Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o`z
majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski.
Loyihasmetaqiymatiningoshishriskiga-
quyidagilarsababbo`lishimumkin:
loyihalashjarayonidagixatolar,
pudratchilarningresurslardansamaralifoydalanishnita`minlayolmasligi,
loyihaniamalgaoshirishshartlarinio`zgarishi va boshq.
Qurilishnio`zvaqtidatugallanmaslikriskigaquyidagilarta`sirko`rsatadi: pudratchilarningo`z
majburiyatlarinibajarmasliklari; tashqishart-sharoitlarningo`zgarishi, qurilish ishlari muddatining
cho`zilibketishinatijasidaqo`shimchaxarajatlarkelibchiqishi:
kreditbo`yichafoizlarnihisoblash,
narxlarninginflyatsiyanatijasidao`sishioqibatidaishvamaterialqiymatiningoshishikabiqo`shimcha
xarajatlarnikeltiribchiqaradi.
Ishvaob`ektsifatiningpastligiriski -
pudratchilarmajburiyatiningbuzilishi,
loyihalashtirishdagixatolarvaboshqalarnatijasidakelibchiqishimumkin.
Konstruktsion risk - bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik
riskidir.
Texnologik risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo`llanilmasligi
natijasida ma`lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob`ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar
riski.
Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski.
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va
malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro`y beradi.
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish
riskidir.
Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:
a) kredit riski;
b) valyuta riski;
c) foiz stavkasini o`zgarish riskidir.
Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit
shartnomasi bo`yicha to`lov majburiyatlarini to`liq yoki umuman to`lay olmaslik riski.
Valyuta riski- bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat
mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo`ladi.
Foiz stavkasining o`zgarish riski- bu risk kredit resurslari o`zgaruvchan stavkada
qo`llanilganda ro`y beradi.
Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo`lib, uning mazmuni shundaki, loyiha
amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha
faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin.
Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha
faoliyatini to`xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog`liq. Iqtisodiy mamlakat riski
davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo`llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa
iqtisodiy shart-sharoitlarni o`zgartirishi bilan bog`liq.
Ma`muriy risklar- loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini
davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bila
bog`liq.
Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma`muriy va boshqaruv risklari bilan
bog`liq.
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo`lmagan tashqi risklardan biri bo`lib, unga
yer silkinishi, yong`inlar, suv toshqini, bo`ronlar va boshqa tabiiy hodisalar.