Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети


Yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallarini



Download 2,31 Mb.
bet138/177
Sana31.12.2021
Hajmi2,31 Mb.
#260376
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   177
Bog'liq
Soliq akademiyasi

Yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallarini hisoblab chiqarish va to’lash tartibi Soliq kodeksining (SK) 51 - bobi bilan tartibga solinadi. Yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasi rezidentlari YaIТ to’lovchilaridir. Sug’urta badallarini hisoblab yozish va ushlash majburiyati, shuningdek ularni to’g’ri hisoblab yozish uchun javobgarlik ish beruvchi zimmasiga yuklanadi.

Yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari solish ob’ekti bo’lib SKning 172 - moddasida ko’rsatilgan quyidagi mehnat haqi tarzidagi daromadlar hisoblanadi:



  • mehnatga haq to’lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;

  • rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar (SKning 173 - moddasi);

  • kompensatsiya to’lovlari (SKning 174 - moddasi);

  • ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash (SKning 175 - moddasi).

YaIТ va sug’urta badallarini hisoblab yozish uchun soliq solinadigan baza SKning 308-moddasiga ko’ra imtiyozlar chegirilgan holda mehnat haqi tarzidagi daromadlar summasi sifatida belgilanadi. Yuridik shaxslarga jismoniy shaxs manfaatlarida tovarlar (ishlar, xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to’lash, shujumladan:

  • sanatoriy - kurortlarda davolanish yo’llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning o’rnini qoplash qiymatini to’lash;

  • yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bo’lgan boshqa xarajatlari;

  • soliq to’lovchining manfaatlarini ko’zlab tekinga, shu jumladan hadya shartnomasi asosida berilgan mol - mulk, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar qiymati - soliq to’lovchi yuridik shaxsdan olgan, YaIТ va sug’urta badallari solinadigan ob’ekt bo’lib hisoblanmaydigan moddiy naf tarzidagi daromadlar hisoblanadi.

Yagona ijtimoiy to’lov (YaIТ), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i (JSHDS), byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga fuqarolarning sug’urta badallari (sug’urta badallari) mehnatga haq to’lash jamg’armasidan kelib chiqib hisoblanadi. Ko’pincha korxonalarning rahbarlari soliq yukini kamaytirish maqsadida ta’til berish, umumdavlat bayramlari chog’ida xodimlarni rag’batlantiradilar, biroq buyruqda ushbu to’lovlar "moddiy yordam" deb nomlanadi. Soliq kodeksi (bundan keyin - SK) 178 - moddasining 16 - bandiga ko’ra jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga:

  • vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan;

  • mehnatda mayib bo’lish, kasb kasalligi bilan kasallanish yoki sog’liqqa boshqacha shikast yetishi munosabati bilan xodimga beriladigan;

  • favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan;

  • maqsadli tusda bo’lgan va xodimlar bilan yuz bergan, shaxsiy tusdagi voqealar, hollar va tadbirlar taqozo etmagan va bajariladigan ish natijalari bilan bog’lanmagan to’lov tarzidagi;

  • qishloq xo’jaligi mahsuloti yoki uni xarid qilishga mablag’lar berish tarzidagi moddiy yordam kiradi.

Тa’til, umumdavlat bayramlariga pul mablag’lari to’lanishi maqsadli tusga ega emas va xodimlar bilan yuz bergan, shaxsiy tusdagi voqealar, hollar va tadbirlar taqozo etmagan hamda o’z mohiyatiga ko’ra rag’batlantiruvchi to’lovlarga kiradi. Тegishincha, ularga YaIТ solinadi va ulardan Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari ushlanadi.

MISOL. MCHJ rahbariyati 2013 yil 8 martga o’z xodimlarini taqdirlashga qaror qilib, ularga 12000 ming so’m moddiy yordam to’lash to’g’risida buyruq chiqardi. Ushbu summadan YaIТ hisoblanmadi va sug’urta badallari ushlanmadi. Mazkur holda 25%lik stavka bo’yicha 3 000 ming so’m YaIТni qo’shimcha hisoblash va fuqarolardan 600 ming so’m badal (6%) ushlab qolish lozim.

Хodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganida ham ta’tildan foydalanmaganlik uchun kompensatsiya to’loviga YaIТ va sug’urta badallarini hisoblamaslik yana bir tez - tez uchraydigan xatodir.

Ba’zi korxonalar pensionerlarga qo’shimcha haq to’laydilar va ushbu summalardan YaIТ hamda sug’urta badallarini to’lamaydilar. Agar pensioner mazkur korxonada endi ishlamayotgan bo’lsa, bu to’g’ri (SK 178 - moddasining 18 - bandi). Biroq agar pensioner ishlasa, vaziyat boshqacha tus oladi. Pensiya va nafaqalarga qo’shimcha haqlar, yuridik shaxs mablag’i hisobidan to’lanadigan stipendiyalar mehnat haqi tarzidagi daromad hisoblanadi (SK 175 - moddasining 15 - bandi), shu bois ularga YaIТ va sug’urta badallari hisoblanmaydi.

2012 yil 1 yanvardan boshlab ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan va mehnat shartnomasi bo’yicha ish bajaradigan jismoniy shaxslarga yoki fuqarolik - huquqiy tusdagi shartnomalar bo’yicha jismoniy shaxslarga to’lanadigan oziq - ovqat va yo’l chiptalarining qiymati yoki oziq - ovqat va yo’l chiptalarining qiymatini qoplash kompensatsiya to’lovlariga kiritiladi (SKning 174 - moddasi), ularga YaIТ va sug’urta badallari solinadi (30.12.2011 yildagi O’RQ - 313 - son Qonun to’rtinchi moddasining 14, 15 - bandlari).

Хodimlar va ularning oila a’zolariga profilaktoriy, pansionat, dam olish zonasida, shuningdek xodimlarning bolalariga sog’lomlashtirish oromgohlarida berilgan oziq - ovqat ularning qiymatiga kirsa ham, yo’llanmalar moddiy naf tarzidagi daromadlarga kiradi hamda ularga YaIТ va sug’urta badallari solinmaydi.

Хodimlarning davolanishga va sportchilarning yig’inlar yoki musobaqalar o’tkazish joyiga borishlariga to’lanadigan yo’l haqi ham moddiy naf tarzidagi daromadlarga kiradi hamda ularga YaIТ va sug’urta badallari solinmaydi, chunki mazkur to’lovlar yo’l chiptasi ham, ularning qiymatini qoplash ham hisoblanmaydi.

Bolalarning sog’lomlashtirish oromgohlarida ishlaydigan xodimlaringizning ovqatlanish qiymatiga haq to’lashga, xodimlaringiz bo’lgan sportchilarning ovqatlanish qiymatini qoplashga esa 2012 yil 1 yanvardan boshlab YaIТ va sug’urta badallari solinadi.

Bundan tashqari, Soliq kodeksining 179 - moddasida xodimlarning ba’zi daromadlari bo’yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’iga doir imtiyozlar nazarda tutilgan.




Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish