5. Badiiy uslub Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. - Yuqorida terminshunoslarning terminning asosiy vazifasi va xususiyati haqidagi, ya’ni terminlarning nominativligi yoki definitivligi haqidagi fikrini keltirdik. Terminologik birikmalarning ko‘p leksemaliligi, ya’ni ular komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda terminshunoslarning diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda. Haqiqatan ham, keyingi yillarda miqdoran ortib borayotgan ko‘p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini to‘laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo‘llash va esda saqlab qolish ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to‘rt komponentdan iborat bo‘lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning komponentlari, tegishli belgilarni to‘laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar, sifatdoshli o‘ramlar qo‘shish orqali hosil qilinishi lozim.
- Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug‘ullangan deyarli barcha olimlar mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko‘rishgan. Ularning barchasigina emas, ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o‘tish ko‘plab sahifani egallagan bo‘lardi. Shuning uchun, ularni jamuljam etgan holda “termin” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan so‘z yoki so‘z birikmadir.
- Har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u o‘sha soha, tarmoq doirasida qo‘llanadi, aniqroq qilib aytganda, kasb-hunar egasining nutqini shakllantiradi, o‘zaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi.
- Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha u yoki bu sohaning o‘ziga xos spetsifik terminlari bilan ish ko‘radi. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida kartel, kliring, tovar oboroti, mayda mulkchilik, mablag‘ ajratish, renta kabi tor doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |