NAZORAТ UCHUN SAVOLLAR.
Buxgalteriya hisobining predmeti.
Soliq hisobining predmeti.
Buxgalteriya hisobining ob’ekti nimadan iborat?
Soliq hisobining ob’ekti nimadan iborat?
Buxgalteriya hisobining tamoyillari.
Soliq hisobining tamoyillarining o’ziga xosligi nimalardan namoyon bo’ladi.
Metod nima?
Buxgalteriya hisobining metodi.
Soliq hisobining metodi.
Soliq hisobining registrlari.
Hisobning analitik registrlari.
Sintetik hisob registrlari.
2-MAVZU: SOLIQ HISOBI ТIZIMI VA HISOB SIYOSAТI.
REJA.
Soliq siyosatini takomillashtirishda buxgalteriya hisobining o’rni.
Soliq hisobi siyosatining tarkibi.
Soliq hisobotini yuritish tartibi.
Soliq bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish.
Doimiy va vaqtinchalik farqlarning hisobi.
Soliq imtiyozlar hisobi.
Тayanch iboralar:
(Buxgalteriya hisobi predmeti, soliq hisobining predmeti, hisob ob’ekti, hisob tamoillari, metod, hisob registrlari, analitik hisob registri, sintetik hisob registri)
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tajribalaridan ma’lumki, mamlakat iqtisodiyoti uni rivojlanishining ob’ektiv qonuniyatlarini, iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarini, milliy qadriyat va xususiyatlarini, ma’naviy boyliklarini to’la hisobga oluvchi, mukammal iqtisodiy siyosat ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilgan sharoitdagina barqaror va mutanosib rivojlana oladi. Aynan mana shunday omillarni o’z mazmun-mohiyatiga singdirgan, bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan to’liq e’tirof etilayotgan taraqqiyotning “o’zbek modeli” mamlakatimizning jadal ravnaq topishi, xalqimiz moddiy va ma’naviy hayotining tez sur’atlar bilan yuksalib borishi uchun mustahkam negiz bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekistonda erishilayotgan iqtisodiy o’sish ko’p jihatdan iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan bog’liq. Mamlakatimizda byudjet va soliq tizimini takomillashtirish iqtisodiy islohotlar va davlat iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, izchil soliq-byudjet siyosatining amalga oshirilishi, soliq yukini kamaytirish bilan bog’liq chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi soliq to’lovchilarda ishlab chiqarishni kengaytirishga sharoit yaratilishi, ishlab topilgan va ularning o’zlarida qoldirilayotgan mablag’larning reinvestitsiya qilinishi oqibatida qo’shimcha soliq ob’ektining paydo bo’lishi hisobiga nafaqat byudjetdagi yo’qotishlar o’rnining qoplanishi, balki soliq to’lovchilarning qo’shimcha daromadlarga ega bo’lib, ishlab chiqarish imkoniyatining oshishiga olib keladi.
Respublikamizda ishlab chiqarishni yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, aholining real daromadlarini va iste’mol talablarini oshirishda muntazam ravishda soliq yukini kamaytirish choralarining keng qo’llanilishi o’z natijalarini bermoqda. Ayniqsa, soliqlar va to’lovlarni birxillashtirishga katta e’tibor qaratilishi soliqqa tortish mexanizmlarining oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga oid korxonalar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat qilishga yordam beradi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish natijasi o’laroq keyingi yillarda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish sur’atlari kuzatilmoqda. Bunda makroiqtisodiy tartibga solish tizimining muhim vositalaridan biri bo’lgan davlat byudjetining ahamiyati g’oyat yuksakdir.
Amalga oshirilgan byudjet-soliq siyosati birinchidan, iqtisodiyotning istiqbolli soha va tarmoqlarini davlat tomonidan moliyaviy qo’llab quvvatlash tizimida muhim fiskal omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda. Qolaversa, amaldagi faol ijtimoiy siyosat va kuchli ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirishda davlat byudjetiga alohida vazifalar yuklatilgan bo’lib, ushbu vazifalarni samarali ijrosi ta’minlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasining yangi Soliq kodeksida soliqqa tortish tamoyillari alohida moddada e’tirof etildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |