Sohaga doir axborotlarning xossalari Axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi, ulami qo'llash sohalari va ulaming axborotlashgan jamiyatdagi o‘mi



Download 353,31 Kb.
bet5/10
Sana28.04.2022
Hajmi353,31 Kb.
#588292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1A

Kompyutеr va san`at. Kompozitor musiqa yaratishda kompyutеrdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik real yoki elеktro organ yordamida kompyutеrga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko`rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yеrning o`zida, shu onda eshitib ko`rishi ham mumkin. Kompyutеrlar rassomlarga ham ko`p yoqib qolgan. Kompyutеr grafikasi bo`yicha birinchi ko`rgazma 1956 -yili o`tkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar kompyutеrdan foydalanib kеlmoqdalar. Bundan tashqari, kino va tеlеvidеniyani ham kompyutеrlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, hatto qit`alarda yashaydigan insonlar ishtirokida tеlеkonfеrеnsiyalar o`tkazish an`anaga aylanib qolmoqda.


2. Axborot tushunchasi: turlari, ko’rinishlari, xususiyatlari va o’lchov mezonlari
Asrlar davomida insonning faoliyati tabiatdagi o'sim liklar, hayvonlar, quyosh energiyasi kabi tayyor m ahsulotlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo'lib kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan inson faqat tayyor mahsulotlarni olishni o‘zlashtiribgina qolmasdan, tabiatga ta’sir qilishni ham o'rgandi. Inson yerga ishlov bera boshladi, turli hayvonlarni qo‘lga o'rgatib, ko‘paytira boshladi, zavod va fabrikalar, gidroelektrostansiyalar, temir-yo‘llar va kosmik trassalar qura boshladi. Natijada bir paytlar o‘rmon va dengizlar bilan qoplangan ona zam inim izda yangilanishlar paydo bo'ldi. Akademik V.I.Vernadskiy uning nomini noosfera deb atadi.
Noosferani yaratish bilan birgalikda inson materiya turlari va xossalaridan ham foydalandi. Lekin bu jarayonning turli bosqichlarida materiyaning har bir kategoriyasi bir xilda o‘zlashtirilmadi. Dastlabki bosqichda moddani o‘zlashtirishga ko‘proq e'tibor qaratilgan bo‘lsa, keyinchalik energiyani o‘zlashtirishga va, nihoyat, axborotni o‘zlashtirishga imtiyoz berildi.
Fanda, ya’ni tabiatni o'rganish, u to‘g‘risidagi bilimlarni to'plash va umu mlashtirishda materiyaning ma’lum bir turining rivojlanishi bilan bog‘liq davrlar borligi ma’lum. Shu sababli noosferaning uchta tashkil etuvchilarini ajratib ko'rsatish mumkin bo‘ladi. Bular:

  • texnosfera,

  • ergosfera,

  • infosfera.

Texnosferaning paydo bo‘lishi moddani o'rganish bilan, ergosferaning paydo bo'lishi energiyani o'rganish bilan bog‘liq bo‘Isa, infosferaning paydo bo'lishi axborotni o'rganish bilan bog‘liqdir.
Texnosfera va ergosferani o'rganish kimyo, fizika, matematika va boshqa fanlar orqali amalga oshiriladi.
Insoniyatning tabiatni o'zlashtirish borasidagi tajriba va bilimlarni to'plashi axborotni o'zlashtirish bilan birgalikda kechadi. Aynan shu jarayon infosferaning paydo bo'lishiga olib keldi. Demak, infosferaning paydo bo‘lishi axborotni o'rganish bilan bog‘liq ekan.
«Axborot» so‘zi lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, tushuntirish, biror narsani bayon qilish yoki biror narsa yoxud hodisa haqidagi ma’lumot ma’nosini anglatadi.
Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy obyektlar, shuningdek, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va o'zaro ta’sirlardan, ya’ni jarayonlardan tashkil topgan. Sezgi a’zolari, turli asboblar va hokazolar yordamida qayd etiladigan tashqi dunyo dalillari ma’lumotlar deb ataladi. Ma’lumotlar aniq vazifalami hal etishda zarur va foydali deb topilsa, axborotga aylanadi. Demak, ma’lumotlarga u yoki bu sabablariga ko'ra foydalanilmayotgan yoxud texnik vositalarda qayta ishlanayotgan, saqlanayotgan, uzatilayotgan belgilar yo yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kam darajaga keltirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Demak, amaliyotda foydali deb topilgan, ya’ni foydalanuvchining bilimini oshirgan ma’lumotlarnigina axborot deb atasa bo'ladi.
Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib, birovga ko'rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq har bir telefon raqami qarshisiga muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo'yilsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi.
Ma’lum vazifalami hal etish natijasida yangi ma’lumotlar - bilimlar, ya’ni tizimlashtirilgan haqqoniy yoki sinovdan o'tgan xabarlar paydo bo'ladi. Ular qonunlar, nazariyalar hamda tasavvur va qarashlarning boshqa majmuyi sifatida umumlashgan bo'lgan. Keyinchalik bu bilimlar o'zga vazifalami hal etish yoki oldingisini aniqlashtirish uchun zarur bo'lgan ma’lumotlar tarkibiga kiradi.
Inson o‘z hayotida tug‘ilgan kunidan (ta’bir joiz bo'lsa, hatto ona qormda dastlab paydo bo'lgan kundan) boshlab doimo ma’lumotlar bilan ish ko'radi. Ularni o'zining sezgi a’zolari orqali qabul qiladi.
Kundalik turmushda axborot deganda atrof-muhitdan (tabiatdan yoki jamiyatdan) sezgi a’zolari orqali qabul qilib, anglab olinadigan har qanday ma’lumot tushuniladi. Tabiatni kuzata turib, insonlar bilan muloqotda bo'lib, kitob va gazeta o‘qib, televizion ko'rsatuvlarni ко‘rib axborot olamiz. Matematik olim axborotni yanada kengroq tushunadi. U axborot qatoriga fikr yuritish orqali xulosa chiqarish natijasida hosil bo'lgan bilimlami ham kiritadi. Boshqa soha xodimlari ham axborotni o'zlaricha talqin etadilar. Shunday qilib, turli sohalarda axborot turlicha tushunilar ekan. Lekin axborotlarning umumiy tomonlari ham borki, bu ularning beshta muhim xossaga ega bo'lishidir. Bular axborotni yaratish, qabul qilish, saqlash, ishlov berish va uzatish xossalaridir.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o‘z vaqtidaligi, aniqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste'mol sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Chunonchi:
a) axborotning reprezentativligi — obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadida uni to‘g‘ri tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir;
b) axborotning mazmundorligi — semantik (mazmuniy) hajmini ifoda etadi;
d) axborotning yetarliligi (to‘laligi) — qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga (ko'rsatkichlar jamlam asiga) ega ekanligini bildiradi. To‘g‘ri q aror qabul qilish uchun yetarli bo‘lmagan, shuningdek, ortiqcha bo‘lgan axborot ham foydalanuvchi qabul qilgan qarorlar samaradorligini kamaytiradi;
e) axborotning aktualligi — axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va xususiyatlari o‘zg arish i dinam ikasi hamd a ushbu axborot paydo bolgan vaqtdan buyon o‘tgan vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi;
f) axborotning o‘z vaqtidaligi — uning avvaldan belgilab qo'yilgan vazifani hal etish vaqti b ilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi;
g) axborotning aniqligi — olinayotgan axborotning obyekt, jarayon, hodisa va hokazolarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi;
h) axborotning ishonarliligi — axborotning real mavjud obyektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi;
i) axborotning barqarorligi — axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Axborotga ishlov berish texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatikaning asosiy resursi - axborotdir.
Azaldan axborot deganda atrof-muhit obyektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuniladi. Keng ma’noda axborot - insonlar o‘rtasida ma’lumot ayirboshlash, odamlar va sun’iy qurilmalar o‘rtasida signal ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Ma’lumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san’at, tibbiyot kabilaming turli masalalari haqidagi mavjud ma’lumotlar, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ta’sir ko'rsatadi. Demak, axboriy jarayonlar ko‘p qirrali jarayon ekanligi ayon bo'lmoqda.



Download 353,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish