BIRON BIR MAQOLA VA QOLLANMAGA ANATATSIYA
Maqola
— publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur
tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati,
iqtisodiyot, texnika, fan va
madaniyatda
erishilgan yutuqlar, ilgʻor
ish
tajribalari
ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi.
Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng
qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola)
tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga
doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi.
Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud
kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab
berishi loziMaqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari,
qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. Nazariy
Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya,
istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan,
madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining
gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va
bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz
qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.
Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti― bilan
bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan
(Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek
milliy matbuotida Hamza, Ab-dulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz
Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning
hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni
yorituvchi nashrdir.
Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek,
toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat boʻladi: 1. Kirish — bunda tanlangan
mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan
rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu
yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga toʻliq amal
qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va
unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi
qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini
yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif
haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi.
[
Do'stlaringiz bilan baham: |