Sohaga oid ilmiy maqolaga taqriz yozish



Download 97,65 Kb.
bet4/5
Sana10.06.2022
Hajmi97,65 Kb.
#651750
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sohaga oid ilmiy maqolaga taqriz yozish

Munozara


Bu eng ko'p o'qilgan bo'limlardan biridir, chunki bu erda kirish qismidagi savolga javob berilgan va uni tasdiqlovchi dalillar keltirilgan. Bundan tashqari, taqqoslashlar o'xshashlik va farqlarni ta'kidlab, boshqa tadqiqotlarda olingan natijalar bilan amalga oshiriladi.

Tan olish


Ushbu bo'lim tadqiqotda hamkorlik qilgan muassasalar va odamlarni eslatib o'tish va ularni tan olish uchun ishlatiladi.

Adabiyotlar


Bu yakuniy bo'lim bo'lib, u matnda yaratilgan havolalar havolalarini topish uchun ishlatiladi. Xuddi shu narsaning joylashuvi maqolani ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan standartni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ko'rsatilgan mualliflarni tan olish uchun ham, o'quvchiga ushbu manbalarga murojaat qilish uchun ruxsat berish uchun havolalardan yaxshi foydalanish muhimdir.
Biz kimning avlodimiz? “Insoniyatning qisqacha tarixi”
asariga taqriz
Tarix bu o‘tmish voqealarining ketma-ketligi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Rivojlangan davlatlar darsliklarida bu bog‘liqliklar o‘quvchilarga o‘tiladi. Ammo bizning tarix kitobimiz quyidagicha (ko‘pchilikka tushunarli bo‘lishi uchun, asosan “O‘zbekiston tarixi”ni nazarda tutyapman) eramizdan avval: To‘maris, Shiroq, yunonlar istilosi, Spitamen; eramizdan keyin: turk hoqonligi, arablar kelishi, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar, so‘ng mo‘g‘ullar bosqini, Amir Temur davlati, keyin Temuriylar va Shayboniylar ziddiyati, xonliklar, shu bilan ruslar istilosiga o‘tib ketamiz. Bu voqealar va shaxslar faoliyatining bugungi kunimizga ta’siri haqida nechtamiz bilamiz? Masalan, men deyarli bilmayman, ammo bilgim keladi. Aniqrog‘i, biz tarixni voqealar va sanalar shaklida bilamiz, ularning rivojlanish qonuniyati, o‘zaro bog‘liqligi va bugunimizga ta’sirini bilmaymiz va bilishga urinmaymiz. Keling, savollar qo‘yaylik: barmoqlarimiz soni sakkizta bo‘lganda bugun sakkizlik sanoq tizimini qo‘llayotgan bo‘larmidik? Turkiston Muxtoriyati saqlanib qolganda bugun qanday davlatda yashayotgan bo‘lardik? Shayboniyzodalar shialar bilan urushmaganda bugun e’tiqodda shia bo‘larmidik? Chor Rossiyasi va sovetlar o‘lkamizni paxtaga emas za’faron yetishtirishga yo‘naltirganda sanoat va infrastrukturamiz qanday holatda bo‘lardi? Shunga o‘xshash savollar. Faktlarni to‘plash, ularni tizimlashtirish va sabab-oqibat tarozisida o‘lchash hamda qonuniyatlarini aniqlash bu fanning xususiyatidir.

Kitob inson avlodining paydo bo‘lishi, jamoalarga to‘planib yashay boshlashi, o‘zaro munosabatlar, kognitiv inqilob (ya’ni inson bilimining oshib ma’lum bosqichga yetishi va buning vositasida jamiyatni o‘zgartirishi), agrar inqilob (odamzot ekin yetishtirishni o‘rganib o‘zini ta’minlay olgani), o‘zaro xabarlashuv imkoniyati tufayli birlashib yashashga intilishi, ilmiy inqilob, kapitalizm va boshqa masalalarga to‘xtaladi. Va bu jarayondagi birlamchi sabablarni sharhlashga urinadi. Hararining uqtirishicha, inson jamiki mavjudotlar hukmdoriga aylanishiga uning o‘zaro axborot almasha olish va birlasha olish qobiliyati sabab bo‘ldi (shu qobiliyat boshqa mavjudotda bo‘lganda hozir yer yuzining hukmdori u bo‘lardi). Harari deydiki, insonlar birlashgan barcha ijtimoiy tuzilmalar xoh kompaniya, xoh davlat, xoh din, xoh siyosiy partiya – barchasi xayolot mahsuliga (ruschada “mif” va “vimisel”, ya’ni “to‘qima”, “uydirma”, “ertak” ma’nosida tarjima qilingan. Men ayni so‘zni “xayolot mahsuli” deb oldim, chunki bu yerda aynan mif-ertak so‘zi tushmaydi, ma’no ko‘proq “g‘oya”, “aqida” so‘ziga tortadi, nazarimda. Shunday bo‘lsa-da, dinni xayolot mahsuli deb atash islomiy aqidamizga zidligini eslatib o‘taman, e’tibor berish kerak nuqtalaridan biri shudir) ishonish oqibatida yuzaga keladi.


Kitob garchi ilmiy bo‘lsa-da, sodda uslubda yozilgan. Hatto, rus yoki ingliz tilini yangi o‘rgangan o‘quvchi ham qiynalmasdan tushunadi. Muallif muayyan voqelikni ravshanroq tushuntirish uchun badiiylikka yaqin tasvirlardan foydalanadi, sarlavhalarni qiziqarli tanlaydi: “Odam va Havoning bir kuni”, “Pejo afsonasi, “Ruhlar bilan muloqot”, “Urushmi tinchlik?” va hokazo.
Marksizmdan ma’lumki, Karl Marks kishilik jamiyatini beshta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga bo‘ladi. Bunday tasnifga u iqtisodchi sifatida ishlab chiqarish vositalariga egalik nuqtai nazaridan yondashadi. Harari “aql-idrokli odam” (Xomo Sapiyens) tarixini to‘rt davrga bo‘ladi: kognitiv inqilob (taxminan eramizdan avvalgi 70-12 ming yillar oralig‘i, bu davrda odamzod tasavvuri rivojlanib aqlini tanigan), qishloq xo‘jaligi inqilobi (taxminan er.av 12 asrdan to eramizgacha, bu davrda qishloq xo‘jaligi rivojlandi), insoniyatning siyosiy tashkilot va imperiyalarga birlashuvi (taxminan eramizdan to 1500 yillargacha) va ilmiy inqilob davri (1500 yildan hozirgacha ilm-fan taraqqiy topish davri). Harari insoniyat tarixini bo‘laklarga ajratishda iqtisod emas, tabiiy fanlar, xususan, biologiya nuqtai nazaridan yondashadi, ya’ni odamni bir biologik tur deb qaraydi.
Harari o‘zaro bir-birini tanib munosabat o‘rnatib guruhga uyusha oladigan odamlar soni uzog‘i bilan 150 nafarga yaqin deydi. Guruhda odamlar soni 150 nafardan ortsa, boshqarish murakkablashadi, yetakchi ularni adashtira boshlaydi. Xo‘sh, shunday ekan, odamlar ming, mln kishilik birlashmalarga qanday uyushadi? Chunki ularni o‘zaro bir “xayolot mahsuli”ga ishonch birlashtiradi, deydi u. Bir-birini mutlaqo tanimaydigan ikki serb o‘zaro gaplashib ketishi mumkin, chunki ular serb xalqi, serb mamlakati va bayrog‘i borligiga shubha qilmaydi. Googlening ikki xodimi tanish bo‘lmasa-da, birgalikda samarali ishlaydi, chunki ular Google nomli kompaniya borligiga, uning aksiyalari va pullari mavjudligiga ishonadi. Ko‘rib turganingizdek, barchasini odamzot o‘ylab topgan xayolot mahsuliga ishonch birlashtiradi.
Kitobda nazariyalarga ko‘p erk berilgani uchun ishonchsiz tuyuluvchi joylari ham uchraydi. Muallif ba’zan o‘zidan avvalgi olimlarning fikrlariga “barchasi ertak” deb bepisand yondashadi. Ayniqsa, insonning odamsimon maymundan kelib chiqishi da’vosi insoniyat Odam Atodan tarqagan deb ishonuvchilarga yoqmasligi tabiiy. Ammo musulmon olimlar orasida Odam Ato birinchi jismoniy odam emas, undan avval ham odamlar bo‘lganligi, Odam Ato esa birinchi payg‘ambar va Yaratganning elchisi sifatida tanlanganligini aytuvchilar ham borligini (Rossiya Islom qo‘mitasi raisi Haydar Jamolning fikrini ko‘ring) unutmasligimiz kerak. Bu haqda turk tafsirchi olimi Mehmet Okuyanning ham qiziqarli fikrlari bor.
Mening
Download 97,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish