Soliqlar va investitsion qarorlar. Moliyaviy risklarning tasniflanishi



Download 27,97 Kb.
bet5/6
Sana11.01.2022
Hajmi27,97 Kb.
#347784
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliya maruza

2) muddati  bo`yicha  risklar  quyidagilarga  bo`linadilar:  qisqa  muddatli  risklar;    uzoq 
muddatli risklar; 
3) olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta`sirida katta zarar yoki katta 
foyda  olish  imkoniyati  bor;  sof  risklar  -  ular  ta`sirida  nolga  teng  bo`lgan  zarar(foyda)  ko`rish mumkin; 
4) loyihaga ta`sir etish darajasi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadi: mumkin bo`lgan 
risklar  -  ular  ta`sirida  kutilgan  foydadan  ayrilish  mumkin;  kritik  risklar  -  loyiha  pul 
tushumlaridan  ayrilish  xatari;  katastrofik  risklar  -  daromaddan  va  kiritilgan  investitsiyalard
ayrilish xatari. 
Investitsion  loyihalarni  amalga  oshirish  jarayonida  uning  har  bir  bosqichi  (fazasi)  o`ziga 
xos  risklar  bilan  bog`liqdir.  Birinchi  bosqichda  (investitsiya  oldi  fazasida)  ko`proq  loyiha 
tashabbuskorlari  marketing  riskiga,  bozor  riskiga,  informatsion  va  ijtimoiy  risklarga  ta`sirchan bo`ladi.  Investitsiya  bosqichida  ko`proq  ilmtexnika  riski,  moliyaviy  risklar,  tashqi  iqtisodiy risklar  va  siyosiy  risklar  o`z  ta`sirini  ko`rsatadi.  Ekspluatatsiya  bosqichida  esa  loyiha 
ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan 
yuzma-yuz  bo`lish  ehtimoli  mavjud.  Bundan  tashqari,  loyiha  faoliyatida  eng  ko`p  uchraydigan 

risklar  ham  mavjud.  Masalan:  iqtisodiy  qonunlarning  va  iqtisodiy  holatning  o`zgarib  turish


investitsiyalash  va  foydadan  foydalanish  shartlari  bilan  bog`liq  risklar;  savdo  va  mahsulot 
yetkazib  berishga  cheklashlar  kiritish;  chegaralarning  berkilishi;  siyosiy  holatning  noaniqlig
yoki  hududdagi  yohud  mamlakatdagi  noma`qul  ijtimoiy-siyosiy  o`zgarishlar,  texnik-iqtisodiy 
ko`rsatkichlar  dinamikasi,  yangi  texnika-texnologiya  parametrlari,  mahsulot  sifati  haqidagi 
ma`lumotlarning to`liq emasligi  yoki  noaniqligi,  bozor kon`yunkturasining,  ya`ni baho, valyut 
kurslari,  yalpi  ichki  mahsulot  va  boshqalarning  o`zgarib  turishi,  tabiiy  iqlim  sharoitlarining o`zgarishi,  tabiiy  ofatlarning  yuz  berishi,  ishlab  chiqarish  texnik  risklari  -  asbob-uskunalarning 
buzilishi va to`xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy 
holati va ishdagi obro`si haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi va boshqalar. 
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo`lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita 
katta guruhga bo`linadi:  
- tizimli risklar;  
- tizimsiz risklar. 
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta`siriga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar 
emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik 
tufayli  yoki  boshqa  sabablarga  ko`ra  ko`pchilik  emitent  va  qimmatli qog`ozlar egalari  zarar ko`rishlari  mumkin.  Tizimli  risklarga quyidagilar kiradi:foiz riski;valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar. Tizimsiz risklar - xatarga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya`ni ma`lum bir korxonaning  qimmatli  qog`ozlari yoki tarmoqning qimmatli qo`ozlari  kiradi. 
Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. 
Yuqorida  keltirilgan  tasniflashlarga  asoslangan  holda,  loyiha  faoliyatidagi  risklarni 
quyidagi guruhini keltirish mumkin: 
1) loyiha ishtirokchilari riski; 
2) loyiha smeta qiymatining oshish riski; 
3) qurilishni o`z vaqtida tugamaslik riski; 
4) ish va ob`ekt sifatining pastligi riski; 
5) konstruktsion va texnik risklar; 
6) ishlab chiqarish riski
7) boshqaruv riski; 
8) sotish riski; 
9) moliyaviy risk; 
10)  mamlakat riski; 
11)  ma`muriy risk; 
12)  huquqiy risk; 
13)  fors-major riski. 

Download 27,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish