Reklamaning turlari.
- Noto’gri reklama;
-Yashirin reklama;
- Qiyosiy reklama;
- Ijtimoiy reklamali axborot;
- Televidenie va radiodagi reklama;
- Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklama;
- Telefon va hujjatli elektron alokadan foydalaniladigan tarzdagi reklama;
- Tashqi reklama;
- Transportdagi va poshta junatmalaridagi reklama;
- Dori vositalari, tibbiy buyumlar, kosmetika va maishiy kimyo vositalari reklamasi;
- Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ishimliklar reklamasi;
- Kurol-yarog reklamasi;
- Kimmatli kogozlar va aholining mablag’larini jalb etish bilan bog’liq xizmatlar reklamasi;
- Aksilreklama.
Reklamani noto’gri deb topish to’g’risidagi qarorni O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi yoki uning hududiy organlari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) qabul qiladi. (O’zR 19.12.2005 y. URK-14-son Qonuni tahririda).
Yashirin reklama iste’molchining idrokiga uning o’zi anglamagan holda ta'sir o’tkazadigan, shu jumladan maxsus videoilovalardan (kuch ovozli yozuvdan) foydalanish yo’li bilan hamda boshqa usullar bilan ta'sir o’tkazadigan reklamadir. Yashirin reklamadan radio, tele, video, audio va kino mahsulotda, shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni o’zga usullar bilan tarqatishga yo’l qo’yilmaydi.
45 minutdan ortiq davom etadigan konsert-tomosha va sport dasturlari, kino- va telefilmlar reklama uchun tuliq 45 minutlik vaqt oralig’ida ko’pi bilan bir marta uzib qo’yilishi mumkin. Reklama bu ko’rsatuvlarning (eshittirishlarning) boshlanishi oldidan va (yoki) ular tugaganidan so’ng joylashtirilishi ham mumkin. 10 minutdan kam davom etadigan teleko’rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) umuman, 10 minutdan ortiq davom etadigan teleko’rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) esa bu teleko’rsatuvlarning (radioeshittirishlarning) mualliflik huquqi egasi bilan kelishmasdan turib reklama joylashtirilishi mumkin emas.
Davlat anjumanlari va marosimlari olib ko’rsatilayotgan (eshittirilayotgan) paytda uni uzib turib reklamani ko’rsatish (eshittirish) taqiqlanadi. Bolalar davrasiga (un to’rt yoshgacha bo’lganlarga) mo’ljallangan ko’rsatuvlarda (eshittirishlarda) reklama taqiqlanadi. Bu taqiq ijtimoiy reklamali axborotga tatbiq etilmaydi. Dasturlarning reklama qismlari tovushini teleradiodasturning tovushiga nisbatan balandroq qilish taqiqlanadi. O’zR 30.08.2002 y. Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlari tegishlicha ettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.
Teleko’rsatuvlarning boshlovchilari, diktorlari va boshqa qatnashchilari reklama uchun ajratilgan vaqtdan tashqari paytda mahsulotni bilaturib namoyish qilish yoki uning iste'mol xususiyatlarini bevosita yoki bilvosita tavsiflash huquqiga ega emas. Televidenie va radio xodimlariga axborot niqobi ostida reklama bilan shugullanish, ya'ni mahsulot ishlab chiqaruvchining rekvizitlarini, joylashgan manzilini, telefon raqamini, mahsulotning tijorat belgilarini ko’rsatish taqiqlanadi.
Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklamaning hajmi, MAVZUsini shu ommaviy axborot vositalarining o’zlari mustaqil belgilaydi. Obuna bo’yicha tarqatiladigan bosma vositalar obuna shartlarida nashrning umumiy hajmidagi reklama miqdorini ko’rsatishlari shart.
Reklama yo’sinidagi xabarlar va materiallarni berib borishga ixtisoslashmagan davriy bosma nashrlarda reklama davriy nashr bir soni hajmining 40 foizidan oshib ketmasligi shart, qolgan reklama bepul ilova tarzida berilishi kerak.
Teleks va faksimal aloqa yordamida reklama qilishga, agar oluvchining maxsus so’rovi bo’lmasa, bir manzilga bir varaqdan ortiq bo’lmagan hajmda bir marta jo’natishga yo’l qo’yiladi. Mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama deb hisoblanmaydi va buning uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruhsatini olish talab etalmaydi.
Reklamani umum foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yo’lovsxilarga habar beruvchi ovozditarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi, ijtimoiy reklamali axborot bundan mustasno.
Dori vositalari reklamasida quyidagilar bo’lishi shart:
- dori vositasining to’liq nomi (shu jumladan xalqaro farmakologik nomi) va ishlab chiqaruvchisining nomi;
- dori vositasidan foydalanish yoki uni qo’llash haqidagi axborot.
Quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:
- faqat shifokorning ko’rsatmasi (resepti) bo’yicha beriladigan dori vositalari;
- tarkibida giyohvandlik vositalari va psihotrop moddalari bo’lgan dori vositalari;
- O’zbekiston Respublikasida tibbiyotda qo’llanishga ruhsat berilmagan dori vositalari.
O’zbekiston Respublikasi Soglikni saqlash vazirligining ruhsatisiz quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:
- voyaga etmaganlarga mo’ljallangan dori vositalari;
- davolash seanslari, gipnozdan va ruhiy yoki bioenergetik ta'sirning boshqa usullaridan foydalanib amalga oshiriladigan shunga o’hshash tadbirlar;
- tibbiy yo’sindagi buyumlar, tibbiy texnika, gigiena vositalari, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya vositalari;
- davolab bulmaydigan yoki davolash qiyin bo’lgan kasalliklarga nisbatan samarali terapevtik usul.
Qo’llanishi va realizatsiya qilinishi yuzasidan tegishli davlat organlari maxsus ruhsatnoma bermay turib kosmetika vositalari, maishiy kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminli va biologik jihatdan ta'sirchan oziq-ovqat qo’shimchalarini reklama qilish taqiqlanadi. Ushbu moddaning qoidalari tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo’ljallangan reklamaga tatbiq tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi, ijtimoiy reklamali axborot bundan mustasno.
Qimmatli qog’ozlar va aholining mablag’larini jalb etish bilan bog’liq xizmatlar reklamasiga taalluqli munosabatlarni tartibga solish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu Qonun O’zbekiston Respublikasi hududida reklama tayyorlash va tarqatish bilan bog’liq munosabatlarga tatbiq etiladi. Ushbu Qonun ijtimoiy vokealarni, siyosiy partiyalarning, diniy tashkilotlar va jamoat birlashmalarining manfaatlarini aks ettiruvshi va (yoki) ularni qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan axborot bilan bog’liq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |