1.2-jadval
O`zbekiston Respublikasi soliqlarining obyektiga ko`ra guruhlanishi
Toʻgʻri soliqlar.
|
Egri soliqlar.
|
1.Yuridik shaxslar foydasidan
(daromadidan) olinadigan soliq
2.Jismoniy shaxslar daromadidan
olinadigan soliq
3.Yer solig’i
4.Mol-mulk solig’i
5.Yer osti boyliklaridan
foydalanganlik uchun soliq
7.Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq
8.Obodonlashtirish va
infiratuzilmani rivojlantirish solig’i
|
1.Qo`shilgan qiymat solig’i
2.Aksiz solig’i
3.Jismoniy shaxslardan transport
vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va
suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun
olinadigan soliq
4.Bojxona to’lovlari va boshqalar
|
To‘g‘ri soliqlarni bevosita soliq to‘lovchilarning o‘zi tulaydi, ya’ni soliqni huquqiy to‘lovchisi ham, hakikiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘gri soliq yukini boshqalarga ortish Holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan tulanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi.
“To‘gri soliqlardan to‘gridan-to‘gri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga koldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlar ning stavkalari kupaytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak bu guruh soliqlarning stavkalari to‘gridan-to‘gri bozor iqtisodiyoti bilan Chambarchas bog‘langandir”66.
Egri soliqlar ni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilardir (xizmat ko‘rsatuvchilardir). Lekin soliq og‘irligini haqiqatdan ham budjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat) ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni haqiqiy soliq to‘lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) kiymati ustiga ustama ravishda qo‘yiladi.
Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan tovarlarni chetga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orkali tovarlar kiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘gridan to‘gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil kilinmasdan oshirib yuborilsa korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga to‘lovlari kamayishi mumkin. Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar mehnat bilan band bo‘lgan aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to‘gri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘prok mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jaxon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga karab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy kiyinchiliklarni borligini tahlil qilib berish mumkin. Masalan. AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining budjet daromadida 90 foizga yakin bO‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti mavjudligidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib utilganidek, to‘gri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq summasi o‘zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni talab etadi.
Soliqlarning umum davlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bulinishi hukumat idoralarining respublika xukumati va mahalliy xukumatlarga bo‘linishi asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari O‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, O‘z budjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlar ga ega bo‘lishi kerak. Respublika xukumati umum davlat mikyosida katta vazifalarni mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib intizom infrastrukturasini yaratish, mexnatkashlarga ijtimoiy ximoyasini tashkil etish va boshqa bir kator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning budjeti ham soliqlar i ham salmokli bo‘lishi shart. QQS, aksiz solihi, yuridik shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar respublika budjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlar ining muhim xususiyati shundaki, respublika budjetiga tushadigan soliqlar dan mahalliy budjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordiyu, ajratma etmasa subvensiya yoki subsidiya beriladi. Agar kelgusi yil mahalliy budjetlarning o‘z manbalari (soliqlar i) kupayib kolsa, respublika soliqlar dan ajratma berishning xojati kolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatiga ega bo‘ladi, budjetga tulanishi lozim bo‘lgan to‘lovlardir.
Mahalliy soliqlar xukumatlar bajaradigan vazifalariga karab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mexnatkashlarga yakin bo‘lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni maktab, sog‘likni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va kishloklar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va yig‘imlar ularning budjet xarajatlarining 30-40 foizini koplaydi, holos. Keyingi vaktlarda mahalliy budjetlar daromadlari salmog‘ini 50-60 foizga etkazish kabi xukumat qarorlari mavjud. Mahalliy budjetlar daromadlarini kupaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Fakat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega bo‘lgan mahalliy hukumatlar o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishlari mumkin. Aks holda, har xil moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qhyish zhtimoli bor. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular fag‘at shu xududning budjetiga tushadi. Boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Mahalliy budjetlarning soliq va yig‘imlari kam bo‘lganligidan bu budjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. Bu masalani yechishda ilgari ko‘rsatganimizdek xududdan respublika budjetiga tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad solig‘i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy budjetlarga ular budjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subvensiya (maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o‘z xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir.
Subvensiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o‘z hududlaridagi soliqlar to‘liq undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg‘amlik kayfiyatini kuchaytiradi.
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat budjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |