Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети


Konsertlar va tomosha tadbirlarini tashkil etish bo’yicha faoliyatga umumbelgilangan soliqlar



Download 2,31 Mb.
bet38/139
Sana03.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#737198
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   139
Bog'liq
Soliq akademiyasi

Konsertlar va tomosha tadbirlarini tashkil etish bo’yicha faoliyatga umumbelgilangan soliqlar (mazkur faoliyat turi bo’yicha foyda solig’i stavkasi - 35%) yoki yagona soliq to’lovi - agar tashkilot mikrofirma yoki kichik korxona hisoblansa (YaSТ stavkasi - 30%) solinadi.
Soliq kodeksining 155-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan daromadlariga mazkur daromadlarni olish bilan bog’liq xarajatlar chegirib tashlanmagan holda to’lov manbaida soliq solinadi. Norezidentlarning to’lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga, xususan, quyidagilar kiradi:
dengiz, daryo va havo kemalaridan, temir yo’l yoki avtomobil transporti vositalaridan xalqaro tashishlarda foydalanishdan olinadigan daromadlar. Ularga transport vositalaridan to’g’ridan-to’g’ri foydalanishdan, ularni ijaraga berishdan yoki har qanday boshqa shakllarda foydalanishdan, shu jumladan konteynerlardan, konteynerlarni tashish uchun treylerlar va qo’shimcha uskunalardan foydalanish, ularni saqlash yoki ijaraga berishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar) kiradi. Ayrim hollarda fraxt (shartnoma shartlaridan kelib chiqib) yukni ortish, qayta yuklash, tushirish va joylashtirish uchun to’lovlarni ham o’z ichiga oladi. Bunda, agar jo’natish punkti yoki tayinlangan punkt O’zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan bo’lsa, tashish xalqaro miqyosda tashish hisoblanadi;
xalqaro tashishlarda va O’zbekiston Respublikasining ichidagi tashishlarda transport-ekspeditorlik xizmatlari ko’rsatishdan olingan daromadlar. Bunda yuk jo’natuvchidan (yukni qabul qilib oluvchidan) olingan summa bilan yuk tashuvchiga to’lanishi kerak bo’lgan, yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari bilan tasdiqlangan summa o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan haq summasiga soliq solinadi. Bunday hujjatlar bo’lmagan taqdirda O’zbekiston Respublikasi norezidentiga norezidentning SK 155-moddasining 9-bandida ko’rsatilgan fraxtdan olinadigan daromadlariga soliq solish uchun belgilangan stavkalar bo’yicha to’langan umumiy summaga soliq solinadi.
Soliq kodeksining 160-moddasiga ko’ra O’zbekiston norezidentining doimiy muassasa bilan bog’liq bo’lmagan va to’lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagi stavkalar bo’yicha soliq solinadi:
1) dividendlar va foizlarga - 10 foiz;
2) sug’urta qilish, birgalikda sug’urta qilish va qayta sug’urta qilish shartnomalari bo’yicha sug’urta mukofotlariga - 10 foiz;
3) xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlarga (fraxtdan olinadigan daromadlarga) - 6 foiz;
4) Soliq kodeksining 155-moddasida belgilangan daromadlarga, bundan Soliq kodeksi 160-moddasining 1-3-bandlarida ko’rsatilgan daromadlar mustasno - 20 foiz.
Shu tariqa transport-ekspeditorlik kompaniyasi tomonidan daromad summasi (yuk jo’natuvchidan (yuk oluvchidan) olingan summa bilan yuk tashuvchiga to’lanadigan, tegishli birlamchi hujjatlar bilan tasdiqlangan summa o’rtasidagi farq sifatida hisoblab chiqarilgan haq) tasdiqlanganda uning daromadiga 20 foizlik stavka bo’yicha soliq solinadi.
Yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari mavjud bo’lmaganda norezidentga to’langan, fraxtdan olingan daromadning butun summasiga 6 foizlik stavka bo’yicha soliq solinadi.
Soliq kodeksining 165-moddasiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi norezidentlariga daromadlar to’lash paytida yuridik shaxslar foyda solig’ini to’lov manbaida ushlab qolishlari shart. Uning summasi norezidentga daromad to’lash sanasida Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo’yicha hisoblab chiqariladi.
Norezidentga daromad to’lash manbai soliq organiga to’lov amalga oshirilgan hisobot davri tugaganidan keyin 25 kundan kechiktirmay foyda solig’i hisob-kitobini, soliq davri tugaganidan keyin esa 30 kun mobaynida daromad oluvchi shaxslar SТIRi, nomi, daromad summasi va soliq davrida ushlangan foyda solig’i summasini ko’rsatgan holda belgilangan shakldagi ma’lumotnomani ham taqdim etishi shart.
Korxona rahbari tasdiqlangan me’yorlarga qo’shimcha to’lov belgilab, uni buyruq (farmoyish) bilan rasmiylashtirishga haqlidir Biroq bunda shuni hisobga olish lozimki, me’yorlardan ortiqcha sutkalik pullar summasi:
Soliq kodeksi 174-moddasining 9-bandiga ko’ra xodimning daromadi deb e’tirof etiladi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinadi;

  • foyda solig’i to’lovchi korxonalar uchun chegirilmaydigan xarajat hisoblanadi(SK 147-moddasining 3-bandi);

  • yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari solinmaydi (SK 308-moddasining 1-bandi).

Me’yor doirasidagi sutkalik pullar foyda solig’ining hisob-kitobi paytida chegiriladi(SK 145-moddasining 14-bandi),jismoniy shaxsning daromadi hisoblanmaydi(SK 171-moddasi ikkinchi qismining 7-bandi), tegishincha, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar solinmaydi.
Yagona soliq to’lovi to’lovchisida xarajatlar soliq solinadigan tushum hisob-kitobi chog’ida hisobga olinmaydi.
MISOL. Ishlab chiqarish korxonasining xodimi Moskvaga 5 kun muddat bilan xizmat safariga yuborildi. Korxona rahbarining buyrug’iga asosan xodimga xizmat safarida bo’ladigan har bir sutka uchun 35 dollar hisob-kitobidan sutkalik xarajatlarga mablag’lar to’landi. Qaytib kelgach xodim buxgalteriyaga bo’nak hisobotini taqdim etdi, unda ko’rsatilishicha, sutkalik pullar 175 AQSH dollarini tashkil etib, hisobot to’ldirilgan kunda MB kursi bo’yicha so’mga qayta hisoblaganda 274 750 so’mni (175 x 1 570) tashkil etadi.
Me’yor doirasida xodimga 125 dollar (sutkasiga 25 dollardan) berilgan, unga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinmaydi va summa foyda solig’i to’lovchi korxonada chegiriladigan xarajat deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hisob-kitobi chog’ida xodimning jami daromadiga oshgan summa - 50 dollar (78 500 so’m) kiritiladi. Ushbu summa foyda solig’i hisob-kitobi chog’ida chegirilmaydigan xarajat hisoblanadi. Sutkalik pullarning butun summasiga (274 750 so’m) yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari solinmaydi.
Тovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi korxona yangi texnologik uskunani xarid qilayotganda Soliq kodeksining159 va 269-moddalari bilan belgilangan, foyda solig’i va mol-mulk solig’i bo’yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko’rinishidagi imtiyozlardan foydalanishga haqlidir.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish