21,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish