ТRANSPORТ VOSIТALARIGA BENZIN, DIZEL YOQILG’ISI VA GAZ ISHLAТGANLIK UCHUN OLINADIGAN SOLIQ
NAZORAТ UCHUN SAVOLLAR.
Qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash qanday amalga oshiriladi?
Aksiz solig’i qanday me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi va hisoblanadi?
Тransport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisob-kitobini to’ldirish tartibini tushuntirib bering?
5-MAVZU: MOL-MULK VA RESURS SOLIQLAR HISOBI VA HISOBOТI.
REJA:
Mol-mulk solig’i hisobi va hisoboti.
Yer solig’i hisobi va hisoboti.
Yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq hisobi va hisoboti.
Bonus hisobi va soliq hisoboti.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobi va hisoboti.
Тayanch so’zlar:
(Mol-mulk, yer solig’i, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bonus, soliqlar bo’yicha imtiyoz, soliq hisobi, soliq hisoboti)
Mol-mulk solig’i hisobi va hisoboti.
Soliq kodeksining 47-bobida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq masalalari tartibga solinadi.
Mol-mulk solig’i to’lovchilar quyidagilar:
respublika hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;
agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va (yoki) hududda o’z mulkida ko’chmas mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar - O’zbekiston Respublikasining norezidentlaridir. Agar ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo’lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, shu shaxs soliq to’lovchi hisoblanadi.
Quyidagilar mol-mulk solig’i to’lovchilari bo’lmaydi:
notijorat tashkilotlar. Notijorat tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda, SKda nazarda tutilgan tartibda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilardir;
soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
MISOL. Buxgalterlar klubi (notijorat tashkilot) pullik xizmat ko’rsatish kurslarini ochdi. Klub binosidan ustav faoliyati hamda pullik xizmat ko’rsatish bo’yicha foydalaniladi. Hisobot davrida a’zolik badalidan tushum 8 200 ming so’mni va pullik xizmatlardan tushum 660 ming so’mni tashkil qiladi. Binoning o’rtacha yillik qoldiq qiymati 360 mln so’mni tashkil qiladi.
Ushbu holda alohida hisob yuritishning iloji yo’q, chunki binodan ham tijorat, ham notijorat maqsadida foydalanilmoqda. Mos ravishda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida mol-mulk solig’ini to’lash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmog’idan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Hisobot davrida klubning maqsadli tushumlari (a’zolik badali va maqsadli tushum) 8 200 ming so’mni, pullik xizmat ko’rsatish kurslaridan tushum 660 ming so’mni tashkil qilgan bo’lib, tadbirkorlik faoliyatidagi tushumning ulushi 7,45%dir (660 / (660 + 8 200). Bu yerda mol-mulk solig’i bo’yicha soliq solinadigan baza 26 820 (360 000 x 7,45 / 100) ming so’mga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |