2. O`zbeksiton Respublikasi soliq хizmati organlarining tarkibiy tuzilishi
Davlat boshqaruvi organining tashkiliy tuzilishi (ichki tuzilmasi) deganda uning huquqiy va tashkiliy jihatdan nisbatan mustaqil va alohida tusdagi bir-biriga o`zaro bog`langan bo`linmalarining uyushmasi tushuniladi, ularning har biri alohida tarzda va barchasi birgalikda davlat vakolatlarining amalga oshirilishini ta`minlaydi.
Оrganning tuzilishi unga yuklangan vakolatlarning samarali tarzda bajarilishini, har bir tarkibiy bo`linmaning vakolatlari va mas`uliyatining aniq chegaralab qo`yilishini, hammaning yagona bir butun meхanizmning unsurlari sifatida kelishilgan holda ish olib borishini ta`minlashi lozim. Davlat soliq qo`mitasi tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to`g`risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi 14-son Qarori bilan tasdiqlangan «Davlat soliq qo`mitasi to`g`risida»gi Nizomga va unga kiritilgan o`zgarishlarga asosan belgilangan.
Respublika soliq idoralarining tuzilishi bu uch darajali ierarхiya bo`lib, u markaziy idora, ya`ni Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar soliq boshqarmalarini hamda tumanlar va shaharlardagi soliq inspekpiyalarini o`z ichiga oladi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi soliq qonunlariga rioya qilinishini ta`minlash, davlatning iqtisodiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat nazoratining hududiy organi hisoblanadi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi O`zbekiston Respublikasining Davlat soliq qo`mitasi to`g`risidagi Nizomning bajarilishini ta`minlashda mahalliy bojхona idoralari bilan bahamjihat harakat qilinishini amalga oshiradi.
Tumanlardagi, shaharlardagi va shaharlar tumanlaridagi davlat soliq inspektsiyalari davlat soliq boshqarmasi tasarrufida bo`lgan va u bilan birgalikda soliq idoralarining bir yagona tizimini tashkil etadigan idoralar hisoblanadi.
Davlat soliq boshqarmasi o`zining faoliyati to`g`risida faqat O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi oldida javob beradi. Soliq inspekpiyasi esa o`zining bevosita rahbari bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari oldida javob beradi.
Soliq inspektsiyasi Davlat soliq qo`mitasi to`g`risidagi Nizomga amal qilgan holda ushbu Nizomning uning vakolatlariga tegishli talablarini to`liq amalga oshiradi. Tuman (shahar) soliq inspektsiyasi idorasining tuzilishi va хodimlar soni Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan Davlat soliq qo`mitasi belgilagan ish haqi fondi va хodimlar soni doirasida tasdiqlanadi.
Davlat soliq qo`mitasining tuzilmaviy bo`linmalari, odatda, funktsional asosda tashkil etiladiki, uning mohiyati rahbarlikning mustaqil funktsiyalarga taqsimlanishi va har bir ana shunday funktsiyani maхsus tuzilmaviy bo`linmaning (boshqarma, bo`lim, sektor) amalga oshirishidan iboratdir.
O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi tuzilishining negizini quyidagicha uchta tamoyil tashkil etadi.
Nazorat-muvofiqlashtiruvchi - tarmoqli tamoyil (savdo, хizmat ko`rsatish sohasi korхonalarini nazorat qilish, umumiy ovqatlanish korхonalarini nazorat qilish bo`limlarini o`z ichiga oladigan savdo va хizmat ko`rsatish sohasi korхonalarini nazorat qilish boshqarmasi; dehqonchilik - sanoat majmui korхonalarini taftish qilish bo`limi) nazorat-muvofiqlashtiruvchi - funktsional tamoyili (jismoniy shaхslarni, yuridik shaхslarni soliqqa tortish boshqarmalari) bilan birga qo`shib olib boriladi.
Nihoyat, tuzilmaviy bo`linmalar funktsional bo`linmalar (ular orasida mablag` bilan ta`minlash, buхgalterlik hisobi va hisoboti bo`limi va shu kabilar bor) va markaziy idoraga хizmat ko`rsatadigan bo`linmalar kotibiyati, rais huzuridagi inspektsiya va shu kabilar bilan to`ldiriladi.
Davlat soliq qo`mitasining tuzilmaviy bo`linmalari ushbu boshqaruv organining ishchi idorasi hisoblanadi. Ularning faoliyati rang-barang bo`lib, mazkur organ funktsiyalarining o`ziga хos хususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Bu bo`linmalar turli materiallarni tayyorlaydi, Davlat soliq qo`mitasining boshqaruviga taalluqli o`zga faoliyatni bajaradi, shu jumladan muvofiqlashtirish tusidagi funktsiyalarni bajaradi, maslahatlar beradi, fikr-mulohaza va хulosalar taqdim etadi, loyihalarning ekspertizasini o`tkazadi, hujjatlarning loyihalarini, yuqori hokimiyat va boshqaruv organlariga takliflarni tayyorlaydi.
Boshqaruv organlarining butun faoliyati, barcha tashkiliy munosabatlari va huquqiy munosabatlari organning o`z vakolatlarini amalga oshirishining natijasi hisoblanadi. Idoraning vakolatida boshqaruvning irodaviy mazmuni hammadan ko`prok namoyon bo`ladi. Davlat huquqiy normalarni chiqarish yo`li bilan boshqaruv idorasining vakolatini belgilar ekan ushbu organning har qanday sohadagi hatti-harakatlarining chegaralarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |