Talab qilinadi: 1. Joriy davr uchun yagona soliq to‘lovining summasini hisoblang?
2. Hisobot davrida korxonaning sof foydasini aniqlang?
55. Masala. Ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi korxona shartnoma bo‘yicha kontrakt qiymati 800 000 AQSh dollari bo‘lgan shokolad qandolat mahsulotni import bo‘yicha oldi. Olingan tovarning bojxonadagi qiymati 860 000 dollar. Bojxona deklaratsiyani rasmiylashtirish vaqtidagi kursi 1 AQSh dollari 11050 so‘m. Import bojxona bojining stavkasi - 10%, bojxona xujjatlarini rasmiylashtirilgani uchun undiriladigan yig‘im - 0,2%, tovar muyyan bir mamlakatda ishlab chiqarilganligi bo‘yicha kelib chiqishiga doir sertifikat bilan tasdiqlanmagan.
Talab qilinadi: 1. Import bojxona bojining qiymati necha so‘mga teng?
2. Olingan tovar partiyasining haqiqiy tannarxini aniqlang?
56. Masala. Yuridik shaxs Toshkent shahrida 500 kv metrlik avtomobillarni qisqa muddatga saqlash joyiga va 4 ta bolalar o‘ynaydigan avtomatlari mavjud bo‘lgan o‘yin avtomatlari zaliga ega. 2022 yil uchun eng kam ish haqining qiymati – 270000 so‘m.
Talab qilinadi: 1. Avtomobil saqlash joyiga qat‘iy belgilangan soliqni va bolalar o‘yin avtomatlari bo‘yicha hisoblang?
2. Qat‘iy belgilangan soliqni avtomobil saqlash joyiga va bolalar o‘yin avtomatlari bo‘yicha hisoblang?
57. Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo’lgan korxona 24 000 000 so‘mga qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan 350 kg bo‘yoq sotib olgan. Sotib olingan bo‘yoqdan:
50 kg sifati yomon bo‘lganligi uchun sotuvchiga qaytarib berilgan;
100 kg tekinga bolalar bog‘chasiga berilgan;
20 kg korxona klubini ta‘mirlash uchun ishlatilgan;
180 kg ishlab chiqarish uchun ishlatilgan;
Talab qilinadi: 1. Korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i qaysi qismini hisobga kiritish huquqiga ega?
2. Korxona to’lashi lozim bo’lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblang?
58. Masala. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan qayta ishlash korxonasi joriy yilda quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:
mahsulotni sotishdan tushgan tushum – 48 000 000 so‘m;
bunda qaytarib berilishi lozim bo‘lgan idishning narxi – 3 500 000 so‘m;