Borbad ijodi
Markaziy osiyolik buyuk san’atkor, xonanda,
sozanda, tarixda mumtoz musiqa asoschisi
sifatida mashhur bo‘lgan bastakor Borbad
eramizning VI asri 60-yillarida tavallud topgan. U
Xurosonning qadimiy va markaziy shaharlaridan
biri hisoblangan Marvda yashagan.
O‘tmish yozma manbalarida Borbadning
yoshlik davrlari xususida ma’lumotlar bayon
etilmagan. Uning asli ismi Falaxbod Marvaziydir. «Borbad»
Falaxbod Marvaziyning taxallusi bo‘lib, qadimiy borbat cholg‘usi
ijrochiligida mohirlikka erishganligi uchun unga shu nom
berilganligi ham e’tirof etiladi. Borbad o‘smirlik davridayoq
xalq orasida mohir sozanda sifatida tanilgan. Shu bilan birga
Marvda musiqa ilmini ham o‘zlashtirganligi xususida ma’lumotlar
keltiriladi. Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy Ganjaviyning
«Xusrav va Shirin», Amir Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav»
kabi badiiy asarlarida Borbadning xushovoz hofiz, mohir sozanda,
betakror bastakor bo‘lganligi xususida ma’lumotlar bayon etilgan.
Betakror iste’dod egasi bo‘lgan Borbad sosoniylar (V–VII
asrlar) davrining nomdor hukmdori Xusrav Parviziy saroyida,
11
591–628-yillar orasida xizmat qilib, o‘zining yorqin faoliyatini olib
borgan. Borbadning ijodi haqida xalq orasida ko‘plab afsonalar hamda
ma’lumotlar keltirilgan. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»
kitobida keltirilgan «Borbad qissasi»
1
, Nizomiy Ganjaviyning
«Xusrav va Shirin» dostonida «Borbadning 30 ta kuyi» kabilardagi
ma’lumotlar alohida ahamiyat kasb etadi
2
.
Xusrav Parviziyning saroyida Sarkash, Bamshod, Nokus, Romtin
kabi mashhur xonanda va sozandalar faoliyat olib borganliklari
to‘g‘risida manbalarda bir qator ma’lumotlar keltiriladi. Lekin
Borbad o‘zining betakror iste’dodi va ijodi bilan san’at sohasida
juda mashhur bo‘lgan.
Borbad ijodi davomida 7 ta yirik shakldagi asarlar turkumi
«Xusravoniy»larni
3
, 30 ta lahn
4
, 360 ta (alhon) qo‘shiq-dostonlarni
yaratishga erishadi va kasbiy musiqa ijodini boshlovchilaridan
biri sifatida tarixga nomi muhrlanadi. Borbad yaratgan kuylarning
musiqiy ohanglari saqlanib qolinmagan, lekin ularning nomlari turli
manbalarda turlicha tarkibda keltiriladi.
Manbalarda qo‘shiqlarning «Yazdan ofrid», «Ganji bod ovar»,
«Bog‘i Shahriyor», «Nimro‘z», «Sabr dar sabz», «Kini Eraj»,
«Kini Siyavush», «Xaft ganj», «Rohi Shabdiz», «Bog‘i Shirin»
kabi nomlari bilan birga muayyan yo‘nalishga xos qo‘shiqlar
ham saqlanib qolgan. Jumladan: Navro‘z marosimi bilan bog‘liq
qo‘shiqlar – «Bodi Navro‘z», «Nozi Navro‘z», «Sozi Navro‘z»,
«Navro‘zi Xurdak»; xalq qahramoni Siyovushga bag‘ishlangan
qo‘shiqlar – «Bog‘i Siyovush», «Kini Siyovush», «Siyovushon» va
boshqalar.
1
Firdavsiy. Shohnoma. 3-kitob. – T., 1977. 558–564-betlar.
2
O. Matyoqubov. Og‘zaki an’anadagi professional musiqa asoslariga
kirish. – T.: «O‘qituvchi», 1983. 6-b.
3
Xusravoniy (xusrav – buyuk, ulug‘ so‘zidan) – ulug‘vor, shohona
asar, ya’ni shaklan yirik asar ma’nosida.
4
Lahn – kuy. Alhon uning ko‘plik shakli (kuylar)dir.
12
Borbad «borbat» cholg‘usini kashf etgan izgar sifatida ham nom
qoldirgan. Borbad O‘rta Sharqda mumtoz musiqa san’atining ilk
professional namoyandasi darajasiga ko‘tarilgan va aynan shu soha
asoschisi sifatida tarixdan o‘rin olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |