Soliqlar, ularning vazifalari va turlari


-rasm. Soliq stavkasi turlari



Download 249,38 Kb.
bet7/13
Sana13.06.2023
Hajmi249,38 Kb.
#950954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Soliqlar, ularning vazifalari va turlari

3-rasm. Soliq stavkasi turlari
Soliq stavkasi bilan soliqqa tortish ob'ekti o’rtasidagi bog’liqlik darajasiga qarab soliq stavkalarini proporsional, progressiv va regressiv kabi turlarga ajratish mumkin.
Soliq stavkalari, undirilishga, mohiyatiga va amal qilishi nuqtai nazariga ko’ra bir necha turlarga ajratiladi (3-rasm).
Soliq stavkasi va daromadlar o’rtasidagi nisbatga asoslanib, soliqlar odatda progressiv (o’sib boruvchi), proporsional (mutanosib) va regressiv (kamayib boruvchi) soliqlarga bo’linadi.
1. Daromad hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi o’sib boruvchi soliqlar progressiv soliqlar deyiladi.
2. Daromad hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar regressiv soliqlar deyiladi.
3. Daromad hajmi o’sib borishi bilan o’rtacha stavkasi o’zgarishsiz qoluvchi soliqlar proporsional soliqlar deyiladi.

4-rasm. Progressiv, proporsional va regressiv soliqlarning grafik ko’rinishi8
Soliq stavkalari turlaridan biri – bu proporsional soliq stavkalari bo’lib, bu soliq stavkalarini asosiy mohiyati shundan iboratki, soliq to’lovchi ega bo’lgan foyda (daromad), divedend, oborot yoki mol-mulk qiymatini hajmi (summasi) qancha bo’lishidan qat'iy nazar bir xil tartibda, ya'ni bir xil foizda soliq stavkasi qo’llaniladi. Masalan, divedend uchun barcha soliq to’lovchilari uchun soliq stavkasi 10 foiz qilib belgilangan. Bundan tashqari, qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi ham bugungi kunda proporsional soliq stavkasi hisoblanadi. Har qaysi soliq to’lovchi qancha oborot (realizatsiya)ga ega bo’lishidan qat'iy nazar 20 foiz stavka bo’yicha soliq to’laydi. Shuningdek, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i bo’yicha ham proporsional soliq stavkasi qo’llaniladi. Respublikamiz soliq tizimida amal qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq uning ob'ekti 500 ming so’m bo’lganida ham 800 ming so’m bo’lganida ham soliq stavkasi o’zgarmay qolaveradi, ya'ni soliq ob'ektining o’zgarishi soliq stavkasining o’zgarishiga ta'sir qilmaydi.
Proporsional soliq stavkasi o’zgarmas soliq stavkasi bo’lib, uning miqdori (foizi) soliq ob'ektining hajmiga bog’liq bo’lmaydi. Bu bir tomondan yuqori daromadga (oborotga) ega bo’lgan soliq to’lovchilar uchun qulay soliq stavkalari hisoblansada, ayrim soliq to’lovchilar uchun noqulaylik tug’dirishi mumkin, ya'ni ushbu soliq stavkasi soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini bajarmaydi.
Soliq stavkalarining keyingi turi progressiv soliq stavkasi hisoblanadi. Progressiv soliq stavkasi mohiyati jihatidan proporsional soliq stavkasiga nisbatan teskari holatda amal qilib, unga muvofiq soliq to’lovchilarning daromadlari, foydasi yoki oboroti ortib, o’sib borishiga muvofiq tarzda soliq stavkasining ham ortib borishi tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida buni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i misolida ko’rish mumkin. Bunga muvofiq, jismoniy shaxslarning olgan daromadi oshib borishi bilan birga belgilangan shkala asosida soliq stavkasi oshib boradi. Masalan, jismoniy shaxsning umumiy olgan daromadi eng kam ish haqining olti baravarigacha miqdoridan 13 foiz stavkada, eng kam ish haqining olti baravaridan o’n baravarigacha bo’lgan qismidan 18 foiz stavkada, eng kam ish haqining o’n baravaridan ortgan qismidan esa 25 foiz stavkada soliq undirilishi belgilangan.
Demak, bundan ko’rinadiki, progressiv soliq stavkasida soliq ob'ektining oshib borishiga mutanosib ravishda soliq stavkasi ham oshib boradi. Qayd etish lozimki, ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda progressiv soliq stavkasi deganda faqat jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha stavkalar keltiriladi. Bundan tashqari, progressiv soliq stavkalaridan davlat tartibga soluvchi vosita sifatida ham keng foydalanadi, masalan, respublika soliq qonunchiligiga muvofiq me'yoriy muddatlarda o’rnatilmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga belgilangan stavkaning ikki baravari miqdorida soliq undirish belgilangan bo’lib, 2008 yildan yuridik shaxslar mol-mulk solig’i stavkasi 3,5 foiz bo’lgani holda, ularning me'yoriy muddatlarda o’rnatilmagan mol-mulkidan 7foiz miqdorida soliq undiriladi.
Progressiv soliq stavkasining ikki turi mavjud: oddiy progressiya va murakkab progressiya. Oddiy progressiyada soliqning orttirilgan stavkasi soliqqa tortiladigan barcha ob'ektga nisbatan qo’llaniladi, murakkab progressiyada esa soliqqa tortish ob'ekti qismlarga bo’linadi, ularning har biri o’z stavkasi bo’yicha soliqqa tortiladi, ya'ni orttirilgan stavkalar butun ob'ektga nisbatan emas, balki bundan oldingi bosqichdan ortgan qismiga nisbatan qo’llaniladi. Jismoniy shaxslarning daromadiga soliq stavkalari murakkab progressiya hisoblanadi.
Progressiv soliq stavkasining kamchiligi shundaki, bu soliq stavkalari soliq to’lovchilarning daromad olish manfaatdorligini rag’batlantirmaydi, shuning uchun progressiv soliq stavkalarini qo’llaganda muayyan chegaraga qadar soliq stavkasini oshib borishini ta'minlagan holda so’ngra regressiv soliq stavkalarini joriy etish soliq to’lovchilar manfaatlariga mos keladi. Shuning bilan birgalikda ta'kidlash lozimki, progressiv soliq stavkalari davlat tomonidan iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solishda alohida ahamiyatga ega.
Soliq stavkalari haqida gapirganda, proporsional soliq stavkasi uchun neytral holat xarakterli bo’lsa, progressiv soliq stavkasi soliqlarning fiskallik xususiyatini xarakterlaydi, ya'ni progressiv soliq stavkalarida byudjet manfaati ko’proq yuzaga chiqadi. Shu jihatdan soliqlardan adolatlilik tamoyilining amal qilishini ta'minlash maqsadida regressiv soliq stavkalaridan foydalaniladi.
Regressiv soliq stavkasida soliq to’lovchining soliqqa tortiladigan daromadi, oboroti, mol-mulk qiymati kabi soliq ob'ektining ortib borishi bilan soliq stavkasining kamayib borishi ifodalanadi. Bundan ko’rinadiki, regressiv soliq stavkasi progressiv soliq stavkasiga nisbatan teskari, hodisani ifodalaydi.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida regressiv soliq stavkasi asosan soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini oshirish maqsadida qo’llanilib, bu asosan korxonalarning mahsulot (xizmat, ish)ni chetga eksport qilishini rag’batlantirish maqsadida joriy etilgan. Jumladan:
Foyda solig’i bo’yicha:
Eksportchi korxonalar uchun realizatsiyaning umumiy hajmida o’zi ishlab chiqargan tovarlar eksportining erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga eksport qilish ulushiga bog’liq holda daromadga soliq solishning regressiv shkalasi amal qiladi. Eksport ulushi:
- realizatsiyaning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizga qadar bo’lganida – belgilangan stavka 30 foizga kamayadi;
- realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko’p bo’lganida - belgilangan stavka 2 baravarga kamayadi.
Mol-mulk solig’i bo’yicha, ham shu tartib amal qiladi.
Respublikamiz soliq tizimida eksport faoliyatini rag’batlantirishga qaratilgan qator imtiyozlarning mavjudligi milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni o’z mahsulotlarini eksport qilishga yo’naltiruvchi asosiy omil bo’lib xisoblanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda uzoq yillardan buyon yagona soliq stavkalarini joriy etish to’g’risida bahsli munozaralar davom etib kelayapti.
Bu qarashlarni rus olimlari A.Abalkin, P.Bunich va boshqalarning ilmiy ishlarida uchratish mumkin. Ularning qayd etishlariga ko’ra korxonalar foydasidan olinadigan soliq uchun yagona stavka joriy qilish bozor munosabatlariga o’tayotgan davlatlar uchun maqbul va yagona yo’l ekanligini ta'kidlaydi. Fikrining isboti tariqasida yagona stavkani joriy qilishning to’rt sababini ajratib ko’rsatadi:
1) Xo’jalik mexanizmining yagonaligi;
2) Kapitalni sarflash sohalarining soliq munosabatlariga nisbatan tengligi, bu kapitalni erkin xarakat qilishi uchun asos yaratadi;
3) Barcha korxonalarning soliq to’lovchilar sifatida davlat oldida teng huquqliligi;
4) Bozordagi raqobat kurashida sharoitlarning tengligi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bunga qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. Ana shunday fikrlarga ko’ra, barcha korxonalar uchun yagona stavkada foydadan soliq olish maqsadga muvofiq emasdir. Korxonalarning turlicha moliyaviy sharoitda bo’lgan hozirgi davr holatida yagona stavkani qo’llash korxonaning moliyaviy ehtiyojlari bilan davlat manfaatlari yuzasidan keskin qarama- qarshiliklarni yuzaga keltiradi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar soliq tizimiga e'tibor qaratadigan bo’lsak, ular amaliyotida soliq stavkalarini tabaqalashtirilgan holda qo’llanilishini guvohi bo’lish mumkin.
Chunki, soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini yuzaga chiqishi asosan uch xil ko’rinishda yuzaga chiqadi. Bular soliq imtiyozlarini amalga oshirish (soliq ob'ektini kamaytirish), soliq to’lovchilarni soliqdan ozod etish hamda soliq stavkalarini tabaqalashtirish hisoblanadi.
Qayd etish joizki, soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori uchun ham foydali bo’lsada, ammo, bu jarayonda eng asosiy muammo soliq stavkalarini tabaqalashtirish masalasi hisoblanadi.
Agar, soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to’g’ri va egri soliqlar holatiga e'tibor beradigan bo’lsa, egri soliqlarga nisbatan to’g’ri soliqlarda soliq stavkalari ko’proq tabaqalashgan. Buning asosiy sababi, soliqlarning rag’batlantiruvchilik roli asosan to’g’ri va egri soliqlar orqali yuzaga chiqishi, shunga asoslangan holda soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to’g’ri va egri soliqlar orqali korxonalarni turli xil faoliyat bo’yicha rag’batlantirish hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq xo’jalik yurituvchi sub'ektlardan asosan suv manbalaridan tejab tergab foydalanish hamda davlat byudjetini daromad bilan ta'minlash sifatida kiritilgan bo’lib, uni tabaqalashtirishda ikki xil yondashuv amalga oshirilgan, ya'ni suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliq stavkalari sohalar va suvlarni paydo bo’lish manbalariga ko’ra tabaqalashtirilgandir.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida to’g’ri soliqlardan tashqari egri soliqlar ham amal qilib, ushbu soliq turlari bo’yicha ham tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo’llaniladi (5-rasm).
Qo’shilgan qiymat solig’i eng asosiy soliq turlaridan biri bo’lib, bu asosan oborotdan olinadigan va sotuvdan olinadigan soliqlarning o’rniga kiritilgan. Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha dastlabki yilda 32 foizli stavka qo’llanilgan bo’lsa, bugungi kunda umumiy tartibda 20 foizlik va nollik stavka bo’yicha soliq undirilmoqda.


Download 249,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish