77
Haqiqatdan ham zamonaviy madaniyatning holisona tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ma’naviy
madaniyat ko’proq ommaviylik kasb etib bormoqda. Ommaviy madaniyatning qiyofasi quyidagicha:
1.U millat, yoshi, joyi, ijtimoiy hususiyatlarga bog’liq bo’lmagan ommaviy iste’molchilarga ega
bo’ladi;
2.Bu madaniyatdagi namunalarni yaratgan jarayonning o’zi
ommaviy hususiyat kasb etib,
industriyaning mahsus ko’rinishini o’zida mamoyon qiladi, ya’ni unda yuz minglab kishilar band bo’lib,
ularning «matbuot qiroli», «Buyuk shou tomoshabinga», «kino, ТV, estrada yulduzlari» bo’ladi.
Ommaviy madaniyat kishilarni hayotni befar kuzatuvchi tomoshabinga aylantiradi. O’zlari ham
mavjud hayotni guyo sarob kabi tasavvur qiladilar.
Ommaviy madaniyat umumiy iste’molchilik ehtiyoji bilan bog’liq. Buning asosida iste’mol talab
tovar sifatida xaridorgir bo’lish ma’anviy ehtiyoji yotadi. Oqibatda hozirgi zamon madaniyatidagi
ma’naviy qadriyatlar tor doiradagi ehtiyojlarni qondirish vositasiga aylanadi. Madaniyatning chuqur
ma’no-mohiyati, xotira cheksizligi «odatli», «umumiy» qimmatlar bilan, haqiqiy ijod avvaldan ma’lum,
mavjud namuna asosidagi «asarlar» yaratish va ishlab chiqish (kinoseriallar, sayez ТV va adabiy asarlar)
bilan almashinadi. Shaxs o’zining ijodiy qobiliyati milliyatidan ayrilib, tayyor «madaniy mahsulotlar»
iste’molchisiga aylanib qoladi. Hususan yoshlar uchun ommaviy madaniyatning
xatarli oqibatlarini
Prezidentimiz bir necha bor qayd etgan edilar.
Har bir inson ikki yo’ldan birni tanlamog’i yo iste’molchi tarzda oqib bilan suzmog’i, yohud o’ziga,
o’zligiga nisbatan talabchan bo’lib girdobdan chiqmog’i lozim. Insoniyat tobora texnika taraqqiyoti va
ommaviy kommunikatsiyaning sotsial va ekologik jihatdan nazoratga olish, bugungi odam ma’naviy
qiyofasini birhillashtirish (standartlash) ga qarshi jiddiy to’siq qo’yish zaruriyatini anglamoqda. Ushbu
masalani o’ta kechkinligiga e’tibor qaratish, mavjud muammolarning yechim yo’llarini belgilashda 1990
yillarda BMТ-Bosh Assambleyasi e’lon qilgan Madaniyatning umumjahon o’n yilligi muhim bosqich
bo’ldi. «O’n yillik»ning asosiy maqsadi-iqtisod va texnika tezkor rivojlanayotgan
hozirga davrda
umuminsoniy madaniy qadriyatlarning birinchi darajali ahamiyatini tiklashdan iborat bo’lib, bunda
quyidagi vazifalarni hal etish masalasi amaliy qo’yildi: barcha tomonidan taraqqiyotni madaniyat
yuksalish muhimligini tan olish, moddiy ishlab chiqarish bilan ijodkorlarning aloqadorlik yo’llarini
belgilash, madaniy o’ziga hoslik va madaniyatlar muloqotini tan olish, individual
va jamoa timsolida
ijodiy potensial va tashabbuskorlikni qo’llab-quvvatlash, halqaro madaniy hamkorlikni rivojlantirish va
boshqalar. Mustaqillik tufayli O’zbekistonning asosiy maqsadi madaniyatlarni yanada rivojlantirish va
bir-birini boytishga yo’naltirilgan BMТ boshchiligida o’tkazilgan qator xalqaro dasturlarda jumladan,
«Umumjahon manadiy merosi», «Buyuk ipak yo’li» dasturlarida bevosita va faol ishtirok etdi. Bugungi
kunda Respublikada umumjahon ahamiyatiga molik mahomidagi Samarqand, Buxoro,
Хiva va
Shahrisabz yodgorliklari mavjud, shulardan keyingi uchtasi mavzku maqomga 1991 yildan so’ng erishdi.
«Buyuk ipak yo’li»-bu nafaqat tarix, u bugungi kun hamdir. 1993 yilning mayida Yevropa
komissiyasi Bryusselda Markaziy Osiyo, Kavkaz hamda Yevropa ittifoqi davlatlari vakillarini to’pladi.
Maqsad-ajdodlardan qolgan qadim yo’llarni tiklash orqali Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasidagi
mustaqil davlatlarni jahon iqtisodiyotiga integratsiyasini ta’lim etish;
Uchrashuvda Yevropa-Kavkaz-
Osiyo transport yo’lagini tashkil etish to’g’risida deklaratsiya qabullandi. I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek,
ТRASEK (transport yo’lagi) loyihasini amalga oshirish-Buyuk ipak yo’lini qayta tiklash ayrim shaxslar
faoliyatining mahsuli emas, u zamon, jahon taraqqiyotining ob’ektiv zaruriyatidir. YuNESKOning amaliy
qadamlaridan biri-«Ipak yli-muloqot yli dasturi asosida Samarqandda Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari
tarixini o’rganishga qaratilgan xalqaro Markaziy Osiyo tadqiqotlari institutining tashkil etilishi bo’ldi.
Mustaqil davlatimizning milliy madaniyatini tiklash, rivojlantirish va umuminsoniy qadriyatlar
asosida boyitishyo’lidagi yutuqlari tufayli 1997 yili O’zbekiston YuNESKO Ijroiy Kengashining a’zosi
etib qo’llandi, Prezidentimiz I.A.Karimov «Ibn Sino» medali bilan taqdirlandi.
Yurtimizda jisman va
ma’nan sog’lom avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish yoshlarda tarixiy ong va mustaqil
tafakkurni shallantirishga katta e’tibor qaratmoqda. 2000 yil O’zbekistonda «Sog’lom avlod yili» deb
belgilandi. Buni mohiyati shundaki, kechayotgan islohotlarning mohiyati insonga qaratilgan va u inson
uchun amalga oshirilmoqda. Binobarin sog’lom avlod-millat, yurt kelajagi demak.
Yurtimizda birinchi
ordeni ham «Sog’lom avlod uchun» deb nomlangani bejiz emas. Bu buyuk kelajak yo’lidagi umidli
qadam timsolidir.
Do'stlaringiz bilan baham: