Soliq solish ob’ekti
|
Soliq solinadigan baza
|
Vositachilik, topshiriq shartnomalari va vositachilik xizmatlarini ko’rsatishga doir boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi yuridik shaxslar
|
- QQS chegirilgan holda, vositachilik haqi summasi
|
Тayyorlov, ta’minot-sotish tashkilotlari
|
- QQS chegirilgan holda tovar oboroti hajmi
|
Qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari
|
- QQS chegirilgan holda, o’z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmi
|
Kredit va sug’urta tashkilotlari
|
- daromad
|
Kommunal xo’jalik tizimining issiqlik, suv va gaz ta’minoti korxonalari uchun
|
- mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning realizatsiya qilingan hajmi, QQS va tegishincha issiqlik ta’minoti korxonalari uchun issiqlik quvvatining, suv ta’minoti korxonalari uchun suvning, gaz ta’minoti korxonalari uchun tabiiy gazning xarid qiymatini chegirgan holda
|
Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiradigan respublika ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalari
|
- yagona soliq to’lov
|
"O’zdonmahsulot" AK korxonalari (g’alla qabul qilish korxonalari va don qabul qilish faoliyatiga ega bo’lgan donni qayta ishlaydigan korxonalar)
|
- QQS chegirilgan holda ta’minot-sotish ustamasi va siylovi (skidka)
|
Asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo’lgan yuridik shaxslar
|
- foiz ko’rinishidagi daromad summasi
|
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari korxonalari
|
- QQS va aksiz solig’i chegirilgan holda, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish hajmi
|
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga, Respublika yo’l jamg’armasiga, Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armalariga majburiy ajratmalar bo’yicha majburiy ajratmalar har oyda soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Soliq to’lovchilar turli xil soliq solish ob’ektlariga ega bo’lgan hollarda, ular soliq solish ob’ektlarining alohida-alohida hisobini yuritishi va tegishli ob’ektlardan kelib chiqqan holda Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lashi shart.
10-chizma
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga, respublika yo’l jamg’armasiga va ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armasiga majburiy ajratmalar bo’yicha
hisob-kitobini to’ldirish tartibi
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga, Respublika yo’l jamg’armasiga va
Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal
ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armasiga
majburiy ajratmalar to’lovchilar to’g’risida
MA’LUMOТLAR
|
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga, Respublika yo’l jamg’armasiga va Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armasiga majburiy ajratmalar
HISOB-KIТOBI
|
1- ilova.
|
Soliq solinadigan bazaning kamayishi
|
MISOL. Qurilish tashkiloti savdo majmuida qurilish ishlarini pudrat shartnomasi asosida amalga oshirmoqda. Qurilishning bir qismini bajarish uchun subpudrat tashkiloti jalb qilingan. Jami ish hajmi 21 370 ming so’mni tashkil qilib, shundan o’z kuchi bilan bajarilgan ishlar - 17 520 ming so’mni (shu jumladan QQS summasi 2 920 ming so’m) tashkil qiladi.
Ushbu holda Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma quyidagicha hisoblanadi:
ajratma bazasi - 14 600 ming. so’m (17 520 - 2920);
ajratma 1,6% stavka bo’yicha hisoblanadi ajratma summasi - 232,6 ming so’m (14 600 x 1,6%);
YO’l jamg’armasi birlashgan byudjet daromadlarining tarkibini asosiy qismini tashkil qilgan holda davlatning o’z vazifalarini amalga oshirishning moliyaviy asosi bo’lib hisoblanadi va davlat mavjudligining ajralmas belgisidir.
MISOL. Makaron ishlab chiqaruvchi korxona 4 200 ming so’mlik (shu jumladan QQS - 700 ming so’m) mahsulotini realizatsiya qildi. Bundan tashqari, vositachilik xizmatlarini ham ko’rsatadi. Hisobot davrida vositachilik shartnomasi asosida olingan 3 600 ming so’mlik mahsulot realizatsiya qilindi. Vositachilik haqi 720 ming so’m bo’lib, undan 120 ming so’mi QQS summasiga to’g’ri keladi.
Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma ob’ektlari quyidagilar:
- realizatsiya qilingan makaron mahsuloti uchun QQS summasini chegirgan holda - 3 500 (4 200 - 700) ming so’m;
- vositachilik shartnomasi asosida sotilgan tovarlar bo’yicha vositachilik haqi QQS summasisiz - 600 (720 - 120) ming so’m.
Majburiy ajratma 57,4 ming so’mni tashkil qiladi, shu jumladan:
49 ming so’m (3 500 x 1,4%) - o’zi ishlab chiqargan mahsuloti bo’yicha,
8,4 ming so’m (600 x 1,4%) - komissiya shartnomasi asosida olingan vositachilik haqidan;
4) savdo faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar uchun - tovar oboroti;
5) kredit tashkilotlari va sug’urta tashkilotlari uchun - agar SK 317-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, SKning 148 va 150-moddalariga muvofiq aniqlanadigan daromad;
6) asosiy faoliyati mol-mulkni lizingga berishdan iborat bo’lgan yuridik shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi.
MISOL. Lizing kompaniyasi uskunalarni qurilish tashkilotiga lizingga bermoqda. Lizing to’lovlari oylik to’lab boriladi. Hisobot davrida lizing shartnomasi bo’yicha asosiy qarz 3 000 ming so’m, foiz to’lovi 300 ming so’mni tashkil qildi.
Shunday qilib, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratma summasi 4 200 so’mni (300 000 x 1,4%) tashkil qiladi.
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga, Respublika yo’l jamg’armasiga, Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armalariga majburiy ajratmalar bo’yicha 2012 yil soliq to’lovchilar uchta shakl - byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmalari bo’yicha 11-ilova, Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar bo’yicha 12-ilova va byudjetdan tashqari Тa’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar bo’yicha 13-ilova soliq hisoboti shakllari to’ldirgan bo’lsalar, 2013 yildan boshlab uchta ajratma o’rniga bitta 11-ilovadagi shaklni to’ldiradilar.
Ushbu hisob-kitob shakli hisob-kitobdan va hisob-kitobiga 1-ilovadan iborat.
Bunda, hisob-kitob shakli soddalashtirilgan va 6 ta ko’rsatkichdan iborat bo’lib, har bir uchta ajratma bo’yicha ustunlar to’ldiriladi.
010-satrda realizatsiya qilishdan sof tushum asosida aniqlanadigan soliq solinadigan baza;
020-satrda soliq solinadigan bazaning kamayishi;
030-satrda ishonchli shaxs tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasi bo’yicha sof tushum;
040-satrda soliq solinadigan baza;
050-satrda majburiy ajratmalar stavkasi;
060-satrda hisobot davri uchun to’lanishi lozim bo’lgan majburiy ajratmalar summasi.
Тo’lash muddatlari saqlangan holda hisob-kitoblarni taqdim etish chorak asosiga o’tkazilganligini hisobga olib, 010, 020, 030, 040, 060-satrlarda ko’rsatkichlar yoziladi:
- chorakning birinchi oyi oxiriga;
- chorakning ikkinchi oyi oxiriga;
- chorakning uchinchi oyi oxiriga.
Kichik biznes sub’ektlariga kirmaydigan soliq to’lovchilar ko’rsatkichlarni oyma-oy to’ldiradi.
Soliq solinadigan baza 010-satrda "Ishonchli shaxs tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasi bo’yicha sof tushum" chegirilgan holda ko’rsatiladi. "Ishonchli shaxs tomonidan birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot realizatsiyasi bo’yicha sof tushum" faqat 030-satrda ko’rsatilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |