Baxtsiz hodisa - Mehnat kodeksi189-moddasining birinchi qismiga muvofiq xodimning sog’lig’iga mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki u o’z mehnat vazifalarini bajarish bilan bog’liq holda sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zararni ish beruvchi to’liq hajmda to’lashi shart.
Zararni to’lash:
jabrlanuvchiga yo’qotgan ish haqi (daromad)ni to’lashdan;
sog’lig’iga shikast yetishi bilan bog’liq qo’shimcha xarajatlarning kompensatsiyasidan;
belgilangan hollarda esa - bir yo’la beriladigan nafaqa to’lashdan iboratdir (Mehnat kodeksi 190-moddasining birinchi qismi).
Do'stlaringiz bilan baham: |