Soliqlar va soliqqa tortish haqida ilmiy qarashlar. Umumiy va xususiy soliq nazariyalari Reja
1. Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlarga oid g’oyalar va nazariyalar talqini.
2. Umumiy soliq nazariyalari.
3. Xususiy soliq nazariyalari.
1. Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlarga oid g’oyalar va nazariyalar talqini Soliqlarning mohiyati to’g’risidagi qarashlar va ularning jamiyat iqtisodiy
tizimidagi o’rni jamiyat munosabatlarining rivojlanishi bilan mos ravishda rivojlanib
bormoqda. Soliqqa tortish to’g’risidagi qarashlarning shakllanishi bir necha
bosqichlardan iborat bo’lib, boshlang’ich bosqichlarda soliqlarga iqtisodiy kategoriya
sifatida qaralgan bo’lsa, so’ngi bosqichlarida ularning huquqiy jihatlariga ko’proq
e’tibor qaratila boshlandi.
Soliqqa tortish ilk ko’rinishlaridan biri - bu mag’lub bo’lgan davlatdan sovg’a
tariqasida undirilgan. Mag’lub bo’lgan davlatning hamma boyliklari g’olib davlatga
harbiy mukofot sifatida va xarajatlarini qoplash uchun o’tgan. Keyinchalik mag’lub
bo’lgan davlat g’olib davlatni moddiy jihatdan ta’minlab turishlari (yoki pul to’lab
turishlari) shart edi. Boshqacha qilib aytganda - soliqlarning birinchi shakli
mag’lublardan soliq (yoki mag’lublar solig’i) sifatida undirilgan.
Davlatchilik munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida va tinchlik
paytlarida soliqqa tortish tizimi zarur qurbonlik sifatida jamiyatning ixtiyoriy emas,
balki majburiy talablariga asoslangan tarzda amalga oshirilgan. O’sha davrning
o’zidayoq soliqning muhim belgisi - majburiylik sezilib turardi. Bundan tashqari
soliqqa tortish hali takomillashmagan bo’lsa ham, uning muhim elementlaridan biri -
soliq stavkasi ajralib turgan. Moiseyning beshligida shunday deyilgan “… va barcha
erdagi donlarning va daraxt hosillarining 110 qismi Xudoga tegishlidir”, ya’ni
birinchi daromad solig’i stavkasi 10 foizni tashkil etgan.
Qadimgi Misrda va ko’plab sharqiy davlatlarda soliq davlat boshlig’iga tegishli
bo’lgan erdan foydalanganlik uchun ijara haqi sifatida undirilgan. Dastlabki feodal
davlatlarida soliqlar davlat boshlig’iga sovg’a sifatida berilgan. Tasodif emaski o’rta
asrlarda Angliyada “soliq” va “sovg’a” so’zlari deyarli sinonim so’zlar bo’lib,
ikkilasi ham “gift” so’zi bilan ifodalangan. Germaniyada esa soliqning nomi davlat
tomonidan soliq to’lash murojaati bilan bog’liq bo’lgan. Keyingi davrlarda soliqlarga
xalqni o’z davlatiga yordami sifatida qaralgan. Ґozirgi kungacha nemis tilida soliq
nomi - “steuer” qo’llab-quvvatlash ma’nosini bildiradi.
Ammo XVIII asrda soliq nafaqat iqtisodiy ma’noga ega bo’lgan, balki huquqiy
ma’noga ham egaligi haqida tasavvur shakllangan. Aynan shu davrda soliqlarga
fuqarolarni davlat oldidagi yuridik majburiyati sifatida qaraldi. Shunday qilib, ingliz
tilida hozirgacha ba’zi bir soliqlar “duty” deb nomlanadi, ya’ni qarz, majburiyat
deganidir.
Soliqqa tortishning to’laqonli nazariy asoslanishi chuqur tarixiy ildizga ega
emas. XVII asrgacha hamma soliq to’g’risidagi tasavvurlar tasodifiy va tartibsiz
27
xarakterga ega bo’lgan, bu esa ushbu davrgacha soliqlarga bag’ishlangan tadqiqotlar
tor doirada olib borilganligidan dalolat beradi. Vaqtinchalik va tasodifiy soliqlarni
doimiy va umumiy to’lovlarga aylantirilishi aholining noroziligiga olib keldi va bu
holat moliya ilmidan soliqni nazariy asoslab berishni talab qilar edi.