Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo'lishi va faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir.Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga Soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
soliqningfiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag‘batlantirish funksiyasi, nazorat funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta ’minlash funksiyasi.
Soliqlaming asosiy funksiyasi—fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so'zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo'lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish —soliqlar fiskal fiinksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi
Ikkinchi muxum funksiyasi ulaming iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlami ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tar tibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Rag’batlantirish funksiyasi mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko'rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi. Soliqlaming rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo‘llab-quwatlab, davlat oqilona soliq siyosati ni olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo'jalik yurituvchi subyektlaming erkin faoliyat ko'rsatishi ta’minlanadi.
Soliqlaming nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish
obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Soliqlami hisoblash jarayonini axborot bilan ta ’minlash funk siyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning qanday ijti- moiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlaming budjetga tushishi toiiq, o*z vaqtida va oson kechadi.
Soliqlar majburiy to ‘lovlar hisoblanadi. Soliqlaming to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo'lsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlami qonunchilikda belgilangan tartibda jazolaydi.
Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan belgilab qoyilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko'zda tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan, 0 ‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlami belgilash va ulaming hajmlarini aniqlashga faqat qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat beril gan davlat organlari haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. 0 ‘zining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ulaming hajmlarini aniqlashga hech kim haqli emas. To‘lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo‘lishi soliqlaming bosh tavsifi hisoblanadi.
Soliqlaming yana bir belgisi ulaming davlat yoki mahalliy budjetga kelib tushishidir, ya’ni soliqlar budjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tushmaydi.
Soliqlarga xos bo'lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda yuridik vajismoniy shaxslar о ‘rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonining yuzaga kelishidir.
Soddaroq qilib aytganda, korxonalar va aholidan olinadigan soliqlar, aslida ular mulkining ma’lum bir qismini davlat hisobiga o'tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan mulk daromad shaklida majburiy to'lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi.
Soliq elementlari bir nechta tushunchalardan iborat bo‘lib, ular tarkiban: soliq subyekti, soliq obyekti, soliq predmeti, soliq manbayi, soliqqa tortish birligi, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari, soliq normasi, soliqni to‘lash muddatlari, soliq yuki, soliq bazasini hisoblash usullari, soliqqa tortish usullari kabi tushunchalami qamrab oladi. Quyida soliq elementlarining har biriga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Soliq subyekti — soliq to‘lash majburiyati yuklangan yuridik va jismoniy shaxslar yoki boshqacha qilib aytganda soliq subyekti — bu soliqqa oid munosabatlami tashkil etuvchi tomonlaming o'zaro majmuasi bo‘lib, unda bir tomondan soliq to'lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar), boshqa tomondan soliqni undirish vakolati yuklangan soliq xizmati organlari
Soliq agenti — yuridik va jismoniy shaxslardan soliqni ushlab qolish va davlat budjetiga o‘tkazib beruvchi yuridik shaxslar.
Soliq obyekti — soliq to‘lovchining soliq hisoblanadigan va soliqqa tortish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan daro madi, oboroti va mol-mulki tushuniladi.
Soliqqa tortish predmeti — soliq solinadigan daromad, oborot, mol-mulk va boshqalarga bo‘lgan huquq emas, balki ulaming o‘zidir, ya’ni soliq solish obyekti bo‘lib biror-bir soliq predmetiga bo‘lgan huquq tushunilsa, predmet bo‘lib ana shu egalik qilinadigan daromad, yer uchastkasi, imorat va boshqalaming o‘zi tushuniladi. Soliq obyekti yoki soliqqa tortish predmeti, unga kim egalik qi lish huquqiga ega bo'lsa, unda soliqni to'lash majburiyati, ya’ni soliq subyektini namoyon qiladi. Demak, aytishimiz mumkinki, soliqqa tortish predmetiga egalik qilish huquqi soliq obyektini vujudga keltirsa, o‘z navbatida ushbu predmetga kimning egalik qilishi soliq subyektini yoki soliq toMovchisini namoyon etadi.
Soliq manbayi — bu soliq to'lovchining tomaydigan soliqlari manbayi, ya’ni daromadi.
Soliq bazasi — soliq obyektining soliq stavkasi qo'llaniladigan miqdori. Hisoblanadigan soliq miqdori nafaqat soliq stavkalarining miqdoriga, shu bilan birgalikda soliq stavkasi qo‘llaniladigan obyektning miqdoriga ham bog‘liq. Soliq bazasining miqdori qonunchilikda soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan soliq obyektidan ruxsat etiladigan chegirmalarga bog'liq ravishda o'zgarib turishi mumkin.
Soliqqa tortish birligi — bu obyektning o'lchov birligi. Masalan, daromad yoki mol-mulk solig‘ida obyektning o‘lchov birligi bo‘lib uning so‘mdagi bahosi ifodalansa, yer solig'ida o'lchov birligi bo‘lib kv. m yoki gektar hisoblanadi.
Soliq stavkasi — obyektning har bir birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yordir. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki, soliq stavkalarini o'zgartirish orqali dav lat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga sezilarli ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, kapital zarur sohalarga yo‘naltirilishi, rag‘batlantirilishi mumkin.
Soliq imtiyozlari — soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib, ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin. Soliq imtiyozlarining turiari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Soliq yuki — soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan soliqlarining yig'indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to'lovlarining yig‘indisi ifodalanadi.
Soliqlaming mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri, asosan, ulaming stavkalari darajasining miqdori bilanbelgilanadi. Respublika soliq tizimining shakllanishini hozirgi bosqichida soliq stavkalarining darajasi eng munozarali masalalardan hisoblanadi.
Soliq amaliyotida soliqlami undirisiming uchta usuli mavjud:
1.Kadastrli.
2.Daromad manbayidan.
3.Daromad egasi daromadni olganidan so'ng (deklaratsiya boyicha).
Do'stlaringiz bilan baham: |