Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


III. Soliq organlari xodimlarining kasb malakasini oshirish va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini



Download 217,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana30.03.2022
Hajmi217,37 Kb.
#519008
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
595-сон 22.09.2021. Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

III. Soliq organlari xodimlarining kasb malakasini oshirish va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini
olib borish
11.
QQS soliq to‘lovchilarni maxsus ro‘yxatga olishda tahlika-
tahlilga asoslangan yondashuvidan foydalanish sohasida
mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha Fiskal institutda
maqsadli kurslarni tashkil etish.
Kurs grafigi
2021-yil
oktyabr
Davlat soliq qo‘mitasi


12.
Tadbirkorlik subyektlari uchun ro‘yxatga olish jarayonida
tahlika-tahlil yondashuvining mohiyati va ahamiyati haqida
seminarlar o‘tkazish.
Seminarlar grafigi Yil davomida
Davlat soliq qo‘mitasi,
O‘zbekiston Milliy
teleradiokompaniyasi
13.
Amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida bozorning
professional ishtirokchilarining fikrlarini o‘rganish uchun soliq
maslahatchilari va soliq to‘lovchilarning hisobchilari bilan
davra suhbatlari o‘tkazish.
Kompleks chora-
tadbirlar
Yil davomida Davlat soliq qo‘mitasi
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-
sentabrdagi 595-son 
qaroriga 
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT,
2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish
tartibi to‘g‘risidagi
 nizom 
quyidagi mazmundagi 46 -band bilan to‘ldirilsin:
“46 . Qonunchilik hujjatlariga muvofiq majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan
mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoida va tartiblariga rioya
etmagan holda ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish, qonunchilik hujjatlariga
muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llangan holda, savdo qoidalarini buzish sifatida qaraladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda
O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va
sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son 
qarorida 
(O‘zbekiston
Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) 
1-ilovada
:
21-band 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Tovarlar uchun xaridorlar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalari,
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual
kassalar qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Savdo obyekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa
mashinalarida (virtual kassada) ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qat’i nazar majburiy raqamli markirovkalangan
mahsulotlarning chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga
oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni
va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan, ya’ni 2D skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi
terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa
mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart.
Turg‘un savdo shoxobchalarida va ko‘chma savdo obyektlarida bank kartochkalaridan
foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi
ta’minlanishi kerak”;
189-bandning 
yigirma birinchi xatboshisi 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash
tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-
dekabrdagi 833-son qarorida nazarda tutilgan qoida va tartiblariga rioya etmagan holda
mahsulotlarni sotish (identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan
mahsulotlar uchun);”;
b) 
2-ilovada
:
13-band 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Iste’molchilar bilan naqd pulli hisob-kitoblar nazorat-kassa mashinalarini, qonunchilik
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalarni
qo‘llagan holda amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida nazarda
1
1


tutilgan hollar bundan mustasno. Umumiy ovqatlanish obyekti rahbari xodimni nazorat-kassa
mashinalarini (virtual kassalarni) ishlatish qoidalari bilan tanishtirishi shart.
Tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat turidan qat’i nazar majburiy raqamli markirovkalangan
mahsulotlarning chakana savdosini, shuningdek umumiy ovqatlanish xizmatlarini amalga
oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni
va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan, ya’ni 2D skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi
terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar bilan jihozlangan onlayn nazorat-kassa
mashinalari yoki virtual kassalaridan foydalanishi shart”;
25-bandda
:
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash
tartibiga va qoidalariga”;
to‘qqizinchi — o‘n yettinchi xatboshilar 
tegishlicha o‘ninchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb
hisoblansin;
26-bandda
:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni sotish
(identifikatsiya vositasi bilan majburiy raqamli markirovkalash talab etiladigan mahsulotlar uchun);”
sakkizinchi
va 
to‘qqizinchi xatboshilar 
tegishlicha to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar deb
hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik
subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”
2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 9-
fevraldagi 66-son 
qarorida
(O‘zbekiston Respublikasi QT., 2017-y., 2-son, 5-modda):
a) Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning
5-
ilovasidagi 
V bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Download 217,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish