Ijtimoiy-ruhiy usul haqida so’zlab bering.
Ijtimoiy-ruhiy usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog`lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma`naviy vaziyatga ta`sir etish yo`li bilan kishilarning fe`l-atvori, ruhiyatini hisobga olib ularning ijtimoiy talablarini qondirish orqali boshqarishni bildiradi. Ijtimoiy-ruhiy usullar bu ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi “psixologik vaziyatni”, har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o`rganishga asoslangan usullardir. Boshqarish usullarining bu guruhi jamoaning shakillanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma`naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisobga olgan xolda ta`sir qiluvchi vositalar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |