O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha hisob-kitobi
O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan olingan ishlar, xizmatlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi to’g’risida ma’lumotlar
O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan olingan ishlar, xizmatlar bo’yicha
qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobi
Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi.Qo’shilgan qiymat solig’ining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobda turgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan:
Soliq to’lovchilar, bundan kredit va sug’urta tashkilotlari mustasno, qo’shilgan qiymat solig’ining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo’yicha hisobvaraq-fakturalar reestrini taqdim etadi. Hisobvaraq-fakturalar reestrining shakli O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi.
Prezidentimizning 2012 yil 16 iyul kuni «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 4453-sonli Farmoni asosan 2013 yildan e’tiboran - qo’shilgan qiymat solig’i hisobotlari barcha soliq to’lovchi yuridik shaxslar tomonidan chorakda bir marotaba taqdim etilishi belgilandi.
Soliq to’lash tartibi.Qo’shilgan qiymat solig’ini byudjetga to’lash ushbu Kodeksning 225-moddasiga muvofiq qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitoblarini taqdim etish uchun belgilangan kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Import qilinadigan tovarlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini to’lash bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha: 3-ilovaga muvofiq ikkita alohida hisob-kitoblar, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobi va O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan olingan ishlar, xizmatlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobi hamda ularga ilovalardan iborat bo’lgan Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq hisoboti shakli umuman saqlanib qolgan holda, hisob-kitob shakliga ayrim o’zgarishlar kiritilgan.
Jumladan,
"Hisobot davri" chorak qilib o’zgartirilgan (ilgari yirik korxonalar uchun hisobot davri bo’lib oy, kichik biznes sub’ektlari uchun chorak hisoblangan). Qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan Soliq kodeksining 225-moddasiga belgilangan muddatlarda, aynan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etilishini hisobga olib, hisob-kitobning o’zi 0501-0503-satrlar bilan to’ldirildi. Ushbu satrlarda byudjetga to’lanishi (kamaytirilishi) lozim bo’lgan QQS summasi oylarga bo’lib ko’rsatilishi lozim, jumladan:
0501-satrda chorakning birinchi oyi oxiriga;
0502-satrda chorakning ikkinchi oyi oxiriga;
0503-satrda chorakning uchinchi oyi oxiriga,
Hisob-kitob soliq davri (yil) uchun ortib boruvchi yakun bilan tuzilishini e’tiborga olib, 1-chorak uchun quyidagicha ko’rsatiladi:
0501-satrda yanvar oyi uchun;
0502-satrda yanvar-fevral oylari uchun;
0503-satrda yanvar-fevral-mart oylari uchun.
Keyingi hisobot davrlari uchun ham shunga o’xshash tartibda ko’rsatiladi.
Hisob-kitobning "Тovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish bo’yicha oborotlar" nomli 4-ilovasida 0103-satr bo’yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tannarxidan past narxda sotishni amalga oshiruvchi korxonalar ichki bozordagi sotishlar bo’yicha ijobiy farqni ham ko’rsatishi lozim. Bunda, QQSning nol darajali stavkasi qo’llaniladigan eksportga tovarlar sotilganda, shuningdek baholari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo’yicha ijobiy farq Hisob-kitobga 4-ilovada ko’rsatilmaydi va QQS hisob-kitobida hisobga olinmaydi.
Qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobiga 2-ilova "Hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasi hisob-kitobi" va 6-ilova "Nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi hisob-kitobi"da, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2004 yildagi 141-sonli qaroriga asosan ichki bozorda "O’zbekengilsanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga erkin muomaladagi valyutaga (qo’shilgan qiymat solig’ini nol darajali stavka bo’yicha hisoblagan holda) yarim tayyor to’qimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) realizatsiya qiluvchi korxonalar 0103-satr bo’yicha aylanmalarining xaridorlar - "O’zbekengilsanoat" DAK korxonalari tomonidan ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yo’naltirilganligi tasdiqlangan qismini ko’rsatadi.