SOLIQ ISHINI TASHKIL ETISH ASOSLARI
ST-80 GURUH TALABASI SHAYDULLAYEVA SHAHNOZA
Reja:
1.O’zbekiston Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi.
2.Davlat soliq qo’mitasining vazifalari va funktsiyalari.
3. AQSh soliq tizimida soliq idoralari faoliyati.
1.O’zbekiston Respublikasi soliq xizmati organlarining tarkibiy tuzilishi.
Davlat soliq qo’mitasi tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g‘risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi 14-son Qarori bilan tasdiqlangan «Davlat soliq qo’mitasi to’g‘risida»gi Nizomga va unga kiritilgan o’zgarishlarga asosan belgilangan.
Respublika soliq idoralarining tuzilishi bu uch darajali ierarxiya bo’lib, u
markaziy idora, ya’ni Davlat soliq qo’mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Toshkent shahri, viloyatlar soliq boshqarmalarini hamda tumanlar va shaharlardagi soliq inspekpiyalarini o’z ichiga oladi.
ÒZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QÒMITASI HAQIDA MA’LUMOT O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi soliq to'g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash sohasidagi nazorat bo'yicha respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. - Qo'mita O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo'ysunadi.
Davlat soliq qo'mitasi Raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovich - Qo'mita o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
- Qo'mita, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari (keyingi o'rinlarda davlat soliq xizmatining hududiy organlari deb ataladi), Yirik soliq to'lovchilar bo'yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o'rinlarda hududlararo inspeksiya deb ataladi), shuningdek, qo'mita tizimiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g'aznachiligida shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobraqamlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |