Bir martalik nafaqa - O’rtacha oylik ish haqi (daromad)ni, zarar qoplamining bosh-qa turlarini to’lashdan tashqari ish beruvchi jabrlanuvchiga bir martalik nafaqa to’laydi, uning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan kam bo’lishi mumkin emas(Mehnat kodeksining 194-moddasi).
Ushbu nafaqaning aniq miqdori jamoa shartnomasi bilan, agar u tuzilmagan bo’lsa - ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o’rtasidagi bitim bilan belgilanadi.
Yillik ish haqi o’rtacha oylik ish haqini 12 ga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.
MISOL. Jabrlanuvchining o’rtacha oylik ish haqi 687 500 so’mni tashkil qiladi, bir martalik nafaqa esa 8 250 000 so’mga (687 500 x 12) teng bo’ladi.
Qo’shimcha xarajatlar - Тo’lanadigan bunday xarajatlarga davolash, protezlash, qo’shimcha ovqatlanish, dori-darmonlar sotib olish, sanatoriy-kurortda davolanish, shu jumladan jabrlanuvchining davolanadigan joyga borish va kelish yo’l xarajatlari, zarur hollarda esa, shuningdek o’zganing parvarishiga muhtoj bo’lganda, kuzatib boruvchi shaxsning ham yo’l xarajatlari, maxsus transport vositalarini sotib olish va boshqa turli yordam xarajatlari, agar u ТMEK tomonidan yordamning ushbu turlariga muhtoj deb topilgan bo’lsa va ularni tegishli tashkilotlardan bepul olish huquqi bo’lmasa, shuningdek jabrlanuvchi bilan ish beruvchi o’rtasida zararni to’lash bo’yicha bahs paydo bo’lganda hamda bahs jabrlanuvchi foydasiga hal bo’lgan hollarda advokat yollash uchun qilingan xarajatlar kiradi (Qoidalarning 22-bandi).
Kasbiy mehnatga layoqatni yo’qotish darajasini belgilash bilan bir vaqtda, asoslar bo’lgan taqdirda, ТMEK nogironlikning tegishli guruhini belgilaydi va jabrlanuvchining qo’shimcha yordam turlariga qanchalik muhtojligini aniqlaydi.
Jabrlanuvchining sanatoriy-kurortda davolanishga muhtojligi to’g’risida ТMEK xulosasi bo’lsa, unga davolanish uchun yillik ta’tildan tashqari ta’til beriladi. Davolanish uchun ta’til vaqtiga haq to’lash yillik ta’tilga haq to’lash uchun belgilangan qoidalarga ko’ra amalga oshiriladi. Davolanish davrida zararni qoplash umumiy asoslarda bajariladi.
Fuqarolik kodeksining 1014-moddasining uchinchi qismiga ko’ra kelgusi vaqt uchun qo’shimcha xarajatlarni undirish tibbiy ekspertiza xulosasi asosida aniqlanadigan muddatlarda, shuningdek tegishli xizmatlar va mol-mulk (yo’llanma sotib olish, yo’l haqini to’lash, maxsus transport vositalari haqini to’lash va hokazo) qiymatini oldindan to’lash zaruriyati tug’ilganda amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |