159
1. Soliq to‗lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to‗lap ekan, buning evaziga
bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq to‗lovchi
tomonidan to‗langan soliq miqdori bilan u iste‘mol qiladigan ijtimoiy ne‘matlar
o‗rtasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liqlik mavjud bo‗lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatga
ko‗ra soliq narxdan, (tovar yoki xizmatlarni ixtiyoriy iste‘mol qilganligi uchun
to‗lanadigan haq sifatida) ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‗imlaridan
farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‗lovlar hisoblansada, biroq hamma
vaqt hukumat tomonidan ko‗rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‗rilishi bilan
bog‗liqdir.
Davlatga to‗lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy
ne‘matlar o‗rtasida bevosita, har bir kishining ko‗zi ilg‗aydigan bog‗liqlikning
yo‗qligi soliq to‗lovchilar soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlari uchun sabab
bo‗ladi.
Alohida olingan soliq to‗lovchi odatda jamiyat va o‗zining ko‗rgan foydasi yoki
manfaatini to‗lagan soliqlari bilan solishtirib o‗tirmaydi. Bu shunga olib keladiki,
oqibatda fuqarolarning bir qismi soliqlar to‗lashdan bo‗yin tovlashga, o‗z
daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o‗z fuqarolaridan yig‗ib olgan soliqlarni
samarali va oshkora tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning
ijtimoiy - iqtisodiy va boshqa dasturlarini o‗z mablag‗lari hisobidan pul bilan
ta‘minlashga rozi bo‗lgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi.
2. Soliqlar majburiy to‗lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‗liq miqdorda va o‗z
vaqtida to‗lanishi uchun javobgarlik soliq to‗lovchilar zimmasiga yuklangan bo‗lsa-
da, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‗laydilar, davlat soliq to‗lashdan bo‗yin
tovlaganlarni qattiq jazolaydi.
3. Davlat foydasiga soliq to‗lash orqali daromadning avvaldan belgilab qo‗yilgan,
eng muhimi, qonuniy tartibda ko‗zda tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‗pgina
davlatlarning, shu jumladan, O‗zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni belgilash va
ularning hajmlarini aniqlashga faqat Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning
tomonidan vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‗yilgan.
To‗lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo‗lishi soliqlarning bosh tavsifi
hisoblanadi.
4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy byudjetga kelib
tushishidir, ya‘ni soliqlar byudjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga
kelib tushmaydi.
5. Soliqlarga xos bo‗lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda yuridik va
jismoniy shaxslar o‗rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonining yuzaga
kelishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: