Solnomalar (ikkinchi kitob) Kirish



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/69
Sana09.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#761648
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
2Chr Part

Sulaymonning o‘limi
 
29 
Sulaymonning boshqa ishlari boshdan oxirigacha Natan payg‘ambarning tarix 
kitobida, Shilo‘lik Oxiyoning bashoratlarida va valiy Yiddoning vahiylarida bayon 
etilgan. Valiy Yiddoning vahiylarida Nab
at o‘g‘li Yeribom hukmronligi to‘g‘risida ham 
yozilgan. 
30 
Sulaymon Quddusda butun Isroil ustidan hukmdor edi. Uning hukmronligi 
qirq yil davom etdi. 
31 
Sulaymon olamdan o‘tdi. U otasi Dovud qal’asida, ota–
bobolari 
yoniga dafn qilindi. Uning o‘rniga o‘g‘li
Raxabom shoh bo‘ldi.
10

BOB 
Shimoldagi qabilalar qo‘zg‘oloni
 

Raxabom Shakam shahriga* ketdi. Jamiki Isroil xalqi* ham, Raxabomni shoh qilib 
ko‘taramiz deb, Shakamga kelishdi. 

Nabat o‘g‘li Yeribom bu haqda eshitib, Misrdan 
qaytdi. U Sulaymonning dastidan Misrga qochgan edi. 

Isroil xalqi odam yuborib, uni 
chaqirtirib keldi. So‘ng Yeribom bilan birgalikda hammasi Raxabom huzuriga kelib, 
unga shu gapni aytishdi: 


Otangiz bizga og‘ir bo‘yinturuq solib, og‘ir mehnat qilishga bizni majburlagan 
edi. Endi 
siz mehnatimizni yengillatib, bizni bo‘yinturuqdan xalos qiling. O‘shanda biz 
sizga itoat etamiz. 


Uch kundan keyin huzurimga kelinglar, 

dedi Raxabom kelganlarga. 
Shunday qilib, xalq qaytib ketdi. 

Shoh Raxabomning otasi Sulaymon hayotligi davrida oqsoqollar har doim uning 
oldida hoziru nozir edilar. Shoh o‘sha oqsoqollarga maslahat soldi:

Sizlar nima deysizlar, bu xalqqa nima deb javob bersam bo‘ladi?

Oqsoqollar shohga shunday deb maslahat berishdi: 

Agar siz bu xalqqa mehr ko‘rsatib, ularni mam
nun qilsangiz, ulardan yaxshi 
so‘zingizni ayamasangiz, ular sizga bir umr xizmat qiladilar.

Lekin shoh oqsoqollarning maslahatini rad qildi. Birga o‘sgan va o‘ziga xizmat 
qilayotgan yosh yigitlar bilan maslahatlashdi. 

Shoh o‘sha yigitlarga dedi:

Bu x
alq menga: “Otangiz bizga solgan og‘ir bo‘yinturuqdan endi bizni siz xalos 
qiling”, deyapti. Ularga nima deb javob berayin? Sizlar qanday maslahat berasizlar?
10 
Raxabom bilan birga o‘sib–ulg‘aygan yosh yigitlar unga shunday maslahat 
berishdi: 

Arz qilgan 
o‘sha xalqqa shunday deb ayt: “Mening jimjilog‘im otamning belidan 
ham yo‘g‘on. 
11 
Otam sizlarga og‘ir bo‘yinturuq solgan edi, endi men undan ham 
battarrog‘ini qilaman. Otam sizlarni qamchi bilan jazolagan ekan, men esa chayonlarga 
chaqtirib, jazolayman.”
12 
Raxabom Yeribomga va xalqqa: “Uchinchi kuni huzurimga kelinglar”, deb aytgani 
uchun xalq aytilgan paytda shoh Raxabomning huzuriga keldi. 
13-14 
Shoh oqsoqollarning 
bergan maslahatlarini pisand qilmay, yosh yigitlarning gapiga kirib, xalqqa keskin javob 
berdi: 

Otam sizlarga og‘ir bo‘yinturuq solgan edi, endi men undan ham battarrog‘ini 
qilaman. Otam sizlarni qamchi bilan urib jazolagan ekan, men esa chayonlarga chaqtirib 


2 Solnomalar 
14 
jazolayman. 
15 
Shunday qilib, shoh xalqqa quloq solmadi. Egamizning 
Shilo‘lik Oxiyo orqali Nabat 
o‘g‘li Yeribomga bergan so‘zi

bajo bo‘lishi uchun Xudo bu voqeani shunday 
rejalashtirgan edi. 
16 
Isroil xalqi qarasaki, shoh gapga quloq solmayapti. Shundan keyin 
xalq unga shunday xitob qildi: 
“Essay o‘g‘li Dovudning bizga o‘tkazib qo‘ygan joyi yo‘q,
Bizning ham undan qarzimiz yo‘q!
Ey Isroil xalqi, har biringiz o‘z uyingizga qayting!
Ey Dovud, endi o‘z ko‘mochingga o‘zing kul tortaver!”
Shunday qilib, Isroil xalqi uylariga tarqalib ketdi. 
17 
Raxabom faqat Yahudo 
shaharlarid
a yashaydigan Isroil xalqi ustidangina hukmronlik qiladigan bo‘lib qoldi.
18 
Shoh Raxabom qarollar boshlig‘i Odoniramni
* Isroil xalqi oldiga yuborgan edi, 
Isroil* 
xalqi uni toshbo‘ron qilib o‘ldirdi. Bu xabarni shoh Raxabom eshitdi–
yu, shosha

pisha jang aravasiga minib Quddusga qochdi. 
19 
Isroil xalqi o‘sha kundan boshlab Dovud 
xonadonidan yuz o‘girdi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish