Kushon podsholigi
hukmronlik qildi. Bu davrda soliqlarni
hisoblash va undirish tartibi haqida yetarli ma’lumot bo’lmasa ham, lekin
ayrim arxeologik topilmalar, soliqlar oltin bilan hisoblanishini, undagi hujjatlar
soliqlarni qabul qiluvchi xazinabon lavozimi bo’lganligidan darak beradi.
Surxondaryoning Denov shahriga yaqin Dalverzintepa qishlog‘idan topilgan
Kushon davlati davrida bunyod etilgan saroy qoldiqlari orasidan 40 kg dan
ortiq oltin joylashtirilgan xum topilgan. Ashxobod yaqinidan topilgan bitiklar,
yozuvlar esa soliq to’lash bo’yicha katta devon bo’lganligidan darak beradi.
Bu hujjatlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, soliq yig‘ish va mahsulotlarni
asrashga ko’pdan-ko’p amaldorlar jalb qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |