Alisher Navoiyning «Holoti Pahlavon Muhammad» asari
Alisher Navoiy o‘zining «Holoti Pahlavon Muhammad» asarida
inson qudratining nimalarga qodirligi, iste’dod negizida mehnat
qilib, saboq olib, tinmay intilish orqali qanday marralarga erishish
mumkinligini bir inson hayoti, ya’ni o‘z do‘stining hayoti misolida
ochib berganligining guvohi bo‘lamiz. Navoiy nazmida insonning
kamolotga erishishida, barcha hayotiy kechinmalar, kasb va
mashg‘ulotlar kabi, musiqaning o‘rni buyuk ekanligiga katta urg‘u
beradi. Bastakorlik ijodiyotini zamonasining qahramoni Pahlavon
Muhammadning ijodi asosida yoritadi.
Pahlavon Muhammad o‘z davrining yirik namoyandasi,
madaniyat arboblaridan biri bo‘lgan. Alisher Navoiy bu insonni
o‘zining ustozi deb bilgan, ular 40 yil davomida bir-birlari bilan
yaqin do‘st bo‘lgan. Pahlavon Muhammad vafotidan so‘ng, Alisher
Navoiy uning xotirasiga bag‘ishlab «Holoti Pahlavon Muhammad»
risolasini yozadi.
Shoir risolada o‘zining do‘sti va murabbiysining barcha ibratli
jihatlarini go‘zal obrazlar orqali ifoda etgan. Xususan, u Pahlavon
Muhammadning musiqa sohasidagi ijodi borasiga alohida urg‘u
berib o‘tadi. Musiqa san’atining inson ma’naviy dunyosida muhim
ahamiyatga egaligini aynan do‘sti va ustozi deb hisoblagan
Pahlavon Muhammad ijodi orqali izohlab beradi. Xususan, Navoiy
yozadi: «Ul jumladin advor
1
va musiqiy ilmidurkim, chun lahjasi va
husni savti xo‘b ekandur va usuli mazbut va harakoti va sakanoti
marg‘ub. Ul daqiq fanda ko‘shish va sa’y ko‘rguzub, daxli tom va
1
Advor – doiralar, musiqa nazariyasi masalalarining tizimli joylashuvi.
19
mahorati molokalom topib erdi va dilkash naqsh
1
lar va amal
2
lar va
dilpisand qavl
3
lar va g‘azallar tasnif qilur erdi va xo‘b aytur erdi.
Andoqki, eshitgan xavos va avom xushhol bo‘lmoqda beixtiyor va
o‘rganmoqda beqaror erdilar»
4
.
Ya’ni Navoiy Pahlavon Muhammadning musiqa san’atining
turli tarmoqlarida, musiqashunos sifatida ilmli, bastakorlikda
samarador va ijrochilikda mohirlik bilan faoliyat olib borgan, ijod
etgan va muayyan bilimlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida e’tiborga
loyiqligini bayon etadi. Pahlavon Muhammadning advor ilmida
ilg‘orligi, uslubiyot (metodika) nuqtayi nazaridan idroklay olishi
hamda bunga nisbatan harakati samarali ekanligini Navoiy uqtirib
o‘tadi.
Musiqa nazariyasini idroklash fanni bilishga intilish demakdir.
Fanni bilish uni idroklash demakdir. Musiqa ilmini bilish, bundan-
da ko‘proq amallarni bilish uchun asos bo‘la olishiga urg‘u beradi.
Pahlavon Muhammadning bastakorlik, xonandalik sohasidagi ibratli
harakatlari ta’rifini keltiradi. Xususan, «Dilkash naqshlar va amallar
va dilpisand qavllar...» kabi bir jumla bilan uning bastakorlik
mahoratini ochib beradi.
Pahlavon Muhammadning bastakorlik ijodiga bergan ta’rifi ichida
«Mashhur amallaridan biri «chahorgoh» amalidur...» – deb keltirgan
ma’lumoti mavjud. Bu bilan Navoiy, Pahlavon Muhammadning
bastakorlik faoliyatidagi ijodining yorqin namunalaridan biri
«Chahorgoh», ya’ni «Chorgoh» asari deb ta’kidlaydi.
Shu bilan birga Alisher Navoiy «Holoti Pahlavon Muhammad»
asarida musiqa fani, ijrochiligi va ijodiyotida mashhurlikka yetishgan
ustozlar xususida ma’lumotlar keltirib, bu bilan ustozlarning ijodi
doimo zamon tafakkuri uchun ibrat bo‘lishini, ta’limda esa o‘rnak
1
Naqsh – musiqiy asar – kuy, qo‘shiq.
2
Amal – musiqiy asar – kuy, ashula, ohang.
3
Qavl – musiqiy asar – so‘z, gap, musiqaga solingan she’r.
4
A. Navoiy. Holoti Pahlavon Muhammad. – T., 2015. 111-b.
20
ekanligini uqtirib o‘tadi. Alisher Navoiy ushbu ustozlar Hirot
madaniy hayotining faol ishtirokchilari, shoir, bastakor va sozandalari
bo‘lganliklari xususida, ularning bastakorlik ijodiyotlarini keltirgan
holda o‘zining «Majolis un-nafois» kitobida ham alohida to‘xtalib
o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |