Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni



Download 194,24 Kb.
bet35/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

- Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar ta’minlab berish. Soliqlarning fiskallik funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko’p jihatdan bog’liq Bu ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, soliqlarning fiskallik funksiyasi shunchalik faol bo’ladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi.

- Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko’maklashish. O’zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini bajarishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo’naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo’naltirishning qudratli vositasi bo’lishi kerak.

- Aholining mehnat faolligini rag’batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bogliq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70-80 yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo’llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan.

- Iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari o’rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo’yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o’zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o’zgarmaydigan bo’lishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo’lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, soliqlarning byudjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo bo’lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarining tabaqalashtirish yo’li orqali hal etish mumkin.



Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o’rta va uzoq muddatli vazifalarga bo’linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat byudjetining tushumlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga balki davlat daromadlarini byudjetning o’rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.



Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish