Solnomalar (ikkinchi kitob) Kirish



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/69
Sana09.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#761648
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Bog'liq
2Chr Part

15

BOB 
Shoh Osoning islohotlari 

Odod o‘g‘li Ozariyoni Xudoning Ruhi qamrab oldi. 

Ozariyo Osoning huzuriga borib 
dedi: 

Ey shoh Oso! Ey Yahudo va Benyamin xalqi! Gapimga quloq solinglar. Sizlar 
Egamiz bilan bo‘lar ekansiz, U ham sizlar bilan birga bo‘ladi. Agar sizlar Egamizni 
izlasangizlar, Uni topasizlar. Agar Uni tark etsangizlar, U ham sizlarni tark etadi. 

Isroil 
xalqi uzoq vaqt davomida* 
haqiqiy Xudosiz yashadi. Ularga ta’lim beradigan ruhoniy 
yo‘q edi, ular qonundan mahrum edilar. 

Lekin boshlariga og‘ir kulfat tushganda, ular 
Isroil xalqining Xudosiga 

Egamizga yuz burdilar, Uni izladilar, shunda topdilar. 

O‘sha notinch davrda yo‘lga chiqish xatarli edi, chunki hamma joyda tartibsizlik va 
behalovatlik hukmron edi. 

Bir xalq ikkinchisini yakson qilardi, bir shahar boshqasini 
vayron etar edi, chunki Xudo ularni iztirobga solib, behalovat qilib qo‘ygan edi. 

Lekin 
sizlar dadil bo‘linglar! Tushkunlikka tushmanglar! Sizlar qilgan ishlaringiz uchun 
mukofot olasizlar. 

Shoh Oso Odod o‘g‘li Ozariyo payg‘ambarning aytgan bashoratini eshitgach
*, 
dadillashdi. U Yahudo va Benyamin yerlaridan, shuningdek, Efrayim qirlarid
a qo‘lga 
kiritgan shaharlardan makruh butlarni yo‘q qildi. Ma’bad hovlisidagi Egamizning 
qurbongohini tuzatdi. 

U Yahudo va Benyamin xalqini, shuningdek, oralarida istiqomat 
qilayotgan Efrayim, Manashe va Shimo‘n qabilasidan bo‘lgan musofirlarni to‘pladi.
Ularning ko‘pchiligi Oso hukmronligi davrida Yahudoga ko‘chib kelgan edilar, chunki 
Egasi Xudo Oso bilan birga bo‘lganini ko‘rgan edilar. 
10 
Ular Oso hukmronligining o‘n 
beshinchi yili uchinchi oyida* 
Quddusda to‘plandilar. 
11 
O‘sha kuni o‘zlari olib kelg
an 
o‘ljalardan 700
ta buqa va 7000 
ta qo‘yni Egamizga qurbonlik qildilar. 
12 
So‘ng ota–
bobolarining Xudosiga 

Egamizga butun qalbi bilan, jonu dili bilan intilishga ahd 
qildilar. 
13 
Kimki Isroil xalqining Xudosiga 

Egamizga intilmasa, xoh yosh bo‘lsin, x
oh 
qari, xoh erkak bo‘lsin, xoh ayol, o‘ldiriladigan bo‘ldi. 
14 
Ular baland ovozda Egamizga 
qasamyod qildilar, hayqirdilar, karnay va burg‘ular chaldilar. 
15 
Jamiki Yahudo xalqi chin 
dildan qasamyod qilgani uchun xursand bo‘ldi. Ular Egamizni astoydil izla
ganlari uchun 


2 Solnomalar 
19 
Uni topdilar. Egamiz ularga har tarafdan osoyishtalik ato qildi. 
16 
Shoh Osoning buvisi* Maxo Asheraning* makruh tasvirini yasattirgan edi, shuning 
uchun Oso buvisini malikalik martabasidan* mahrum qildi. U buvisi yasattirgan butni 
qo‘porib t
ashlab, parcha

parcha qilgandan keyin, Qidron soyligida* yoqib yubordi. 
17 
Oso Isroildagi sajdagohlarni* 
yo‘q qilmagan bo‘lsa ham, umr bo‘yi Egamizga sodiq 
qoldi. 
18 
Otasi va o‘zi Xudoga atab nazr etgan oltinu kumushlarni, idishlarni Xudoning 
uyiga olib keldi. 
19 
Oso hukmronligining o‘ttiz beshinchi yiliga qadar urush bo‘lmadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish