1 kub metr uchun stavka(so’mda)
Yer usti suv resurslari manbaalari
|
Yer osti suv resurslari manbaalari
|
1.
|
Eqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (2 — 6-bandlarda nazarda tutilganlari bundan mustasno), dehqon xo’jaliklari (yuridik va jismoniy shaxslar), shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida suv resurslaridan foydalanadigan jismoniy shaxslar
|
140
|
170
|
2.
|
Sanoat korxonalari (3 — 6- bandlarda nazarda tutilganlari bundan mustasno)
|
410
|
490
|
3.
|
Avtotransport vositalarini yuvishga ixtisoslashgan korxonalar
|
1 380
|
1 730
|
4.
|
Elektr stansiyalar
|
35
|
60
|
5.
|
Kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari
|
70
|
90
|
6.
|
Pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar:
|
|
|
|
Pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi bo’yicha
|
21 900
|
21 900
|
|
Boshqa maqsadlarda
|
410
|
490
|
Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Soliq stavkalarining miqdori O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Ushbu stavkalar qo’llash uchun bizga soliq bazasi kerak bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksida shunday keltirilgan:” Foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasidir.”7
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblar ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi.
Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suvni iste’mol qilishning texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilganda, soliq bazasi manbaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim.
Soliq bazasini yanada aniqroq tushunish maqsadida misol keltirib o’tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |