Jabrlanuvchining aybini hisobga olish - ba’zida zarar nafaqat uni yetkazuvchining harakatlari (harakatsizligi), balki jabrlanuvchining o’z xatti-harakati natijasida ham yuzaga keladi. Bunday hollarda zarar uchun javobgarlikni to’liq darajada faqat uni yetkazgan shaxsgagina yuklash nohaqlik bo’ladi.
Shu munosabat bilan Mehnat kodeksining 191-moddasida aralash javobgarlik qoidasi qayd etilgan: agar jabrlanuvchining qo’pol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishi yoki ko’payishiga sabab bo’lsa, to’lanishi lozim bo’lgan zarar miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga qarab, muvofiq ravishda kamaytiriladi.
Aralash javobgarlik to’lanishi lozim bo’lgan zararning qo’shimcha turlariga, bir yo’la beriladigan nafaqaga, shuningdek boquvchining vafoti munosabati bilan zararni to’lash hollariga tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |