|
«sohibqiron»
|
Sana | 12.03.2023 | Hajmi | 26,62 Kb. | | #918299 |
| Bog'liq sohibqiron 2
«SOHIBQIRON»
(savol-javoblar)
“Sohibqiron” dramasi nechta pardadan iborat? 5 parda
Drama qanday boshlanadi? Sohibqiron haqidagi she’r bilan
Birinchi parda qanday manzara bilan boshlanadi? A.Temur soch oldirayotgan bir manza
Asarda A.Temur qaysi obraz oldida bosh egadi? Sartarosh
Qaysi asarda she’rlarini qog’ozga emas, shamshirgan yozgan shoir obrazi mavjud? “Sohibqiron” dramasida
Chigiziylar Temurni kim deb elga tanitadi? Yo’lto’sar
Amir Husaynni kim tutib keladi? Kayxisrav
Amir Husayn Temurga kim bo’ladi? Qayni og’a
“Biroq yerga to’kilar payt qurt tushgan meva, Uni saqlay olmas, sog’lom ildiz ham”.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Sohibqiron”
Biroq yerga to’kilar payt qurt tushgan meva, Uni saqlay olmas, sog’lom ildiz ham”.
Ushbu parchada qurt tushgan meva va sog’lom ildiz deyilganda kimlar nazarda tutilgan? Qurt tushgan meva – A.Husayn
Sog’lom ildiz – Uljoy Turkon
Temurni kim iblis deya ataydi? A.Husayn
Balx shahrida Amir Husayn bilan birga yashagan uni yetarlicha sinagan obraz kim? Said Baraka
Asarda umrida hech kitob ko’rmay ulg’aygan obraz qaysi? A.Husayn
“Sohibqiron” dramasida “bedovlardanda uchqur” deya nima ta’riflangan?
Umr
Kalomullohni o’rtaga qo’yib qasam ichgan obraz kim? A.Husayn
A.Husaynning qo’l-oyog’ini bog’lab kelinishiga sabab nima? Hasad
Amir Husayn qayerga yashiringan edi? Madrasaga
Kayxisrav Amir Husaynni qanday tanib qoladi? Zarbof to’nidan
Zarbof to’n obrazi yana qaysi asarda uchraydi? Mardlik afsonasi
Kayxisravning otasini kim o’ldirgan edi? A.Husayn
Jangda bir siqim tuproqni olib yov tomon otgan obraz kim? Said Baraka
Sohibqiron necha yilda tug’iladi? 800
Sohibqiron nomini olgan uchta buyuk shaxs kimlar? Iskandar, Rasuli Akram, Amir Temu
Husaynning kamon sadog’idan zaharli o’qni kim topib oladi? Kayxisrav
Kamon o’qida qanday yozuv bor edi? Bu Temur uchun
Temur qaysi jangda yaralanib bir qo’li va bir oyog’i nogiron bo’lib qoladi? Sojiston
Asarda ikki o’t ichida kizg’anak bo’lgan obraz kim? Uljoy Turkon
Sarbadorlarning bitta aybi nima edi? Uquvsizligi
Asarda qaysi qahramonning og’zi ochiq go’rga o’xshatilgan?
Amir Husaynnning
Asarda keltirilgan “Nafsim meni yo’ldan urib xor ayladi, Termultirib xaloyiqqa zor ayladi” Satrlari muallifi kim?
A.Yassaviy
Jangchining onti har qanday martabadan ulug’ turishi qaysi asarda keltirilgan? Sohibqiron
Asarda bir kunda vafot etgan obrazlar qaysilar? A.Husayn, Uljoy Turkon
A.Temur tajribadan bunyod bo’lgan xulosalarni nima deb atagan? Chingzxon-chi? Temur – tuzuk, Chingizxon – Yaso
Temurning aytishicha ulkan saltanatning tayanchi nima? Yagona shoh, mo’l xazina, yengilmas lashkar
Asli shomlik, yoshlik chog’ida Samarqandga asir qilib olib kelingan olim kim? Ibn Arabshoh
Asarda kim payg’ambar yoshiga yetkanda yer ostiga kirib ketgan deya aytib o’tilgan? A.Yassaviy
Temurning qaysi nabirasi Erondagi jang mahali tug’ilgan edi? Ulug’bek
Temur Ulug’bekka asli qanday ism qo’ygan edi? Tarag’ay
Tungi hujumlar nima deb ataladi? Shabxun
A.Temurning vaziri kim? Muhammad Qavchin
Xorazmning so’fiy unvonli hukmdorlari kimlar? Husayn va Yusuf
Temur To’xtamishning qaysi saroyini yoqib yuboradi? Saroy Berka
Temur Boyazidga tegmaganligiga nimani sabab qilib ko’rsatadi? G’ayridinlar ustimizdan kulmasligi uchun
A.Temur kimni mansabidan tushirib unga otboqarlik qilishini buyuradi? Muahmmad Qavchinni
Sarandib elchisining ismi nima? Borchiq
Temur nega sarandib elchisi bilan gaplashmaydi? Elchi o’z ismining ma’nosini bilmaganligi uchun
Rumodan kelgan elchining ismi nima? Sulton Shabli
Temurning xufiyasi kim? Buqalamun
Asarda qaysi obrazning yetti iqlimda bilmaydigan tili yo’q? Buqalamunning
Buqalamunning asl ismi kim bo’lgan? Itolmas
Rumo saltanatining qoq yuragi bo’lgan shahar qayer? Angora
Aloviddinni shatranjda yengib, Bibixonimdan suyunchi tilagan obraz qaysi? Mirzo Ulug’bek
Boyazid bilan changga oshiqqan Temur Samarqandda hokimyatni kimlarga topshirib ketadi?
Bibixonim va nabirasi Sulton Muhammadga
Temur agar saltanatni oltin uzuk deb bilsa, uning oily bezagi – yoqut ko’zi deb nimani (kimni) biladi?
Bibixonimni
Temur Bibixonimga yana qanday topshiriq berib ketadi? Temur uchun ham masjid qurishni
Bibixonim nima uchun jome masjidini qurdirayotgan edi? Farzandi yo’qligi sababli o’zidan yodgor qolishi uchun
Temur Boyazidga qarshi jangdan zafar bilan qaytganda uni o’zi qurdirgam masjid qarshisida kutib olishni niyat qilgan obraz kim?
Bibixonim
“Agar ko’nglimni shod etsa o’shal Sheroz jononi, Qaro xoli baxsh etgan Samarqand-u Buxoroni” Ushbu bayt muallifi kim?
Eronlik Hofiz
Bibixonimning qaro xolida xadya bo’lgan shaharlar qaysilar? Samarqand, Buxoro
Boyazid bilan changga oshiqqan Temur shahar ishlari-yu tartibotga kimni mas’ul qilib qo’yadi?
Xoja Yusufni
Bibixonim asli qayerlik? Balx
“Hovliqqanda mozorga bor” maqoli qaysi asarda uchraydi? Sohibqiron
Temurning jang oldidan Bibixonimga aytgan o’tinchi nima edi? Keshdan, ota-onasi yonidan o’zi uchun maqbara qurdirish.
Temurning kelini, eronshohning zavjasi kim? Xonzodabegim
Temur “bir barmog’im lat yebdi-yu bilmabman, afsus” degan jumlasi ostida qanday voqea yotadi?
Meronshohning xotiniga qo’l ko’tarishi
“Sarxush bo’lg’ay sarxushlikda tug’ilgan farzand” ushbu jumla qaysi asardan olingan? Sohibqiron
Zuryodiga, pusht-kamariga yomonlikni ravo ko’rgan johil, xudbin kim? Meronshoh
Temur Meronshohga qanday jazo beradi? 40 kun zindonband qiladi
Boyazidning nasroniy xotini kim? Mariya
O’z o’glini zindonband qilgan ota obrazi qaysi asarda uchraydi? “Sohibqiron”da
Boyazidga qarshi jangda qo’shinning o’ng va so’l tomonini Temur kimlarga topshiradi?
O’ng – Miranshoh, So’l – Shohruh Mirzo
Alovuddin bilan shatranj o’ynayotgan Temur qaysi donalarni suradi? Oq
Temur ulkan zaminni nimaga o’xshatadi? Shatranj taxtasiga
Temur qaysi shaxmat donasi bilan jang qilishni yaxshi ko’radi? Ruh
Temurning ajdahodek o’t purkagich yarog’i qaysi? Naftandoz
Boyazidning asir olinganligi daragini keltirgan obraz kim? Qosim
Qosim qayerlik? Kesh
Qosimning otasi qaysi jangda jahid ketgan? Dehli janggida
Qosim keltirgan xabari uchun Temur unga qanday mukofot beradi? Samarqandga borgach bir nabirasini nikohlab bermoqchi bo’ladi
Asarda botirlarning ishi emas yotganni toptash jumlasi kimning tilidan aytilgan? Boyazidning
Temur nutqida taqdir degan buyuk hukmdor ikkimizning ham ustimizdan kulgan ekan degan jumlasi uchraydi. Ushbu umlada nima nazarda tutilgan?
O’zining cho’loqligi va Boyazidning ko’rligi
Boyazidning o’g’illari kimlar? Iso, Muso, Mustafo, Sulaymon
Temurning betob nabirasi kim? Muhammad Sulton
Temur va Boyazid o’rtasidagi jangni atayin kuzatish uchun qayerlardan elchilar tashrif buyuradi?
Ovropa va O’rusiya
Temur Boyazidning nasroniy xotini Mariyani kimga sovg’a qiladi? Buqalamunga
Asarda ayollar nimaga o’xshatilgan? Tandirga
Farang elchisining ismi ? Ioan Sultoniy
Farang sultoni kim? Sharl
Bovar elchisi?
Shiltberger
Bovar qiroli kim? Genrex
Temur fikricha bu dunyoni buzadigan narsa nima? Mish-mish
Temur rus yerlaridan bir marta o’tganida uning yodida qaysi istehkom qoladi? Elis
Boyazidning poytaxt shahri qayer? Bursa
Temurning azal dushmani kim? Qora Yusuf
Asarda kim oriflarsultoni deya ta’riflangan? Yassaviy
Qaysi shoir baytlarida jannat isi bor? Firdavsiy
Temur Hofiz Sheroziyga nimalar hadya etdi? To’n, ot, ikki shahar xirojiga teng in’om
Misrning o’jar hukmdori kim? Qofqoz
Boyazdni kim o’ldiradi? O’z joniga qasd qiladi
Temur otining laqabi nima? Kuno’g’lon
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|